SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

TAVSIYA ETAMIZ

Universitetda “Toshkent islom universiteti – muborak maskan” mavzusida davra suhbat bo‘lib o‘tdi

          2017-yil 6-oktyabr kuni universitet Talabalar turar joyi talabalari uchun “Toshkent islom universiteti – muborak maskan” mavzusida davra suhbat o‘tkazildi.

          Davra suhbatni “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi o‘qituvchisi s.f.n, dotsent Shoislom Akmalov olib bordi.

Sh.Akmalovttj1

Suhbatda Toshkent islom universitetining tashkil etilishi, maqsad va vazifalari, mamlakatimizda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar davrida bu oliy ta’lim muassasasining o‘rni haqida ma’lumot berildi.

          Shoislom Akmalov ma’ruzada, mustaqillik yillarida ijtimoiy-siyosiy hayotning barcha jabhalarida bo‘lgani kabi din sohasida ham O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov rahnamoligida ishlab chiqilgan va sobitqadamlik bilan amalga oshirilgan keng qamrovli faoliyat tufayli mamlakatimizda dinlararo bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik, ijtimoiy hamkorlik muhitining bardavom va barqarorligini ta’minlashda mustahkam asos bo‘lib kelganligini alohida ta’kidladi.

Shu bilan birga, xalqimizning muqaddas e’tiqodi – islom diniga oid boy ma’naviy-madaniy merosini asrab-avaylash, diyorimizdan yetishib chiqqan buyuk allomalarning asarlarini chuqur va har tomonlama o‘rganish, ularni zamonaviy ruhda rivojlantirish, zamon talablari darajasidagi barkamol malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash hamda savodxonligini oshirish maqsadida 1999-yil 7-aprelda Toshkent islom universiteti tashkil etilganligi hamda universitet o‘z faoliyatini respublika oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga taalluqli amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar va O‘zbekiston musulmonlari idorasi bilan hamkorlikda uning diniy ta’lim sohasidagi ko‘p yillik tajribasidan foydalanish asosida ish yuritishi, ayni paytda, universitetni bitirgan bakalavr va magistrlar mamlakatimizning nufuzli tashkilotlarida, ta’lim tizimida, iqtisodiyot va jamiyatimizning turli sohalarida samarali mehnat qilayotgani gapirib o‘tildi.

Shuningdek, O‘zbekistonda ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, ayniqsa ma’naviy hayotni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan jarayonlarda Toshkent islom universitetining o‘rni va ahamiyati yuqori ekanligi ta’kidlandi.

Ta’kidlash lozimki, Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017-yilda islom diniga oid ilgari surgan qator tashabbuslari, ayniqsa BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqlari qator tashkilotlar bilan birga, Toshkent islom universitetiga amalda zalvorli vazifalar yuklangani va bu o‘z navbatida, mazkur OTM professor-o‘qituvchilari, talabalarning bevosita faol ishtirokini taqozo etadi. Bu kabi yaqin va o‘rta kelajakka mo‘ljallangan vazifalarning qanchalik samara bilan amalga oshirilishi Toshkent islom universiteti jamoasining sidqidildan mehnat qilish, ta'lim olishiga bevosita bog‘liqligini amalda ko‘rsatib beradi.

ShAkmalttj2

O‘tkazilgan davra suhbat o‘zining ma’naviy-ma’rifiy qimmati yuqori ekanligi bilan ahamiyatlidir.

Matbuot xizmati

yil

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top