SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

TAVSIYA ETAMIZ

Universitet talabasi “Islom Karimov” nomli davlat stipendiyasi sovrindori boldi

         “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” yo’nalishi talabasi Sarvar Nishonov “Islom Karimov” nomli davlat stipendiyasi sohibi deb topildi.

Taqd11

         O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1993-yil 5-fevraldagi “O‘zbekistonning o‘quvchi yoshlarini rag’batlantirish choralari to‘g‘risida”gi PF-555-sonli farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktyabrdagi “O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida” 226-son qaroriga muvofiq, 2017-2018-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining bir guruh iqtidorli talabalariga tanlov asosida nomli davlat stipendiyalari tayinlandi.

O‘tkazilgan tanlovda universitet talabasi Sarvar Nishonov ham o‘z ilmiy va ijodiy ishlari bilan ishtirok etdi va “Islom Karimov” nomli davlat stipendiyasiga loyiq, deb topildi.

Taqd2

Sarvar Nishonov fanlarni a’lo baholarga o‘zlashtirish, siyosiy-huquqiy bilimlarni puxta egallash bilan bir qatorda, o‘z ixtisosligiga oid bir nechta ilmiy-ommabop maqolalar e’lon qilgan. Stipendiya sohibi bugungi kunda o‘z sohasiga oid ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

“Fiqh, iqtisod va tabiiy fanlar” dekani Anvar Xudoyorov va  “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq” kafedrasi mudiri Hamida To‘ychiyeva bu yuksak stipendiya bilan tabriklab, kitoblar taqdim etdilar. 

 Universitet ma’muriyati, Sarvar Nishonovni oliy darajadagi stipendiya bilan muborakbod etadi. Jamiyat ravnaqiga, uning ertangi porloq kelajagiga munosib hissa qo‘shadigan yetuk kadr bo‘lishiga tilakdoshmiz.

Matbuot xizmati

yil

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top