SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

TAVSIYA ETAMIZ

Universitetda “Aleksandr Eduardovich Shmid va O‘zbekistonda islomshunoslikning rivojlanishi” mavzusida ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi.

4-oktyabr kuni universitetda tarixchi olimlar ishtirokida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.

 

Tarix1

Seminarda tarixchi olimlar, soha mutaxassislari, professor-o‘qituvchi, xodimlar hamda talabalar ishtirok etdi.

Ilmiy seminarda “Aleksandr Eduardovich Shmidning Turkiston sharqshunosligi rivojlanishidagi roli”, “A.E.Shmidning islomshunoslik tadqiqotlari”, “A.E.Shmidning Usmon Mushafini Toshkentga qaytarilishidagi ishtiroki”, “Aleksandr Shmidning fojeali taqdiri”, “Toshkent davlat sharqshunoslik institutida islomshunoslikka oid ilmiy tadqiqotlar” kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.

Tarix2

Ma’ruzachilar tomonidan Aleksandr Eduardovich Shmidning ilmiy merosi, tadqiqotlari, O‘zbekiston tarixi, xususan islom tarixini tadqiq etish va rivojlanishiga qo‘shgan hissasi e’tirof etildi.

Ilmiy seminarda Aleksandr Eduardovich Shmidning avlodlari ham ishtirok etib, Shmid hayoti va faoliyati haqidagi xotiralar bilan o‘rtoqlashdilar.

Tarix3

Ma’ruza davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar atroflicha ma’lumot berdilar.

Ilmiy seminar ma’naviy-ma’rifiy hamda tarixiy ma’lumotlarni yoritish nuqtai nazardan yuqori saviyada o‘tkazildi.

Matubot xizmati

yil

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top