SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

TAVSIYA ETAMIZ

Toshkent islom universitetida fan doktori ilmiy darajalar beruvchi seminarning navbatdagi dissertatsiya muhokamasi bolib otdi.

3-oktyabr kuni universitetda fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya muhokamasi o‘tkazildi.

 

Himo11

Navbatdagi ilmiy seminar kun tartibida Bekmirzayev Ilxomjon Isroiljonovichning “X-XIII asrlar Movarounnahr ijtimoiy munosabatlariga oid protsessual va notarial hujjatlar” mavzusidagi 07.00.05 – Islom tarixi va manbashunosligi ixtisosligi bo‘yicha tarix fanlari doktori (DSc) hamda Kushayev Umidjon Raximovichning “Jahon dinlarida ijtimoiy bag‘rikenglik g‘oyalarining uyg‘unligi” mavzusidagi 07.00.04 – Dinshunoslik ixtisosligi bo‘yicha falsafa fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyalari muhokama etildi.

Dissertantlar tomonidan tadqiq etilgan mavzu yetarlicha, ilmiy savodxonlik va eng muhimi, ilmiy darajalarga qo‘yilgan talablar asosida bajarilgan.

Kengash a’zolari, ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga dissertantlar puxta, ilmiy asoslangan, noyob qo‘lyozma manbalardagi ma’lumotlar asosida javob berdilar.

Himoyaga olib chiqilgan mavzular yangiligi, dolzarbligi hamda ilmiy-ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy qimmati yuqori ekanligi bilan ajralib turadi.

Matbuot xizmati

yil

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top