SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

///// “HIGH SPIRITUALITY, HARMONY OF VALUES AND TOLERANCE ///// Tashkent Islamic University Motto ///// “YUKSAK MA’NAVIYAT, QADRIYATLAR UYG’UNLIGI VA BAG’RIKENGLIK” ///// ISHONCH TELEFONI: +(371)-244-00-56 SOAT 09:00 DAN 17:00 GACHA ///// «ВЫСОКАЯ ДУХОВНОСТЬ, ГАРМОНИЯ ЦЕННОСТЕЙ И ТОЛЕРАНТНОСТЬ»

TAVSIYA ETAMIZ

== O'zbekiston video yangiliklari ==

Toshkent islom universitetiga BMTning maxsus ma'ruzachisi Ahmad Shahid amaliy tashrif bilan bo‘lib qaytdi.

2017-yil 4-oktyabr kuni Toshkent islom universitetiga BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashining din va e’tiqod erkinligi masalasi bo‘yicha maxsus vakili Ahmad Shahid boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

 BMT1

Ma’lumki, O‘zbekistonda din va e’tiqod erkinligi, diniy bag‘rikenglik masalasi to‘liq ta’minlangan. O‘zbekistonda yashayotgan turli din vakillariga bo’lgan e’tibor va ularning emin-erkin e’tiqod qilishlari uchun to‘liq shart-sharoitlar yaratilgan Zero, diniy bag‘rikenglik, vijdon erkinligi masalasi tinchliksevar davlatimiz siyosatining asosini tashkil etadi. Bu borada, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev 19-sentyabr kuni BMTning 72-sessiyasida BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyani ishlab chiqish hamda BMT Bosh Assambleyasining “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” deb nomlangan maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish to‘g‘risida bergan takliflari ayni paytda, O‘zbekistonda e’tiqod erkinligi masalasida amalga oshirib kelayotgan ishlarning uzviy bir davomi hisoblanadi.

Toshkent islom universiteti bu borada alohida o‘rin tutadi. Binobarin, dunyoviylik va diniylik tamoyillarini o‘zida mujassam etgan bu dargohda bag’rikenglik, jaholatga qarshi ma’rifat yo‘nalishlarida ilmiy asoslangan faoliyat olib boriladi.   

Mazkur muhim tashrif ham ayni shu masalalarga o‘z e‘tiborini qaratgani bilan ahamiyatlidir.

BMT11

Ahmad Shahid boshchiligidagi delegatsiya dastlab universitetda nashr etilgan kitoblar, ilmiy-ommabop adabiyotlar jamlanmasidan iborat kitob ko‘rgazmasi bilan tanishdi. So‘ngra universitetning Manbalar xazinasiga tashrif buyurib, bu yerda saqlanayotgan milliy merosimiz namunalari bo‘lgan qo‘lyozma asarlar, tarixiy manbalar, xattotlik namunalari bilan yaqindan tanishdi va qo‘lyozma asarlarga katta qiziqish bildirdi.

BMT2

Faxrli mehmon Islom hamkorlik tashkilotining Fan, ta’lim va madaniyat masalalari bo‘yicha ISESCOning “Islom sivilizatsiyasini o‘rganish ISESCO” kafedrasiga tashrif buyurib, kafedra faoliyati, o‘quv jarayonlari, uning istiqboldagi rejalari bilan tanishdi.

Mehmonlar universitet hududidagi Yunusxon, Shayx Xovand Tohur, Tulebiy maqbaralari bilan tanishtirildi.

 BMTziyorat

So‘ngra universitet pedagog-xodimlari ishtirokida davra suhbat o‘tkazildi. So‘zga chiqqan professor-o‘qituvchilar Respublikada diniy bag‘rikenglik, vijdon erkinligining ta‘minlanishi, uning siyosiy-huquqiy asoslari, diniy vaziyatni sog‘lomlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va diniy sohadagi islohotlar xususida ma’lumot berdilar.

BMTuchr

Tashrif davomida universitet talabalari ishtirokida ham davra suhbat tashkil etildi. Unda talabalarning dunyoviy va diniy bilimlarni egallashlari hamda ilmiy tadqiqotlar olib borishlari va izlanishlari uchun sharoitlar yaratilganligi, diniy bag‘rikenglik masalasini ta'minlash borasida universitet tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikrlar tinglandi. Universitet talabalari o‘z qiziqish va orzu-maqsadlari haqida ham gapirdilar.

BMTtalaba

Uchrashuv so‘ngida faxrli mehmonga universitet nashrlari taqdim etildi.

BMTkitob

Ahmad Shahid boshchiligidagi delegatsiya universitet faoliyati, yaratilgan sharoitlar, bag‘rikenglik borasida amalga oshirilgan ishlarga yuqori baho berdi va samimiy qabul uchun minnatdorchilik izhor etdi.

         Matbuot xizmati

yil

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top