SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

TAVSIYA ETAMIZ

Toshkent islom universiteti 1-kurs talabalariga talabalik guvohnomasi topshirildi

2-oktyabr kuni universitetning 1-kurs talabalari talabalik guvohnomasini tantanali ravishda oldilar.

Talab1

Inson o‘zi istagan va qiziqqan kasbni egallab, yetuk mutaxassis bo‘lib, jamiyat ravnaqiga, uning ertangi porloq kelajagiga munosib hissa qo‘shishi – oliy baxt va saodatdir. Bu esa, tinimsiz mehnat va mashaqqatni talab etadi. Binobarin, oliy dargoh talabasi bo‘lishning o‘zi ilm sirlarini egallash uchun qo‘yilgan ilk muhim qadam hisoblanadi.

Universitet dargohiga ilk qadamni qo‘yib, diniy va dunyoviy bilimlarni egallab, yetuk mutaxassis bo‘laman deb, bilim olishga kirishgan 1-kurs talabalari bugun katta bir hayajon bilan talabalik guvohnomasini qabul qildilar.

Talab22

“Islom tarixi va falsafasi” fakulteti dekani G‘ulomjon Arifjonov 1-kurs talabalariga talabalik guvohnomasini tantanali ravishda topshirar ekan, malakali ustozlardan ilm sirlarini puxta egallab, yetuk kadr bo‘lib, yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishlariga tilak bildirdi va omad tiladi.

Talabalar ham o‘z navbatida, a’lo baholarga o‘qishga va izlanishga so‘z berdilar.

Matbuot xizmati

yil

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top