SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

«ВЫСОКАЯ ДУХОВНОСТЬ, ГАРМОНИЯ ЦЕННОСТЕЙ И ТОЛЕРАНТНОСТЬ» ///// ///// “HIGH SPIRITUALITY, HARMONY OF VALUES AND TOLERANCE ///// ISHONCH TELEFONI: +(371)-244-00-56 SOAT 09:00 DAN 17:00 GACHA ///// Tashkent Islamic University Motto ///// “YUKSAK MA’NAVIYAT, QADRIYATLAR UYG’UNLIGI VA BAG’RIKENGLIK”

TAVSIYA ETAMIZ

== O'zbekiston video yangiliklari ==

Toshkent islom universitetida navbatdagi falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya himoyasi o‘tkazildi

28-sentyabr kuni universitetda Shuxrat Mirziyatovning “Muqaddamatu-l-adab” asarida tilshunoslik, lug‘atshunoslik an’analari va arabiy-turkiy so‘zlikning leksik-semantik talqini” mavzusidagi dissertatsiyasining himoyasi bo‘lib o‘tdi.

 

       Mirziyot11 

Mirziyatov Shuxrat Mirgiyazovichning “Muqaddamatu-l-adab” asarida tilshunoslik, lug’atshunoslik an’analari va arabiy-turkiy so‘zlikning leksik-semantik talqini” mavzusidagi 10.00.05 – Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun o‘tkazilgan dissertatsiya himoyasida kengash a’zolari, tadqiqotchilar, ilmiy izlanuvchilar va keng doirada barcha qiziquvchilar ishtirok etdi.

         Filologiya fanlari ilmiy darajasini olish uchun himoyaga olib chiqilgan mavzu Toshkent davlat sharqshunoslik institutida tayyorlangan bo‘lib, tadqiqot ishi dolzarbligi, ilmiy-amaliy ahamiyati hamda adabiy-ma’rifiy qimmati yuqori ekanligi bilan ahamiyatli.

         Dissertant tomonidan ish har tomonlama ilmiy tadqiq etilgan, manbalar asosida atroflicha o‘rganilgan. 

Dissertatsiya xususida yana quyidagi qo‘shimcha ma’lumotlarni berish mumkin:

Mirziyot1

Tadqiqotning maqsadi: Arab lug‘atshunosligining shakllanish tamoyillari, “Muqaddamatu-l-adab”ning Xorazm nusxasidagi arabcha-turkiy so‘zlikning grammatik, leksik-semantik tahlili, jahon lug‘atshunosligidagi o‘rnini belgilashdan iborat.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

Mahmud Zamaxshariy so‘zlarning ichki o‘zaklarini alifbo tartibida joylashtirish tizimini joriy etgan arab lug‘atshunosligining uchinchi maktabi asoschisi ekanligi dalillab berilgan;

qo‘lyozmadagi turkiy so‘zlikning ma’no xususiyatlari ochib berilgan va uning vositasida leksik qatlami XIII-XIV asrlarga mansub ekanligi isbotlangan;

ilk marotaba “Muqaddamatu-l-adab” lug‘atshunoslik va tilshunoslik nuqtai nazaridan tadqiq etilib, asar zarur grammatik qoidalar kiritilgan eng birinchi ko‘p tilli lug‘at ekanligi dalillangan;

“Muqaddamatu-l-adab”ning turkiy so‘zlik kiritilgan eng qadimiy Xorazm qo‘lyozmasining lug‘atshunoslik, tilshunoslik, manbashunoslik taraqqiyotidagi o‘rni asoslab berilgan.

Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

“Muqaddamatu-l-adab” asarida tilshunoslik, lug‘atshunoslik an’analari va arabiy-turkiy so‘zlikning leksik-semantik talqini bo‘yicha berilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:

Ilmiy tadqiqot natijalari  “F-1-139 Sharq xalqlari adabiyoti tarixi va janrlar tipologiyasi” (2013-2016) mavzusidagi fundamental ilmiy tadqiqot loyihasida Abbosiylar davri adabiyotida janrlar takomillashuvi va tipologiyasini yoritishda foydalanilgan (Fan va texnologiyalar agentligi 2017-yil 18-iyuldagi 02-11/344-son ma’lumotnomasi). Natijada islom tarixiga oid kitoblardagi hadislarni tizimga solishda hamda Mahmud Zamaxshariy tomonidan “Qur‘on”da tushunilishi qiyin bo‘lgan so‘zlarni izohlashda asos bo‘lgan;

Mahmud Zamaxshariyning boy ilmiy merosi, uning bizgacha yetib kelgan asarlari va ularning qisqacha tavsifi, ayniqsa olimning arab tili grammatikasiga bag‘ishlangan asarlarining ahamiyati O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanalining 2017-yil 11-avgust kungi dasturlarida namoyish etilgan “Biz kimlarning ajdodimiz?” nomli turkum ko‘rsatuvlarining Mahmud Zamaxshariy haqidagi sonida yoritilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2017-yil 28-avgustdagi 01-17/666-son ma'lumotnomasi). Ushbu ma’lumotlar Mahmud Zamaxshariyning ilmiy merosi, til va tilshunoslik taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi haqidagi bilimlarni boyitishga xizmat qilgan.

Ilmiy tadqiqot natijalariga ko‘ra, ya’ni arab va turkiy tillardagi so‘zlik tahlili asosida  “Arab filologiyasiga kirish” («مقدمة اللغة العربية») nomli o‘quv qo‘llanmasi (hammualliflikda) nashr etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi xalq ta'limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlarning malakasini oshirish “Iste’dod” jamg’armasi 2011-yil 3-oktyabrdagi 403/27/42-son qarori). Qo‘llanma filolog mutaxassislarning arab tilshunosligi va lug‘atshunosligining paydo bo‘lishi va rivojlanish bosqichlari, lug‘atchilik prinsiplarini o‘rgatishga xizmat qilgan.

Matbuot xizmati

yil

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top