SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

TAVSIYA ETAMIZ

Toshkent islom universitetida “Bayramingiz muborak, aziz ustozlar” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

2017-yil 30-sentyabr kuni universitetda “1 oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan “Bayramingiz muborak, aziz ustozlar” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

 Ma’lumki, murg‘ak qalblarga ilm nurlarini jo etish, ularni barkamol inson қilib tarbiyalash va hayotda munosib o‘rin egallashida – ustoz-murabbiylarning ўrni va roli beqiyosdir. Ota-ona bolani dunyoga keltirsa, ustoz esa, kamolga yetkazib, osmon qadar yuksalishiga sabab bo‘ladi. Faylasuf Suqrot fikri bilan aytganda, “ota-ona farzandni osmondan yerga olib tushsa, ustoz yerdan, osmonga olib chiqadi”. Darhaqiqat, ularning zahmatli mehnati shogirdlar kamolidan ulkan sharaf kasb etadi. Ustozlarning ilm sirlarini ongu shuurga jo etishdek mashaққatli mehnatini hech bir narsa bilan ado etib bo‘lmaydi. Zero, ular fidoiyligi har qancha taҳsinga sazovor.

UStoozz11

O‘tkazilgan ma’naviy tadbir ustozlarga hurmat va ehtirom ko‘rsatish hamda ular mehnatini e’tirof etishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.

Tadbirda ushbu dargohda bir necha yil avval pedagogik faoliyat olib borib, ko‘plab shogirdlar tarbiyalagan, hozirda nafaqalik gashtini surayotgan faxriy ustozlar hamda universitet professor-o‘qituvchi va murabbiylari ishtirok etdi.

UStozzz1Ma’rifiy tadbirning rasmiy qismida ustoz va talabalarning dil so‘zlari, tilaklari o‘rin olgan bo‘lsa, badiiy qismda kuy-qo‘shiqlar tinglandi.

USStooz22

Ayniqsa, talabalarning badiiy chiqishlari ҳamda O‘zbekiston davlat konservatoriyasining xonanda va sozandalari ijrosidagi mumtoz qo‘shiqlar ishtirokchilarda bayramona ruh va ko‘tarinkilik bag‘ishladi. 

         Tadbir davomida universitetning bir guruh professor-ўqituvchilari fidokorona mehnatlari uchun “Faxriy yorliq” va estalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

 UStoozz2

Shuningdek, 1-kurs talabalarining  badiiy chiqishlar asnosida ustoz va murabbiylar oldida yaxshi o‘qishga, bilim sirlarini egallab, yetuk kadr bo‘lishga tantanali ravishda so‘z berdilar. So‘ng fakultet dekanlari tomonidan ramziy ma’noda “talabalik guvohnomasi” topshirildi.

UStooz333

Talabalar tomonidan ustoz va murabbiylarga gullar taqdim etildi.

O‘tkazilgan tadbir ma’naviy-ma’rifiy, adabiy qimmati yuqori ekanligi bilan ahamiyatli.

Matbuot xizmati

yil

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top