SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

TAVSIYA ETAMIZ

Universitetning bir guruh xodimlari “Ozbekiston – buyuk allomalar yurti” shiori ostida tarixiy qadamjolarga tashrif buyurdi

2017-yil 23-24-sentyabr kunlari universitet xodimlari Qashqadaryo viloyatida joylashgan tarixiy yodgorliklarni ziyorat qildilar.

 

Ziyorat11

Buyuk ajdodlar qo‘nim topgan Qashqadaryo vohasi o‘zining buyuk allomalari bilan mashhurdir. Ular merosini o‘rganish va qo‘nim topgan maskanlarni ziyorat qilish – inson ma’naviy dunyosini boyishida muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.

Universitet xodimlarining tabarruk maskanlarga tashrifi, ayni shu jihatga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.

Universitetning Ma’naviyat va ma’rifat va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi xodimlari J.Yusupov, N.To‘rayev, “Islom sivilizatsiyasini o‘rganish ISESCO” kafedrasi kabinet mudiri R.Begaliyev hamda Islomshunoslik ilmiy tadqiqot markazi ilmiy xodimi N.Mukarramxonovlar Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida joylashgan “Hazrati Mavlono Xoja Imkonagi” ziyoratgohi, Shahrisabz shahri Amir Temur xiyobonidagi XIV-XV asrlarga oid “Dor ut-tilovat” memorial majmuasi, “Hazrati Shayx”, “Gumbazi Saidon (1437 yil)”, “Shayx Shamsiddin Kulol (1373-1374-yillar)” maqbaralari, “Ko‘k gumbaz (1435-yil) masjidi, Dor us-saodat majmuasida joylashgan “Hazrati Imom masjidi, “Jahongir (1380-1404 yillar)”, “Umarshayx Mirzo” maqbaralari, “Amir Temur (1380-1404 yillar)” dahmasi, hamda “Oqsaroy” majmualariga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida buyuk ajdodlarimiz maqbaralarini ziyorat qilib, ular haqida atroflicha ma’lumotga ega bo‘ldilar.

Ziyorat3

Bu kabi tashriflar buyuk ajdodlarga bo‘lgan hurmat va ehtiromni oshirish barobarida ular merosini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish va buyuk ma’naviy jasoratlaridan ibrat olish tuyg‘usini shakllantiradi.

Ziyoratchilar ma’naviy zavq, ruhiy yengillik va bir olam taassurotlar bilan qaytdilar.

Matbuot xizmati

yil

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top