SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

TAVSIYA ETAMIZ

“Islom Karimov – O‘zbekiston mustaqilligining asoschisi” mavzusida davra suhbat bo‘lib o‘tdi

9-sentyabr kuni universitet katta o‘qituvchisi Saidafzal Saidjalolov O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga qarashli 01283-Harbiy qism xodimlari uchun ma’ruza olib bordi.

Harbiyy1

Xotira darsi sifatida tashkil etilgan davra suhbatda professor-o‘qituvchilar, soha mutaxassislari o‘z ma’ruza va tezislari, qiziqarli ma’lumotlari bilan ishtirok etdilar.

Ma’ruzada so‘z olganlar O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti, davlat arbobi, dono siyosatchi Islom Karimov hayoti va faoliyati, buyuk davlat barpo etish yo‘lidagi jonbozligi, fidokorligi, o‘zbek xalqi tinchligi, farovonligi, ertangi porloq kelajagi yo‘lidagi jasorati, shuningdek, barcha sohalarda olib borgan oqilona siyosati, ma’naviy tiklanish borasidagi fidoiyligi va boshqalar xususida keng va atroflicha ma’lumotlarni misollar asosida gapirib o‘tdilar.   

Harbiyy2

Shu bilan birga, tadbir ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning bunyodkorlik, yaratuvchanlik, ezgu ishlarga yo‘g‘rilgan hayot yo‘lini ifodalagan she’riy bag‘ishlov, ya’ni “Buyuk kelajakning ostonasida” nomli videorolik (she’r va g‘oya muallifi S.Saidjalolov) namoyish etildi hamda universitet tomonidan nashr etilgan “Ozod va obod yurt bunyodkori” nomli konferensiya materiallari to‘plamidan o‘rin olgan maqolalar mazmuni tanishtirildi.

 Harbiy3 

O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning mazmunli hayot yo‘li, ibratli va buyuk ishlari, ma'naviy jasoratga to‘la umri bugungi va kelgusi avlodlar uchun ibrat maktabi, bunyodkor ishlarga chorlashda ma’naviy yo‘lboshchi bo‘lishi, shubhasizdir. 

         O‘tkazilgan davra suhbat ma’naviy-ma’rifiy qimmati yuqori ekanligi bilan ahamiyatlidir.

Matbuot xizmati

yil

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top