SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

«ВЫСОКАЯ ДУХОВНОСТЬ, ГАРМОНИЯ ЦЕННОСТЕЙ И ТОЛЕРАНТНОСТЬ» ///// “YUKSAK MA’NAVIYAT, QADRIYATLAR UYG’UNLIGI VA BAG’RIKENGLIK” ///// Tashkent Islamic University Motto ///// “HIGH SPIRITUALITY, HARMONY OF VALUES AND TOLERANCE ///// ISHONCH TELEFONI: +(371)-244-00-56 SOAT 09:00 DAN 17:00 GACHA /////

TAVSIYA ETAMIZ

== O'zbekiston video yangiliklari ==

Universitetda “Internetdagi buzg‘unchi g‘oyalar va ularga qarshi kurash choralari” mavzusida davra suhbat o‘tkazildi.

6-sentyabr kuni universitetning majlislar zalida Talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalar uchun davra suhbat tashkil etildi.

 

TJ1

Davra suhbatda universitetning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori A.Kazakbayev va Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi N.Mukaramxonov hamda Talabalar turar joyi Kengashi raisi S.Qahhorov ishtirok etdi va talabalar bilan suhbat olib bordi.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor A.Kazakbayev so‘zga chiqib, talabalarni 2017-2018-o‘quv yili bilan tabrikladi va Talabalar turar joyi ichki tartib-intizomi, qoidalari hamda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan talablar bilan tanishtirdi. Shuningdek, TTJ Kengashi raisi faoliyati va vazifalari bilan ham tanishtirib o‘tdi.

So‘ng Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi N.Mukaramxonov kun tartibidagi asosiy mavzu bo‘yicha ma’ruza olib bordi. Jumladan, internet va uning vazifalari, bugungi globallashuv davrida internetning o‘rni va ahamiyati, ayni paytda, diniy ekstremistik guruh va oqimlar o‘z g‘oyalarini yoshlar ongiga singdirishda va ongu qalbini egallab, ularni harakatga keltirishda internet muhim vosita bo‘layotganligini misollar asosida gapirib o‘tdi. Shuningdek, internetdan foydalanishda ishonchli manbalarga tayanish, uz dominidagi saytlarga murojaat qilish kerakligi ta’kidlandi va foydali tavsiyalar berildi.

TJ 2

Talabalar tomondan mavzu yuzasidan berilgan savollarga ma’ruzachi keng va atroflicha ma’lumotlar berib o‘tdi.

O‘tkazilgan davra suhbat ma'naviy-ma'rifiy jihatdan qimmati yuqori ekanligi bilan ahamiyatlidir.

Matbuot xizmati

yil

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top