SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

TAVSIYA ETAMIZ

Universitetda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 26 yilligi hamda 2017-2018-o‘quv yili munosabati bilan “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

2-sentyabr kuni “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

 

Dars11

O‘zbekiston Respublikasi bosib o‘tgan 26 yillik mustaqil taraqqiyot yo‘li – o‘zbek xalqi tinchligi, farovonligi va totuvligi uchun misli ko‘rilmagan muhim bosqich bo‘ldi. Bugun O‘zbekistonda yashayotgan xalqi yurtimizdagi har bir o‘zgarish va yangilanishlardan, eng muhimi, tinchlik-totuvlikdan mamnun va shukronada hayot kechirmoqda.

Universitet jamoasi ham ana shunday shukronalik tuyg‘usi bilan bugun mustaqillik va o‘quv yilining ilk kunini ko‘tarinkilik bilan nishonladilar.

Dars2

Bu ko’tarinkilik, tadbirda so‘z olgan faxriy mehmonlar, professor-o‘qituvchi va talabalar hamda ularning ota-onalari yuz-ko‘zlarida, samimiy dil so‘zlarida o‘z ifodasini topganligini ko‘rish mumkin.

Dars3Tadbirni universitet rektori Ravshan Abdullayev kirish so‘zi bilan ochib, mustaqillikning 26 yilligi hamda yangi 2017-2018-o‘quv yili bilan tabriklab, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy sohadagi o‘zgarishlar hamda universitet faoliyati bilan bog‘liq yangiliklar xususida atroflicha fikrlarini bayon etdi.

Dars333

Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni mas’ul xodimi Kamol Komilov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot kotibi Jaloliddin Nuriddinov so‘z olib, muborak kunlarga hamda farovon va tinch hayotga shukronalik tuyg‘usini ifoda etib, bugungi o‘zgarishlar xususida qisqacha gapirib o‘tdilar.

Tadbir davomida 1-kurs talabalarining ota-onalari, yaqinlari so‘z olib, farzandlari kamoli yo‘lida  ustozlarga kuch-quvvat tiladilar. O‘z navbatida, 1-kurs talabalari ham so‘zga chiqib, yetuk kadr bo‘lib yetishishda jonbozlik ko‘rsatishlarini ta’kidladilar.

Dars5

So‘ngra professor-o‘qituvchilar va 1-kurs talabalari birinchi juftlik mustaqillik va xotira darslariga taklif etildilar.

Matbuot xizmati

yil

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top