SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

TAVSIYA ETAMIZ

Toshkent islom universitetida “Islom sivilizatsiyasini o‘rganish ISESCO” kafedrasi ochildi.

2017-yil 26-avgust kuni Toshkent islom universitetida “Islom sivilizatsiyasini o‘rganish ISESCO” kafedrasining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Kafedra1

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2016-yil 18-19-oktabr kunlari Toshkent shahrida o’tkazilgan Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasida Toshkent islom universiteti tarkibida Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha islom tashkiloti –ISESCOning Maxsus kafedrasini tashkil etish tashabbusini ilgari surgan edi.

Kafedr2

Mazkur tashabbus samarasi o‘laroq, 22-25-may kunlari Toshkent islom universiteti delegatsiyasi ISESCO Bosh qarorgohi Marokash poytaxti Rabot shahrida amaliy tashrif bilan bo’lib, universitet tarkibida “Islom sivilizatsiyasini o‘rganish ISESCO” kafedrasini tashkil etish yuzasidan Anglashuv Memorandumini imzoladi.

Kafedr3

Shu munosabat bilan tashkil etilgan kafedraning ochilish marosimiga ISESCO Bosh direktori Abdulaziz Usmon at-Tuveyjriy tashrif buyurib, universitet faoliyati, xususan Manbalar xazinasida saqlanayotgan qo‘lyozmalar, xattotlik namunalari hamda universitet tomonidan nashr etilgan kitoblar bilan yaqindan tanishdi va ilmiy-ma’rifiy yo‘ldagi bu kabi o‘zgarishlarni yuqori baholadi. Shuningdek, faxrli mehmon universitet hududi va atrofida joylashgan tarixiy yodgorliklar bilan yaqindan tanishdi.

Kafedr4

“Islom sivilizatsiyasini o‘rganish ISESCO” kafedrasi zamonaviy texnika hamda ilmiy adabiyotlar, ko‘rgazmali qurollar bilan jihozlangan bo‘lib, talaba va tadqiqotchilar bilim sirlarini egallashlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Ta’kidlash lozimki, 2017-2018-o‘quv yilida mazkur kafedra tomonidan “Tarix (Islom sivilizatsiyasi)” magistratura mutaxassisligi ajratilib, shu yildayoq 4 nafar magistr qabul qilindi. Mazkur mutaxassislikni bitirgan magistrlar jamiyatning turli sohalarida faoliyat yuritib, allomalar boy ilmiy merosini tadqiq etib, keng jamoatchilikka yetkazishda jonbozlik ko‘rsatadi. Kafedraning tashkil etilishidan ko‘zda tutilgan maqsad ham ayni shu jihatga e‘tibor qaratilganligi bilan muhim.

Kafedr5

O‘tkazilgan tantanali marosim o‘zining ilmiy-ma’rifiy va ma’naviy qimmati yuqori ekanligi bilan ahamiyatli.

Matbuot xizmati

 

 

yil

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top