SJ News II - шаблон joomla Авто
“HIGH SPIRITUALITY, HARMONY OF VALUES AND TOLERANCE ///// ISHONCH TELEFONI: +(371)-244-00-56 SOAT 09:00 DAN 17:00 GACHA ///// “YUKSAK MA’NAVIYAT, QADRIYATLAR UYG’UNLIGI VA BAG’RIKENGLIK” ///// ///// «ВЫСОКАЯ ДУХОВНОСТЬ, ГАРМОНИЯ ЦЕННОСТЕЙ И ТОЛЕРАНТНОСТЬ» ///// Tashkent Islamic University Motto

TAVSIYA ETAMIZ

Din ishlari bo’yicha qo’mita

Yangiliklar
  • Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari muborak safarga jo‘nab ketdilar
    Joriy yilning 22 avgust kuni o‘zbekistonlik ziyoratchilarning 430 nafardan iborat so‘ngi guruhlari ikkita reysda Toshkent-Madina va Namangan-Madina yo‘nalishi bo‘yicha Saudiya Arabistoni Podshohligiga kuzatildi.
  • Istiqlolimizning oltin poydevori
    O‘zbekiston mustaqilligining 26 yili mobaynida barcha sohalarda ulkan muvaffaqiyatlarga erishildi. Xususan, islom dini ravnaqi, unutilgan ulug‘ allomalarimiz hayoti va faoliyati, shuningdek, ularning nafaqat musulmon olami, balki butun dunyo xalqlari tan olgan asarlarini xalqimizga qaytarish, diniy bilimlarni...
  • Farg‘ona viloyati hojilari bilan haj amallari borasidagi suhbat
    Makkai mukarrama shahrida bo‘lib turgan hojilarimiz bilan haj ibodati va uning amallari borasida suhbatlar bo‘lib o‘tmoqda. Xususan, bugun Farg‘ona viloyati hojilari bilan haj va uning arkonlari haqida suhbat bo‘lib o‘tdi. 
  • Ahilligimiz, birdamligimiz namoyishi
    Mustaqilligimizda mehr-oqibat va o‘zaro hamjihatlik muhitini mustahkamlash, Mustaqilligimizning 26 yillik bayramini nishonlashga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimidagi masjidlar, ziyoratgohlar, qabristonlar va diniy...

122

Uzbekiston milliy axborot agentligi

  • «Ozod yurt to‘lqinlari»: ezgu tantanaga hamohang
    Poytaxtimizdagi «City Palace» mehmonxonasining anjumanlar zali xushmanzara ko‘rinish kasb etdi. Bu yerda O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tomonidan O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, "Taraqqiyot strategiyasi" markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan «Ozod yurt to‘lqinlari» X an’anaviy media festivali bo‘lib o‘tdi.
  • “O‘zkabel” qo‘shma korxonasida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotining ta’sis yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
    Korxona ishchisi Bahrom Fayzixo‘jayev Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotining yetakchisi etib saylandi.
  • “Eng namunali oila” tanlovining Andijon viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi
    Andijonda o‘tkazilgan “Eng namunali oila” tanlovining viloyat bosqichida Oltinko‘l tumanidagi Ayshaxonim mahallasida yashovchi Abdulhamid Tolipov oilasi birinchi o‘rinni egalladi.
  • “Eng ulug‘, eng aziz” respublika ko‘rik-tanlovining g‘oliblari va rag‘batlantiruvchi mukofot sohiblari

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra o‘tkazilgan “Eng ulug‘, eng aziz” respublika ko‘rik-tanlovining g‘oliblari va rag‘batlantiruvchi mukofot sohiblari 

    Yozuvchi va shoirlarning badiiy asarlari bo‘yicha:

    Zulfiya Mo‘minova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir

    1-o‘rin

    “Ayolga gul bering” she’riy to‘plami uchun

    Jumanazar Beknazarov, tibbiyot fanlari doktori, professor, publitsist

    2-o‘rin

    “Olam mo‘jizasi ostonasida” ma’rifiy-publitsistik to‘plami uchun

    Orziqul Ergashev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, adib

    3-o‘rin

    “Шоҳсанам” қиссалар ва ҳикоялар тўплами учун

     

    Rag‘batlantiruvchi mukofotlar:

    Yo‘ldosh Eshbek,

    O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir

    -

    “Qizg‘aldoqlar ochildi” she’riy to‘plami uchun

    Omonulla Mutalov,

    tarix fanlari nomzodi, shoir

    -

    “Olamda yo‘q, Toshkentdek shahar” she’riy to‘plami uchun

     

    Bosma ommaviy axborot vositalari xodimlarining jurnalistik ishlari bo‘yicha:

    “Diyonat” gazetasi tahririyati


    (Namangan viloyati)

    1-o‘rin

    Yurtimizda barcha jabhalardagi tub ijtimoiy islohotlarning borishi, xususan, sud-huquq tizimini isloh qilish, xalq bilan muloqot va inson manfaatlari, kitob va kitobxonlik targ‘ibotiga oid, barcha yo‘nalishlarni qamrab olgan maqolalar, ocherklar, tanqidiy-tahliliy materiallar uchun

    Nodira Abdullayeva,

    “Ekologiya xabarnomasi” jurnali muharriri

    2-o‘rin

    Mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy hayotida amalga oshirilayotgan tub islohotlar, yoshlar tarbiyasi, milliy qadriyatlar, shuningdek, ekologiyaga oid dolzarb muammolar tahliliga bag‘ishlangan maqola, reportaj hamda turkum ijtimoiy-ma’rifiy, tahliliy materiallari uchun

    Ma’murjon Bozoraliyev,

    “Mash’al” gazetasi muxbiri

    (Toshkent viloyati)

    3-o‘rin

    Ma’naviy yuksalish, o‘zligimizni anglash yo‘lida olib borilgan xayrli ishlar, istiqlol va tinch-osuda hayot qadri, hududlarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar to‘g‘risida hikoya qiluvchi turkum publitsistik maqolalari uchun

     

    Rag‘batlantiruvchi mukofotlar:

    E’tibor Norbo‘tayeva,

    “Voha” gazetasi muxbiri

    (Qashqadaryo viloyati)

    -

    Yurtimiz qiyofasi tobora ochilib borayotgani, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ta’lim-tarbiya, ilm-fan, madaniyat sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosati mazmun-mohiyatini ta’sirchan aks ettiruvchi maqolalari uchun

    Vazira Ibrohimova, “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi muxbiri

    -

    “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan turkum maqolalari uchun

     

    Televideniye va radio ijodkorlarining materiallari bo‘yicha:

    Nazira Boymurodova, “Madaniyat va ma’rifat” telekanali davlat unitar korxonasi “Axborot-tahliliy dasturlar” muharririyatining 1-toifali muharriri

    1-o‘rin

    Yurtimizda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlarning amaliy samarasini mahorat bilan ifodalagan “Bag‘rikeng diyor” turkum ko‘rsatuvlari uchun

    Sharofat Mahmudova,

    O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi axborot markazi muxbiri

    2-o‘rin

    Axborot lavhalari, informatsion dasturlarda mustaqillik g‘oyasini aniq aks ettirgani, shuningdek, ko‘tarilgan mavzularning dolzarbligi, ularda yurtimiz aholisining yashash sharoitini yanada yaxshilash, yoshlar o‘rtasida kitob va kitobxonlik targ‘ibotiga bag‘ishlangan turkum ko‘rsatuvlari uchun

    Doniyor Iskandarov,

    “O‘zbekiston” radiokanalining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha muxbiri

    3-o‘rin

    Qoraqalpog‘istonning o‘ziga xosligi, ovul va qishloqlar hayoti, ularda yaratilayotgan sharoit, ulug‘ bunyodkorlik ishlari, urf-odatlari va an’analarini keng yorituvchi eshittirishlari uchun

     

     

    Rag‘batlantiruvchi mukofotlar:

    Shahnoza Mirxoldorova,

    “Mening yurtim-5” telekanali muxbiri

    -

    Turkum reportajlarida mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik, chegaralarimiz daxlsizligini asrash, Qurolli Kuchlarimizning jangovar salohiyatini kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni, doimo ogoh va hushyor bo‘lib yashashni, shuningdek, olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar mazmun-mohiyatini keng yoritganligi uchun

    Nodira Xolmirzayeva,

    Navoiy viloyati teleradiokompaniyasi xodimi

    -

    2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi hamda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturidan kelib chiqqan holda tayyorlangan tanqidiy-tahliliy teleko‘rsatuvlari uchun

     

    Tasviriy san’at, foto asarlari va dizayn ishlari bo‘yicha:

    Sanjar Mamutov,

    Xorazm viloyati “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi dizayneri

    1-o‘rin

    Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, xalqimiz qo‘lga kiritayotgan yutuqlar, “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” mavzusidagi turkum dizayn ishlari uchun

    Ziyodulla Farmonov,

    rangtasvirchi rassom

    (Qashqadaryo viloyati)

    2-o‘rin

    “Gilamchi ayollar”, “Jeynovli ayol”, “Momo va nabira” turkum asarlari uchun

    Navro‘z Norboboyev,

    “Sog‘lom avlod” gazetasi fotomuxbiri

    3-o‘rin

    “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturining joylardagi ijrosiga oid turkum badiiy-ijtimoiy fotosuratlari uchun

     

    Rag‘batlantiruvchi mukofotlar:

    Alisher Hamdamov,

    rangtasvirchi rassom

    (Farg‘ona viloyati)

    -

    “Tabiat manzaralari”, “Ranglar jilosi”, “Xumson”, “Qishning so‘nggi kunlari” turkum asarlari uchun

     

    Temurmalik Abdullayev,

    dizayner

    (Andijon viloyati)

    -

     

    O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 26-yilligiga bag‘ishlab tayyorlangan dizayn ishlari uchun

     

    Kino san’ati asarlari bo‘yicha:

    Baxtiyor Madiyarov,

    “Qoraqalpoqfilm” kinostudiyasi direktori

    (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)

    1-o‘rin


     

     

    “Qoraqalpoqfilm” kinostudiyasida tayyorlangan “Poytaxt shahrim – Nukusim”, “Baliqchi” nomli hujjatli filmlari ssenariysi uchun

    Bahriddin Aynazarov,

    “O‘zbekfilm” kinostudiyasi rejissyori

    2-o‘rin

     

    “Ma’suma” badiiy filmidagi ikkinchi rejissyorlik ishi uchun

    Doniyor Shokirov,

    O‘zbekiston Respublikasi ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasi rejissyori

    3-o‘rin

    “Xotira – muqaddas kitob”, “Haq yo‘li, albatta, bir o‘tilgusi” hujjatli filmlaridagi rejissyorlik ishi uchun

     

    Rag‘batlantiruvchi mukofotlar:

    Timur Suslin,

    “O‘zbekfilm” kinostudiyasi montajchisi

    -

    “Xazonrezgi” badiiy filmidagi montaj ishi uchun

    Feruza Saidova,

    kinoaktrisa

    -

    “Dadam betob” badiiy filmidagi bosh rol ijrosi uchun

HIKMATLAR

23

UNIVERSITETNING ASOSIY YANGILIKLARI

Маърифатга йўғрилган умр

Ҳаётда шундай инсонлар борки, улар умри давомида, эл‑юрт, халқ манфаатини, ўз манфаатидан устун қўйиб, умрини, ҳаётини маърифат улашишга, эзгу ишлар қилишга бахшида этади.

Улар жамиятнинг равнақ топишида ва унда маънавий соғлом муҳитниинг юзага келишида фидоийлик кўрсатиб, ҳар бир жараёнларга виждонан, масъулият билан ёндашадилар. Шундай фидоий, ўз касбига садоқатли, масъулиятли инсонлар жамиятда талайгина. Улар фидоийлиги, жонкуярлиги билан жамиятгагина нафи тегиб қолмасдан, балки инсонлар йўлини маърифат нури билан нурафшон этиб, қалбларга эзгулик улаша олади. Бугунги шиддатли даврда ўз касбига фидоий, шижоатли инсонлар кўплиги, кишини қувонтиради, албатта. Уларнинг сермаҳсул, мазмунли ҳаёти, фидокорона меҳнати биз ёшлар учун ибрат мактабидир.

 Тошкент ислом университети ректори, иқтисод фанлари доктори, профессор Равшан Абдуллаев ана шундай фидоий инсонлардан биридир.

 Устоз, иқтисод фани бўйича бир қанча илмий мақолалар, монография ва китоблар муаллифи бўлибгина қолмай, балки шу соҳанинг етук кадрларини тарбиялашга ва фан докторларини етиштиришга жонбозлик кўрсатаётган  олимлардан бири ҳисобланади. Раҳбар сифатида эса, ишга фидоийлик, масъулият билан ёндашишни, изланиш ва интилишни талаб этадиган, айни пайтда,  ёшларга илм чўққиларини забт этишга қанот бағишлашга маънавий кўмак бера оладиган инсондир. Ана шундай жонкуяр раҳбар, қадрли устоз бугун шогирдлар, ҳамкасблар, яқинлар ардоғида муборак ёшни қарши олдилар.

10 июль куни қадрли устоз Равшан Абдуллаевни табриклаш учун университет профессор-ўқитувчи ва ходимлари, шогирдлари ташриф буюриб, қутлуғ ёш билан муборакбод этдилар.

    rektor1Сўз олган устоз ва шогирдлар ўзларининг эзгу дил сўзларини гўзал тилак ва истаклар асосида изҳор этдилар.

Дарҳақиқат,  эзгуликка интилиб яшаш, инсонларга, жамиятга фойдаси тегадиган инсон бўлиш – олий бахтдир. Жамиятимизда шундай фидоий, жонкуяр инсонлар кўпайиб бораверсин. Уларнинг фидокорона меҳнатидан инсонлар, жамият маънавий озуқа олиб, янада юксалиб бораверади. Зеро, жамият равнақи, унинг эртанги порлоқ келажаги ана шундай фидоий инсонлар меҳнати, тинимсиз ҳаракати, виждонли қалб маҳсулидир.

Ҳурматли, Равшан Воҳидович Абдуллаев, университет маъмурияти,  Сизни муборак ёш билан чин қалбдан самимий муборакбод этади. Сизга мустаҳкам соғлик, узоқ ва мазмунли умр, шогирдлар, яқинлар ардоғида шодон юришни ҳамда инсонлар қалбида илму маърифат нурларини жо қилдишдек эзгу ишларингизда зафарлар тилаб қолади.

Матбуот хизмати

Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi

Yangiliklar

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top