SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

///// “HIGH SPIRITUALITY, HARMONY OF VALUES AND TOLERANCE ///// “YUKSAK MA’NAVIYAT, QADRIYATLAR UYG’UNLIGI VA BAG’RIKENGLIK” ///// Tashkent Islamic University Motto ///// «ВЫСОКАЯ ДУХОВНОСТЬ, ГАРМОНИЯ ЦЕННОСТЕЙ И ТОЛЕРАНТНОСТЬ» ///// ISHONCH TELEFONI: +(371)-244-00-56 SOAT 09:00 DAN 17:00 GACHA

TAVSIYA ETAMIZ

== O'zbekiston video yangiliklari ==

Nuroniylar – hamisha e’zozimizda

25-iyun kuni universitet “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati faollari Shayxontohur tumanida istiqomat qilayotgan faxriylar xonadoniga tashrif buyurdi.

Nuron11

Mamlakatimizda yoshi keksa faxriylarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularning hayot darajasi va sifatini oshirish, tabarruk keksalarimizning boy tajribasi va o‘gitlaridan yosh avlodni vatanparvarlik, mehnatsevarlik, mehr-oqibat ruhida tarbiyalashda foydalanish ijtimoiy-ma’naviy islohotlarning uzviy qismini tashkil etadi. Bu jihatlar Ramazon Hayiti arafasida o‘tkazilayotgan tadbirlarda yanada yaqqolroq namoyon bo‘lmoqda. Ushbu tadbirlarda bugungi tinch-osoyishta, dorilomon kunlarda biz bilan birga umrguzaronlik qilayotgan faxriylarimizga har tomonlama yuksak ehtirom ko‘rsatilib, ular moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Nuro2

Bu borada yoshlarimizning chinakam tayanchi va suyanchiga aylangan “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan amalga oshirilayotgan hayrli ishlarni ham buning isboti sifatida ko‘rishimiz mumkin.

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar Kengashi, Shayxontohur tuman Kengashi va Toshkent islom universiteti boshlang‘ich tashkiloti bilan hamkorlikda Shayxontohur tumanida joylashgan O‘rda mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat faxriylar bilan o‘tkazilgan uchrashuv ham ayni shu maqsadga qaratilganligi bilan ahamiyatli.

Boshlang‘ich tashkilot faollari I.Gerro, S.Maqsudov, O.Katkova, M.Kobina, L.Mirsagatova, V. Savov, K.Kocherga, X.Aralova holidan xabar oldilar. Keksalar mana shunday tinch yurtda yashayotganliklaridan baxtiyor ekanliklari hamda shu yerda istiqomat qilayotgan yoshlar tinchlikni qadriga yetib, yaratilgan barcha imkoniyatlardan oqilona foydalanish lozimligini aytib o‘tdilar.

Uchrashuv mobaynida keksalarga “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati  tomonidan taqdim etilgan sovg‘alar topshirildi.

“Kamolot” YIH TIU BT “Matbuot” yo‘nalishi

yil

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top