SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

TAVSIYA ETAMIZ

Universitet “Kamolot”  faollari “Munozara” debat musobaqasining Respublika final bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

24-iyun kuni universitet jamoasi Namangan viloyatida bo‘lib o‘tgan “Munozara” debat musobaqasining Respublika chorak final bosqichida g‘olib bo‘ldi.

Muno1

 “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent islom universiteti boshlang‘ich tashkilotining faollari Toshkent shahar kubogi g‘olibi bo‘lgan Toshkent texnika universiteti terma jamoasi bilan “Online bozorlar oddiy bozordan afzal” mavzusida o‘zaro bellashdilar. Bunda raqib jamoa “Tasdiq” universitetimiz terma jamoamiz esa “Inkor” pozitsiyasida o‘z fikrlarini himoya qildilar.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Toshkent islom universiteti terma jamoasi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Shu munosabat bilan, universitet terma jamoasini g‘alaba bilan muborakbod etamiz. Keyingi bosqichlardagi bahslarda ham universitet terma jamoasi a’zolariga omad tilaymiz.

Matbuot xizmati

yil

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top