SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

TAVSIYA ETAMIZ

 

“Yoshlar ortasida diniy ekstremizm va huquqbuzarlikni oldini olishga qarshi kurash” mavzusida davra suhbat bolib otdi

 

  28-fevral kuni Talabalar  turar  joyi talabalariuchun“Yoshlar o‘rtasida diniy ekstremizm va huquqbuzarlikni oldini olishga qarshi kurash” mavzusida ma'ruza o‘tkazildi.

  Ma'ruzani Toshkent shahar IIBB JQ va TQKB katta tezkor vakili mayor A.X.Shukurov olib bordi.

Davra suhbatda universitet Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha prorektori A.Kazakbayev  hamda TTJning 150 nafar talabalari ishtirok etdi.

   Ma'ruzada insoniyatni tashvishga solib turgan jinoyatchilik, huquqbuzarlik, qo‘poruvchilik, odam savdosi, missionerlik, diniy ekstremizm va terrorizm kabi salbiy illat va tahdidlarning ko‘payib borayotganligi, bular domiga asosan ilmsiz, savodsiz, mustaqil fikrga ega bo‘lmagan, hayotda o‘z o‘rnini topa bilmagan insonlar hamda hayotga endigina qadam qo‘ygan g‘o‘r yoshlar tushayotganligi xususida fikrlar tinglandi.

Shuningdek, internetning salbiy va ijobiy jihatlari haqida gapirilar ekan, hozirda oq-qorani tanib ulgurmagan, yaxshi-yomonning farqiga bormagan ayrim yoshlar internet orqali uzatilgan ayrim ma'lumot va xabarlarni “mutloq haqiqat” deb qabul qilish holatlari uchrayotgani jamiyatga jiddiy xavf solayotganligi, ayniqsa, ayrim ijtimoiy tarmoqlarda mavjud bo‘lgan guruhlar orasida diniy mutaassiblik, akidaparastlik g‘oyalari bilan targ‘ibot olib borilayotganligi va buning oqibatida turli ekstremistik guruhlar o‘z g‘arazli maqsadlarini amalga oshirayotganligi ta'kidlandi. Ma'ruzachi bunday harakatlarga qarshi yurtimizda bir qancha ta'sirchan chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligini misollar asosida aytib o‘tdi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasidagi ko‘rsatuvlarning 45-50 foizini yoshlar tarbiyasiga oidligi, bunday ko‘rsatuvlarga “Ziyo”, “Hidoyat sari”, “Juma ma'ruzalari” va boshqalar ko‘rsatuvlar yoshlarimizga ma'naviy-ma'rifiy ozuqa berib, ularning psixologik va mafkuraviy immunitetini yanada mustahkamlashiga zamin yaratishi ta'kidlandi.

Tadbir so‘ngida ma'ruzachi talabalarni qiziqtirgan savollarga keng va atroflicha ma'lumotlar berdi.

Matbuot xizmati

  2018 yil Tadbirkorlik, innovatsiyalar va texnologiyalar yili

 

 

 

 

 

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top