SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

TAVSIYA ETAMIZ

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida korrupsiya va huquqbuzarlikka qarshi kurashga bag‘ishlangan video-seminar o‘tkazildi.

2017-yil 24-fevral kuni universitet katta o‘qituvchisi S.Saidjalolov “Korrupsiya – millat zavoli, yurtimiz kelajagiga qarshi tahdidlar” mavzusida ma’ruza olib bordi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiyaviy ishlarni yanada kuchaytirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan “Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida korrupsiya va huquqbuzarlikka qarshi kurashish chora-tadbirlarini yanada takomillashtirish masalalari” mavzusida tashkil etilgan video-seminarda respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalari prorektorlari, dekanlar, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari boshliqlari va mas’ul xodimlari, shuningdek, Toshkent islom universiteti katta o‘qituvchisi S.Saidjalolov va Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor A.Kazakbayev ishtirok etdi.

 O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi prokurori X.Tursunbekov, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklarni oldini olish Bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Sh.Meyliev, Adliya vazirligi Huquqiy targ‘ibot va axborot boshqarmasi boshlig‘i A.Ochilov, Toshkent islom universiteti katta o‘qituvchisi S.Saidjalolovlar O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati va ta’lim tizimida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar, ta’lim muassasalarida huquqbuzarlikka qarshi kurashish chora-tadbirlarini yanada takomillashtirish malasalari bo‘yicha ma’ruzalar qildilar. Tadbir qizg’in bahs-munozara shaklida o‘tib, ta’lim muassasalari, ayniqsa o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi oldida turgan dolzarb masalalar keng muhokama etildi hamda ma’sullarga aniq ko‘rsatmalar berildi.

Barchamizga ma’lumki, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni 2017-yil 3-yanvar kuni Prezidentimiz Sh.Mirziyoev tomonidan imzolandi. Korrupsiya va huquqbuzarliklarga qarshi kurash har bir inson, fuqaroning burchi bo‘lib, uni bartaraf etmay turib huquqiy demokratik davlat qurib bo‘lmaydi. Shu bois, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha qonunni imzolanganligi bejiz emas, albatta.

 

Ma’lumot edu.uz saytidan olindi

  2018 yil Tadbirkorlik, innovatsiyalar va texnologiyalar yili

 

 

 

 

 

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top