SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

TAVSIYA ETAMIZ

Universitetda “Bitiruvchilar bandligini ta’minlashga ko‘maklashish masalasi” mavzusida davra suhbat bo‘lib o‘tdi

8-fevral kuni Davr bank xodimlari ishtirokida “Bitiruvchilar bandligini ta’minlashga ko‘maklashish masalasi” mavzusida davra suhbat bo‘lib o‘tdi

 Universitetning Marketing bo‘limi tomonidan tashkillashtirilgan davra suhbatda “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” yo‘nalishi bitiruvchilari ishtirok etdi.

Tadbirda Davr bank xodimlari o‘z faoliyatlari, ish jarayonlari, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar, xodimning mas’uliyati, shuningdek, bank ishi bilan bog‘liq jarayonlar, boshqarish prinsipi, tajriba va malakaga ega bo‘lish salohiyati, mijozlar bilan ishlashda muomala madaniyati hamda o‘zaro ishonchni yo‘lga qo‘yish usullari va boshqalar yuzasidan fikr-mulohazalarini bayon etdilar.

Erkin savol-javob tarzida tashkil etilgan suhbatda bitiruvchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha atroflicha ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Bu kabi uchrashuvlar bitiruvchilarni munosib ish o‘ringa ega bo‘lishlarida ko‘mak berishi ta’kidlab o‘tildi.

 

Matbuot xozmati

  2018 yil Tadbirkorlik, innovatsiyalar va texnologiyalar yili

 

 

 

 

 

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top