SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

TAVSIYA ETAMIZ

Universitet Talabalar turar joyida “Milliy va ma’naviy qadriyatlarning yuksalishida ayollarning o‘rni” mavzusida ma’ruza bo‘lib o‘tdi

31-yanvar kuni “Islomshunoslik” kafedrasi mudiri D.Maqsudov ishtirokida “Milliy va ma’naviy qadriyatlarning yuksalishida ayollarning o‘rni” mavzusida ma’ruza o‘tkazildi.

Ma’ruzada milliy va ma’naviy qadriyatlar, uning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, ayniqsa, milliy an’analarni yosh avlod ongu shuurida singdirishda, ta’lim-tarbiya jarayonini amalga oshirishda ayollarning o‘rni va roli muhim ekanligi gapirib o‘tildi. Shuningdek, ayollar har bir jabhada faol ekanligi, islohotlarni amalga oshirishda faollik ko‘rsatib kelayotganligi misollar asosida ta’kidlandi.

Ma’ruzachi ayol, ona tushunchalarini Qur’oni karim, hadisi sharif va allomalarning asarlari, ibratli so‘zlari orqali izohladi.

O‘tkazilgan ma’ruza orqali talaba-yoshlar mavzu yuzasidan keng va atroflicha ma’lumotga ega bo‘ldilar.

Ma’ruza o‘zining ma’naviy-ma’rifiy jihatdan qimmati yuqori ekanligi bilan ahamiyatlidir.

 

Matbuot xizmati

  2018 yil Tadbirkorlik, innovatsiyalar va texnologiyalar yili

 

 

 

 

 

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top