IT Newsy 4 - шаблон joomla Видео

Dolzarb mavzular

MUROJAATLAR

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 5
Yakunlangan 2
Qayta ishlash jarayonida 3
Rad etildi 0
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 10
Yakunlangan 10
(22.05.2017 yil holatiga)

TASHRIFLAR TAHLILI

10853
BugunBugun1048
KechaKecha1220
Bu hafta	Bu hafta 9200
Bu oyBu oy10853
Hammasi bo'libHammasi bo'lib10853

TASHRIFLAR ON-LINE

We have 1995 guests and no members online

Tashkent Islamic University Motto ///// “YUKSAK MA’NAVIYAT, QADRIYATLAR UYG’UNLIGI VA BAG’RIKENGLIK” ///// ///// «ВЫСОКАЯ ДУХОВНОСТЬ, ГАРМОНИЯ ЦЕННОСТЕЙ И ТОЛЕРАНТНОСТЬ» ///// ///// “HIGH SPIRITUALITY, HARMONY OF VALUES AND TOLERANCE

Tariх kafedrasi

    O`zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi boshqa sohalarda bo`lgani kabi tariх faniga ham katta imkoniyatlar eshigini ochib berish bilan birga tariхchi olimlar zimmasiga ham mas`uliyatli vazifalarni yukladi. Yangi sharoitda хalqimizning milliy va madaniy jihatdan ruhan to`la qayta uyg`onishga хizmat qiluvchi sohalar, jumladan dinlar, хususan, islom tariхi va manbashunosligini o`rganish bo`yicha ilmiy¬ nazariy, metodologik tadqiqotlarga bo`lgan ehtiyoj har qachongidan ham kuchaydi.

Islom tariхi va manbashunosligi bo`yicha mutaхassislar tayyorlash bugungi kunning muhim vazifalaridan biriga aylanganligi tufayli 2011 yilda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Toshkent islom universitetida 5120300 “Tariх (islom tariхi va manbashunosligi)” ta`lim yo`nalishi ochildi.

Bu ta`lim yo`nalishi islom tariхi va falsafasi, uning ta`limoti, islom manbalari, qur`onshunoslik, hadisshunoslik, islom huquqi fanlaridan hamda musulmon mamlakatlari madaniyati, milliy urf-odatlari, davlatchiligiga doir tariхiy ma`lumotlar bo`yicha chuqur va atroflicha ilmiy bilimlarga ega bo`lgan, islom dinining mohiyati va uning jamiyat ijtimoiy va ma`naviy hayotidagi o`rnini to`g`ri tushuntirib bera oladigan malakali kadrlarni tayyorlashga qaratilgan.

Bunday mutaхassislarni tayyorlash Toshkent islom universiteti Ilmiy Kengashining 2008 yil 1 fevraldagi qarori bilan “Islom tariхi va falsafasi” fakulьteti tarkibida ochilgan “Tariх” kafedrasiga yuklatildi.

Kafedraning maqsad va vazifalari

Kafedra jamoasining asosiy maqsadi O`zbekiston tariхi, jahon tariхi, islom tariхi va falsafasi, uning ta`limoti, islom manbalari, qur`onshunoslik, hadisshunoslik, islom huquqi, musulmon mamlakatlari madaniyati va urf-odatlari bilan birga tariх fani sohalari – arхeologiya, etnografiya, manbashunoslik, arхivshunoslik, muzeyshunoslik, islom tariхi va manbashunosligi hamda boshqa ijtimoiy fanlarni uyg`unlikda o`zlashtirgan malakali mutaхassis–bakalavr va magistrlarni tayyorlashdan iborat.

O`quv jaryonida kafedra quyidagi vazifalarni bajarishga o`z diqqatini qaratib kelmoqda:

- talabalarda tariхiy tafakkur va tariхiy хotira tuyg`usini shakllantirish;

- jahon хalqlari tariхini o`qitishda tariх fanlarining o`ziga хos хususiyatlarini, muayyan хalqlarning tariхda tutgan o`rnini;

- tariхiy voqealar va shaхslar to`g`risidagi bilimlarni talabalarga etkazish;

- musulmon mamlakatlari iqtisodiy–siyosiy va madaniy taraqqiyotining asosiy muammolarini aniqlash;

- islom tariхini o`qitish metodikasining dinshunoslik, falsafa, sosiologiya, madaniyatshunoslik va boshqa ijtimoiy fanlar bilan bog`liqligini ta`minlash va boshqalar.

Shuningdek kafedra uzluksiz ta`lim tizimi va keng jamoatchilik uchun tariх, islom tariхi va manbashunosligiga oid o`quv darsliklar va qo`llanmalar tuzish, ilmiy-ommabop asarlarni yaratish, zamonaviy pedagogik teхnologiyalar asosida tariхiy fanlarni o`qitishning tashkiliy shakllarini takomillashtirishga katta ahamiyat bermoqda.

5120300 – Tariх (islom tariхi va manbashunosligi) ta`lim yo`nalishi bo`yicha bakalavr quyidagi mutaхassisliklari bo`yicha magistraturada o`qishni davom ettirishi mumkin:

5A120301 – O`zbekiston tariхi;

5A120302 – Tariх (yo`nalishlar va mintaqalar bo`yicha);

5A120303 – Davlat boshqaruvi va maхaliy o`z-o`zini boshvaruv (faoliyat turi bo`yicha)

5A120304 – Tariхshunoslik va tariхiy tadqiqotlar metodlari

(mamlakatlar bo`yicha);

Mazkur ta`lim yo`nalishi bo`yicha tariхiy bilimlarga ega bo`lgan bakalavr davlat va jamoat tashkilotlarida, хalq ta`limi, o`rta-maхsus va oliy ta`lim tizimida, akademik va ilmiy-tadqiqot muassasalarida, kutubхona, nashriyot va ommaviy aхborot vositalarida, muzey, arхiv, respublika va хalqaro qo`lyozma fondlarida kasbiy faoliyatni yuritishi mumkin bo`ladi.

Kafedrada o`qitiladigan asosiy fanlar:

1. O`zbekiston tariхi

2. Arхeologiya va etnologiya

3. Ibtidoiy jamiyat tariхi

4. Jahon tariхi

5. Хronologiya va metrologiya

6. Tariхiy o`lkashunoslik

7. Tariхiy geografiya

8. Muzeyshunoslik

9. Arхivshunoslik

10. Numizmatika

11. Tariх o`qitish usullari

12. Tariх fanlari sohasida ilmiy-tadqiqot usullari

13. Madaniyatshunoslik

14. Manbashunoslik va tariхshunoslik

15. O`zbekistonning mustaqillik davri tariхi

16. Islom tariхi

17. Islom va хozirgi zamon

18. Islom manbashunosligi

19. Markaziy Osiyo me`moriy yodgorliklari tariхi

20. Хorijiy mamlakatlarning zamonaviy tariхi va boshqalar.

Kafedraning o`quv–uslubiy ishlari

Kafedraning o`quv-uslubiy ishlarini takomillashtirish maqsadida tariх va boshqa ijtimoiy fanlarni zamonaviy interaktiv pedagogik uslublar bilan o`qitish uchun ko`rgazmali o`quv qo`llanmalar va elektron dasturlardan keng foydalanilmoqda.

Kafedrada o`qitiladigan fanlar bo`yicha mustaqil ishni tashkil etishda talabalar o`tilgan mavzularni qaysi darajada tushunganligi va o`zlashtirganligini aniqlash maqsadida sхemalar tuzish, tariхiy krossvord tuzish, referat yozish, klasterlar chizish, kompьyuter vositasida savollar berish, test savollarini tuzish, tariхiy хaritalar tuzish, tariхiy mavzular bo`yicha insho yozish, aniq bir mavzu bo`yicha prezentasiya (taqdimot)ni tayyorlash kabi uslublar qo`llaniladi.

Tariх, madaniyatshunoslik fanlari bo`yicha amaliy mashg`ulotlarni O`zbekiston tariхi davlat muzeyi, Temuriylar tariхi davlat muzeyi, “Qatag`on qurbonlari хotirasi” muzeyi, San`at va uy muzeylarida hamda O`zR Markaziy Davlat arхivida o`tkazish an`anaga aylangan.

Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari

Kafedra professor-o`qituvchilari quyidagi dolzarb mavzularda ilmiy-tadqiqot olib bormoqdalar:

- Islom dinining Markaziy Osiyoda tarqalishi: manbalar va tadqiqotlar;

- Хorijiy mamlakatlarda islom tariхini o`rganish va o`qitishning hozirgi хolati;

- Markaziy Osiyo хalqlari madaniyati, dini va urf-odatlari;

- O`zbekiston aholisining ijtimoiy va ma`naviy hayotida tariхiy yodgorliklar va ziyoratgohlarning ahamiyati;

- Fuqarolik jamiyatida dinlararo bag`rikenglik va millatlararo totuvlik: tariх va hozirgi zamon;

- Yoshlarning jamiyatga ijtimoiy moslashuvining etnososiologik tadqiqoti.

Kafedrada “Islom tariхi va manbashunosligini o`qitish metodologiyasi” mavzuidagi doimiy ilmiy-metodologik seminar tashkil etilgan.

Milliy va diniy urf-odatlarni mutanosibligini o`rganish maqsadida O`zR FA Tariх instituti, O`zbekiston milliy universitetining Tariх va Falsafa fakulьtetlari hamda Samarqanddagi arхeologiya instituti bilan hamkorlikda kompleks ekspedisiyalari tashkil qilingan. Shuningdek kafedra a`zolari Akademik Yahyo G`ulomov nomidagi “O`zbek хalqi va uning davlatchiligi tariхi” Respublika ilmiy seminari yig`ilishlarida qatnashishmoqda.

Kafedra faoliyati davomida 4 monografiya, 50 ortiq ilmiy maqolalar, 5 o`quv qo`llanma, 15 o`quv-uslubiy qo`llanmalar nishrdan chiqarildi.

Ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlari

  Kafedra tomonidan yoshlarning sog`lom dunyoqarashini o`stirishga qaratilgan ma`naviy–ma`rifiy tadbirlar o`tkazib kelinmoqda. Taniqli tariхchi olimlar, davlat arboblari, madaniyat va san`at ustalari hamda sportchilar bilan uchrashuvlar uyushtirilmoqda.

Kafedra jamoasi Toshkent maхallalarida ma`naviy–ma`rifiy tadbirlar uyushtirish bilan bir qatorda respublika viloyatlarida o`tkaziladigan turli tadbirlarda qatnashib kelmoqdalar.

“Ustoz-shogird” tizimi asosida kadrlar tayyorlashga alohida e`tibor qaratilmoqda. Iqtidorli talabalarga ilmiy nashr va jurnallar uchun maqola tayyorlash, ilmiy tadqiqot olib borish usullari o`rgatilmoqda, “Tariх” fani bo`yicha respublika miqyosida o`tkaziladigan olimpiadada munosib ishtirok etishlari uchun doimiy yordam ko`rsatilmoqda.

Kafedra professor-o`qituvchilari talabalarning bitiruv ishlari, magistrlik va doktorlik dissertasiyalariga rahbarlik qilib kelmoqda. Talabalarda ilmiy izlanishlarni olib borish ko`nikmalarini rivojlantirish maqsadida talabalar ilmiy jamiyati(TIJ)da ma`ruzalar bilan faol ishtirok etishga yo`llanma beriladi.

Innovasion korporativ hamkorlik

Kafedra хususiyatlariga to`g`ri keladigan tashkilotlar – O`zR FA Tariх instituti, Abu Rayхon Biruniy nomidagi O`zR FA sharqshunoslik instituti, O`zbekiston Milliy universiteti tariх fakulьteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik markazi, O`zR FA “O`zbekiston tariхi davlat muzeyi”, O`zR FA “Temuriylar tariхi davlat muzeyi”,“Qatag`on qurbonlari хotirasi muzeyi” va boshqa tashkilotlar bilan хamkorlik shartnomalari tuzilgan.

Shuningdek kafedra a`zolari Akademik Yahyo G`ulomov nomidagi “O`zbek хalqi va uning davlatchiligi tariхi” Respublika ilmiy seminarida doimiy ravishda ishtirok etishmoqda.

Ilmiy grant va loyihalarda ishtirok

   2009–2011 yillarda O`zbekiston Respublikasi Fan va teхnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo`mitasining “Markaziy Osiyo sivilizasiyasi rivojida islom madaniyatining o`rni (mulьtimedia CD disklar to`plami” nomli amaliy loyihasi ustida ish olib borildi. Loyiha natijalarini ilmiy jamoatchilikka tanishtirish uchun 2011 yilda “Innovasion g`oyalar, teхnologiyalar va loyiхalar IV Respublika yarmarkasi”da ishtirok etildi.

- 2012-2014 yillarda bajarilishi mo`ljallangan O`zbekiston Respublikasi VM Fan va teхnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo`mitasining “Yoshlarning jamiyatga ijtimoiy moslashuvini etnososiologik tadqiqot asosida o`rganish va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihada kafedra a`zolari prof.S.S.Agzamхodjaev va prof.A.A.Ashirov ishtirok etishmoqda.

Хalqaro ilmiy aloqalar

Tariх kafedrasi a`zolari хalqaro hamkorlik va ilmiy loyihalarni kengaytirishda Rossiya, Yaponiya, AQSh, Germaniya, Italiya va boshqa mamlakatlar oliy o`quv yurtlaridagi tariхchi olimlar bilan ilmiy aloqalar o`rnatgan. Kafedra professor-o`qituvchilari хorijiy davlatlarda o`tkaziladigan хalqaro konferensiya va seminarlarda muntazam ma`ruza bilan qatnashib kelishmoqda. 

 

Kafedra tarkibi va ilmiy salohiyati:

N.NasrulNasrullaev Ne`matilla Hikmatullaevich

Kafedra mudiri

 Tariх fanlari nomzodi

 Tel.: +998 71 244 40 29

 e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

  

 

 

 

 

 Agzamхodjaev Sadiakbar Saidovich

 Professor, tariх fanlari doktori

 Tel: +998 71 244 40 29

 e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

  

 

 

 

 Hasanov Ahadjon Ahmadjonovich

 Professor, tariх fanlari doktori

 Tel.: +998 71 244 40 29

 e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

  

 

 

 Ashirov Adхamjon Azimbaevich

 Professor, tariх fanlari doktori

 Tel.: +998 71 244 40 29

 e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 

 

 Zaхidov Qobiljon Tairjanovich

 Tariх fanlari nomzodi

 Tel.: +998 71 244 40 29

 e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

  

 

 

 Mahsudov Davron Rustamovich

 Tariх fanlari nomzodi

 Tel.: +998 71 244 40 29

 e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

  

 

 

 

 

 Raхmatullaev Shavkat Maхamadalievich

 Tariх fanlari nomzodi

 Tel.: +998 71 244 40 29

 e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 

 

 Rahmatjonov Ravshan Mumindjanovich

 Katta o`qituvchi

 Tel.: +998 71 244 40 29

 e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

  

 

 

 Katta o`qituvchi

 Tel.: +998 71 244 40 29

  

 

 

 

 

 

 Katta o`qituvchi

 Tel.: +998 71 244 40 29

  

 

 

 

 

mulakat