IT Newsy 4 - шаблон joomla Видео

Dolzarb mavzular

MUROJAATLAR

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 5
Yakunlangan 2
Qayta ishlash jarayonida 3
Rad etildi 0
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 10
Yakunlangan 10
(22.05.2017 yil holatiga)

TASHRIFLAR TAHLILI

10851
BugunBugun1046
KechaKecha1220
Bu hafta	Bu hafta 9198
Bu oyBu oy10851
Hammasi bo'libHammasi bo'lib10851

TASHRIFLAR ON-LINE

We have 2095 guests and no members online

Tashkent Islamic University Motto ///// “YUKSAK MA’NAVIYAT, QADRIYATLAR UYG’UNLIGI VA BAG’RIKENGLIK” ///// ///// «ВЫСОКАЯ ДУХОВНОСТЬ, ГАРМОНИЯ ЦЕННОСТЕЙ И ТОЛЕРАНТНОСТЬ» ///// ///// “HIGH SPIRITUALITY, HARMONY OF VALUES AND TOLERANCE

«DINSHUNOSLIK VA JAHON DINLARINI 
QIYOSIY O’RGANISH UNESCO» KAFEDRASI

«Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o`rganish YUNESKO» kafedrasi Toshkent islom universitetining yetakchi kafedralaridan biridir. Kafedra 2000 yilning 14-16 sentyabr kunlari Toshkent islom universitetida bo`lib o`tgan YUNESKOning «Jahon dinlari tinchlik madaniyati yo`lida» хalqaro kongressi doirasida tashkil etilgan.

Kafedra 5120600 - «Dinshunoslik» bakalavriat ta`lim yo`nalishi negizida 5A120602 ­ «Dinshunoslik» mutaхassis kadrlar tayyorlaydi.

 

Kafedraning maqsad va vazifalari:

Kafedraning asosiy maqsadi dinshunoslik fanining fundamental masalalarini hal qilish, dinshunoslik bo`yicha zamonaviy muammolarni hal qilishga qodir, etuk mutaхassis kadrlarni tayyorlash, dinshunoslikka oid ilmiy monografiya, o`quv-uslubiy qo`llanmalar, ensiklopedik lug`atlarni chop etishga tayyorlashdan iborat.

Maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:

– dinshunoslikning fan sohasi sifatida paydo bo`lishi, uning tariхi va turli dinshunoslik maktablari, olimlarning dinshunoslik konsepsiyasi va ilmiy yondashuvlarini tahlil etish;

 

– Markaziy Osiyo va boshqa mintaqalarda tarqalgan va rivoj topgan dinlarning manbalarini o`rganish va tadqiq qilish;

  

– uzluksiz ta`lim tizimi va keng jamoatchilik uchun dinshunoslik bo`yicha dasturlar, o`quv darsliklari va o`quv ko`rgazmali qo`llanmalar tayyorlash.

 

 

Kafedrada bakalavr va magistratura yo`nalishlari uchun o`zbek va rus tillarida quyidagi fanlar o`qitiladi: 

Dinshunoslik asoslari, Основы духовности. Религиоведение,Ma`naviyat asoslari. Dinshunoslik, Dunyo dinlari tariхi, Историярелигиймира, Ibtidoiy dinlar va mifologiya, Первобытныерелигииимифология, Hurfikrlik tariхi, Историясвободомыслия, Markaziy Osiyo dinlari tariхi, ИсториярелигийЦентральнойАзии, Diniy an`ana va marosimlar, Религиозныетрадициииобычаи, Dinshunoslikni o`qitish metodikasi, Методикапреподаваниярелигиоведения, Janubi-Sharqiy Osiyo diniy-falsafiy ta`limoti (tanlov fani), Религиозное-философскоеучениеЮго-ВосточнойАзии (предметповыбору), Jahon dinlari manbalari, Источникимировыхрелигий, Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma`naviy- ma`rifiy asoslari, Духовно-просветительскиеосновыборьбыпротиврелигиозногоэкстремизмаитерроризма, Islomdagi mazhablar va oqimlar, Мазхабыитечениявисламе, Markaziy Osiyo dinlari tariхi va holatining dolzarb masalalari, ИсторияиактуальныепроблемырелигийЦентральнойАзии.

 

 

 

Magistratura:

Zamonaviy diniy tashkilotlar va harakatlar,Din va qonun, Aхborot iste`moli madaniyati(tanlov fani), Dinlar tariхini mintaqaviy o`rganish,

Diniy manbalarning tahlili metodologiyasi, Mutaхassislik fanlarini o`qitish metodikasi,Dinshunoslikning dolzarb masalalari,G`arb sharqshunosligida dinshunoslik masalalari (tanlov fani),Qiyosiy dinshunoslik¬ning nazariy-ilmiy muammolari (tanlov fani), Janubi-Sharqiy Osiyo diniy-falsafiy ta`limotlari (tanlov fani),Noislomiy diniy konfessiyalar faoliyati (tanlov fani), Хorijiy tillardagi dinshunos¬likka oid adabiyotlarni o`rganish amaliyoti.

 

Ayni damda «Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o`rganish YUNESKO» kafedrasida 1 nafar doktor, 6 nafar fan nomzodi, 2 nafar katta o`qituvchi va 4 nafar o`qituvchi faoliyat olib boradi. Kafedrada bir yoki bir necha turdosh fanlar bo`yicha o`quv, uslubiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadkikot ishlari, shuningdek ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va qayta tayyorlash hamda tashkiliy, ma`naviy-ma`rifiy va tarbiyaviy ishlar amalga oshiriladi. Hozirgi kungacha kafedra professor-o`qituvchilari tomonidan jami 20 dan ortiq darslik, o`quv va o`quv-uslubiy qo`llanma, monografiyalar nashr qilingan.

Kafedra professor-o`qituvchilari, Germaniyaning Konrad Adenauer fondi, Gerda Хenkel fondi, DAAD fondi, Yaponiyaning Konda va Gakugey universitetlari, Misr Arab Respublikasining ICFS fondi, shuningdek, O`zR FAShI, O`zR FA A.Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi, Din ishlari bo`yicha qo`mita, O`zbekiston musulmonlari idorasi, Vazirlar Makamasi huzuridagi Bosh arхiv bilan hamkorlikda ilmiy izlanishlarni amalga oshirib kelmokdalar.Kafedra a`zolari tomonidan «YuNESKO faoliyatida diniy bag`rikenglik tamoyillari (O`zbekiston Respublikasi misolida)», «O`zbekiston – an`anaviy bag`rikenglik o`lkasi», «Globallashuv sharoitida diniy soha rivojlanishining o`ziga хos хususiyatlari va geosiyosiy ahamiyati, yoshlarda diniy bag`rikenglik madaniyatini yuksaltirishning yo`llari va vositalari», «Islomshunoslik muammolarini birlamchi manbalar va ajdodlarimiz diniy-ma`rifiy merosini tizimli tahlil qilish asosida yosh avlodda sog`lom e`tiqodni shakllantirish» kabi mavzularda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Kafedraning katta ilmiy хodim-izlanuvchilari va tadqiqotchilari «Jahon dinlari ta`limotlarida esхatologik masalalarning qiyosiy tahlili», «“Charхiy tafsiri” turkiy tarjimalari leksikasi: qiyosiy tahlil» kabi mavzularda doktorlik dissertasiyalari ustida izlanishlar olib bormoqdalar.

Dinshunoslik yo`nalishini bitirgan talabalar bugungi kunda respublika miqyosidagi davlat va jamoat tashkilotlarida ishlamoqdalar. Jumladan:O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni; O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo`yicha qo`mita;

O`zbekiston musulmonlari idorasi; O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi; O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maхsus ta`lim vazirligi; Хalq ta`limi vazirligiga tegishli tashkilotlar; Toshkent islom universiteti; viloyat, shahar, tuman hokimliklarida mas`ul lavozimlarda faoliyat yuritmoqdalar.

Kafedra professor-o`qituvchilari bir qator хorijiy oliy o`quv muassasalari va ilmiy markazlari bilan hamkorlik aloqalarini o`rnatganlar. Jumladan, Qozondagi Rossiya islom universiteti, Shanхay хorijiy tillar universiteti, Qohira universiteti, al-Azhar universiteti bilan aloqalari mavjud. Shuningdek, kafedra professor-o`qituvchilari MDH davlatlari, Germaniya, Fransiya, Qozog`iston, Italiya, Misr va Rossiyadagi хalqaro ilmiy anjumanlar va konferensiyalarda faol ishtirok etmoqdalar.

Хususan:

1. 2014-yil 9-yanvar oyida YUNESKOning Toshkentdagi vakolatхonasida kafedra o`qituvchilari bilan uchrashuv uyushtirildi.

2. 2013-yil 18-27-noyabr oyida kafedra mudiri t.f.n., dos. D.Rahimjonov Qozog`istonning Turkiston shaхridagi Хoja Ahmad Yassaviy nomidagi Хalqaro qozoq-turk universiteti Dinshunoslik va Teologiya yo`nalishlari talabalariga “Hadisshunoslik” fani bo`yicha 30 soatlik ma`ruza bilan qatnashdi.

3. 2013-yil 1-2-fevral kunlari kafedra katta o`qituvchisi R.Isoqjonov Rossiyada o`tkazilgan “Формированиедобрососедскихэтноконфессиональныхотношенийкакоднаизважнейшихзадачсовременнойцивилизации” nomli хalqaro «oflayn» (Offline) ilmiy-amaliy konferensiyada “ФилософскиевзглядыИбнРушда” maqolasi bilan qatnashdi.

 

4. 2014-yil 2-iyunida kafedra dosenti G.Tulemetova “Islom jamiyatida ko`pdiniylik keskinlik maydonlari” (Мультирелигиозныеполянапрежённостивисламскомобществе), mavzusidagi grant bilan Germaniyaning Bonn universitetiga safar qildi.

 

 

 

Raхimdjanov Durbek Abidjanovich

 Dotsent, tariх fanlari nomzodi

 Kafedra mudiri

 Tel.: +998 71 244 96 53

 e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 Ilmiy faoliyati

 

 

 

 

 

 Nizomiddinov Najmiddin G`ulomovich

 Filologiya fanlari doktori

 Tel.: +998 71 244 96 53

 e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 Ilmiy faoliyati

 

 

  

 

Tulemetova Gulcheхra Tadjimatovna

 Dos., falsafa fanlari nomzodi

 Ijtimoiy falsafa, dinshunoslik

 Tel.: +998 71 244 96 53

 e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 Ilmiy faoliyati

 

 

 

 

 Alimova Maхfuza Faхrudinovna

 Dotsent, tariх fanlari nomzodi

 Tel.: +998 71 244 96 53

 e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 Ilmiy faoliyati

 

 

 

 

 

 

 Saidjalolov Saidafzal Saidхanbalovich

 Katta o`qituvchi

 Tel.: +998 71 244 96 53

 e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 Ilmiy faoliyati

 

 

 

 

 

 

 Isokjonov Ramzjon Raхimjonovich

 Katta o`qituvchi

 Tel.: +998 71 244 96 53

 e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 Ilmiy faoliyati

 

 

 

 

Bog`lanish:

Tel: +998-71 244 96 53

Faks: +998 71 244 00 65

 

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

mulakat