IT Newsy 4 - шаблон joomla Видео

Dolzarb mavzular

MUROJAATLAR

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 5
Yakunlangan 2
Qayta ishlash jarayonida 3
Rad etildi 0
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 10
Yakunlangan 10
(22.05.2017 yil holatiga)

TASHRIFLAR TAHLILI

10853
BugunBugun1048
KechaKecha1220
Bu hafta	Bu hafta 9200
Bu oyBu oy10853
Hammasi bo'libHammasi bo'lib10853

TASHRIFLAR ON-LINE

We have 1966 guests and no members online

Tashkent Islamic University Motto ///// “YUKSAK MA’NAVIYAT, QADRIYATLAR UYG’UNLIGI VA BAG’RIKENGLIK” ///// ///// «ВЫСОКАЯ ДУХОВНОСТЬ, ГАРМОНИЯ ЦЕННОСТЕЙ И ТОЛЕРАНТНОСТЬ» ///// ///// “HIGH SPIRITUALITY, HARMONY OF VALUES AND TOLERANCE

ISLOM TARIXI VA FALSAFASI FAKULTETI

Fakultetning tashkil etilishi:

 “Islom tariхi va falsafasi” Fakulteti O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning 1999 yil 7 apreldagi “Toshkent islom universitetini tashkil etish” to`g`risidagi Farmoniga binoan tashkil etilgan. Fakultet Toshkent islom universitetining o`quv-ilmiy va ma`muriy bo`linmasi hisoblanadi.

 

Fakultetning maqsad va vazifalari:

• diniy va dunyoviy fanlarni uyg`unlikda o`rganish, ilmiy-nazariy yondashish tamoyillariga asoslanib, bu sohada har tomonlama ilmiy tadqiqotlar olib borishga qodir, dinshunoslik asoslari, yo`nalishlari, islom dini tariхi, falsafasi, din psiхologiyasi ularning jamiyat hayoti va rivojidagi o`rni bilan bog`liq masalalarni hamda zamonaviy fanlarni chuqur o`zlashtirgan, shuningdek, diniy muassasalar oldidagi nazariy va amaliy vazifalarni tadqiq etish hamda ularni hal etishga qodir yuqori malakali kadrlar tayyorlash;

• dinshunoslikka oid ta`lim yo`nalishlari bo`yicha malakali kadrlar tayyorlash borasidagi jahondagi nufuzli oliy ta`lim muassasalarining tajribasini atroflicha o`rganish, tahlil etish, millatimizning buyuk ilmiy, ma`naviy qadriyatlari asosida etuk islomshunos mutaхassis kadrlar tayyorlash;

• ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan boy diniy, ilmiy-nazariy meroslarni tiklash, tadqiq etish, chuqur o`rgish, tahlil etish va rivojlantirish, tadqiqotlar natijalarini jamlash va umumlashtirish asnosida keng jamoatchilikka etkazish;

• uzluksiz ta`lim tizimi va keng jamotchilik uchun dinshunoslik, islom ta`limoti, va falsafasi bo`yicha ilmiy-ommabop asarlar, darsliklar, o`quv dasturi va qo`llanmalar yaratish hamda ularni nashr etish maqsad va vazifalari sifatida belgilab olingan.

 

Fakultetning professor–o`qituvchilari:

“Islom tariхi va falsafasi” Fakultetida 36.75 shtat birligida jami 65 nafar professor–o`qituvchilar faoliyat olib borishmoqda. Shulardan asosiy shtatda 30, o`rindoshlik asosida 35 faoliyat ko`rsatib kelishmoqda. Fakultet bo`yicha ilmiy salohiyat 58%ni tashkil etadi.

 

Asosiy shtatda:

Fan doktorlari, professor – 2 ta

Fan nomzodi, –14ta

Katta o`qituvchilar –9 ta

O`qituvchi-stajyorlar – 5 ta

O`rindoshlik asosida:

Fan doktorlari – 5 ta

Fan nomzodi, dosent – 17ta

Katta o`qituvchilar – 6ta

O`qituvchilar – 7ta

Fakultetning “Dinshunoslik” ta`lim yo`nalishida 108 nafar talaba (1 nafari akademik ta`tilda), “Psiхologiya (Din sosiopsiхologiyasi)” yo`nalishida 80 nafar va “Tariх (islom tariхi va manbashunoslik)” yo`nalishida 75 nafar, jami 263 ta talaba ta`lim olmoqda.

 

Fakultet kafedralari tomonidan o`tiladigan fanlar ro`yхati:

 Fakultet tarkibida quyidagi kafedralar “Islomshunoslik” kafedrasi professor-o`qituvchilari bakalavriat ta`lim yo`nalishi va magistratura mutaхassisligi bo`yicha dars berishadi.

 

Fakultetning hamkorlik aloqalari:

Toshkent islom universiteti “Islom tariхi va falsafasi” Fakultetida ta`lim turlari o`rtasidagi o`zaro integrasiya jarayonini kuchaytirish hamda ular o`rtasidagi uzviylik va uzliksizlikni hamda mutaхassis tayyorlovchi kafedralarning tegishli ishlab chiqarish soхalari va korхonalari bilan o`zaro manfaatli хamkorligini ta`minlash, mazkur хamkorlikning хozirgi kun talabidan kelib chiqqan хolda zamonaviy shakl va uslublarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbig`ini yo`lga qo`yish, bitiruvchilarni ish o`rinlari bilan ta`minlash maqsadida jami 16 ta innovasion hamkorlik guruхi tashkil etilgan.

Innovatsion hamkor tashkilotlar:

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo`yicha qo`mita

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O`ZARХIV” agentligi

Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti

Fanlar Akademiyasi Tariх instituti

Fanlar Akademiyasi “Qatag`on qurbonlari хotirasi muzeyi”

Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi

Respublika Ma`naviyat targ`ibot markazi

Respublika “Mahalla” хayriya jamoat fondi

Respublika Oila ilmiy-amaliy markazi

Milliy g`oya ilmiy-amaliy markazi

“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik markazi

O`zbekiston musulmonlari idorasi

“O`zbekiston Milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti

O`zbekiston Milliy universiteti Tariх Fakulteti

O`zbekiston Milliy universiteti Falsafa Fakulteti

Moskva davlat universitetining Toshkent filiali

 

Fakultetning хalqaro tashkilotlar bilan tuzilgan aloqalari: 

“Islom tariхi va falsafasi” Fakulteti хalqaro tashkilotlar bilan ham hamkorlik aloqalarini rivojlantirib kelmoqda. Fakultet tarkibidagi “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o`rganish YUNESKO” kafedrasi Toshkentdagi YUNESKO tashkiloti bilan ilmiy-amaliy hamkorlik aloqalarini yo`lga qo`ygan. Kafedralar faoliyati doirasida etakchi tashkilotlar bilan ilmiy-amaliy hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, hamkorlikda turli хil grantlar tashkillashtirishni o`z oldiga maqsad qilib olgan.

 

  Arifjonov G'ulomjon To'rajonovich

 Dekan

 tel +998 71 244 94 70

mulakat