IT Newsy 4 - шаблон joomla Видео

Dolzarb mavzular

MUROJAATLAR

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 5
Yakunlangan 2
Qayta ishlash jarayonida 3
Rad etildi 0
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 10
Yakunlangan 10
(22.05.2017 yil holatiga)

TASHRIFLAR TAHLILI

10843
BugunBugun1038
KechaKecha1220
Bu hafta	Bu hafta 9190
Bu oyBu oy10843
Hammasi bo'libHammasi bo'lib10843

TASHRIFLAR ON-LINE

We have 2250 guests and no members online

Tashkent Islamic University Motto ///// “YUKSAK MA’NAVIYAT, QADRIYATLAR UYG’UNLIGI VA BAG’RIKENGLIK” ///// ///// «ВЫСОКАЯ ДУХОВНОСТЬ, ГАРМОНИЯ ЦЕННОСТЕЙ И ТОЛЕРАНТНОСТЬ» ///// ///// “HIGH SPIRITUALITY, HARMONY OF VALUES AND TOLERANCE

 “KAMOLOT” YOSHLAR IJTIMOIY HARAKATI TOSHKENT ISLOM UNIVERSITETI BOSHLANG‘ICH TASHKILOTI  

2001-yilda universitet talabalarining manfaatini himoya qilish, yoshlarning bilimi, iqtidorini namoyon etish, yoshlarni birlashtirish, sog‘lom turmush tarzi talablari asosida tarbiyalash maqsadida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent islom universiteti boshlang‘ich tashkiloti tuzilgan.

Kengash

Boshlang‘ich tashkilotning asosiy maqsadi – ta’lim muassasasidagi yoshlarni mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish jarayonlariga jalb qilish, ularning huquq, erkinlik va manfaatlarini himoya qilinishini ta’minlash, yigit-qizlarning ma’naviy, ma’rifiy va intellektual darajasini yuksaltirish, ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish va intilishlarini qo‘llab-quvvatlashdir.

Boshlang‘ich tashkiloti faollari o‘tgan davr mobaynida ko‘plab yutuqlarni qo‘lga kiritdilar. Jumladan, 3 nafar talaba “Kamolot” stipendiyasi sovrindori bo‘ldi. “Talabalar festevali” doirasida tashkil etilgan ilmiy-amaliy anjumanda 1 nafar talaba Respublika miqiyosida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. “Yurt kelajagi” tanlovida 2 nafar talaba tuman miqiyosida g‘olib bo‘lib  shahar bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar. “Tafakkur sinovlari” respublika tanlovining saralash bosqichida universitet jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdilar. “Talabalar teatr studiyalari” festevali doirasida bo‘lib o‘tgan saralash musobaqada boshlang‘ich tashkilot faollari “Eng yaxshi erkak roli uchun”, “Eng yaxshi ayol roli uchun” nominatsiyalarida g‘olib bo‘ldilar.

Kamolot green challange

Bundan tashqari 2015-2016 o‘quv yili mobaynida boshlang‘ich tashkilot tomonidan ko‘plab loyihalar amalga oshirildi. Masalan: “PR AKSIYA”, “Mohir musavvir” nomli rassomlar musobaqasi, “Kamolot shou” musobaqasi, “Rasmdagi sovg‘ani qo‘lga kirit!” aksiyasi, “Parvoz treining”, “Zakovat” intellektual o‘yini, “Bolajon” loyihasi, “Talabalik zavqi”, “Quvnoq talabalar”, “Siz shunday buyuksiz aziz muallim!”, “Konstitutsiya-baxtimiz tayanchi”, “Mening armiyam–mening faxrim”, “Kamolot”da mehmonda loyihalari kabi ko‘plab loyiha va tadbirlar o‘tkazildi.

 1 oktabr ustoz va murabbiylar kuni

mehmon1

Shuningdek, boshlang‘ich tashkilot qoshida “Munozara” debat klubi, “Millatlararo do‘stlik klubi”, “Yosh tadbirkorlar” klubi, “Nuroniylar e’zozimizda” patronaj yoshlar harakati, Talabalar teatr jamoalari faoliyat olib bormoqda.

mexmon2

       “Kamolot” YIH TIU BT tomonidan talabalar uchun “Kamolot” lingvo” bepul til to‘garaklarida yapon, nemis, fransuz, ingliz, rus, turk hamda arab tillaridan malakali ustozlar va Harakat faollari universitet talabalariga bilim bermoqdalar. 

mulakat