IT Newsy 4 - шаблон joomla Видео

Dolzarb mavzular

MUROJAATLAR

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 5
Yakunlangan 2
Qayta ishlash jarayonida 3
Rad etildi 0
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 10
Yakunlangan 10
(22.05.2017 yil holatiga)

TASHRIFLAR TAHLILI

10409
BugunBugun604
KechaKecha1220
Bu hafta	Bu hafta 8756
Bu oyBu oy10409
Hammasi bo'libHammasi bo'lib10409

TASHRIFLAR ON-LINE

We have 1171 guests and no members online

Tashkent Islamic University Motto ///// “YUKSAK MA’NAVIYAT, QADRIYATLAR UYG’UNLIGI VA BAG’RIKENGLIK” ///// ///// «ВЫСОКАЯ ДУХОВНОСТЬ, ГАРМОНИЯ ЦЕННОСТЕЙ И ТОЛЕРАНТНОСТЬ» ///// ///// “HIGH SPIRITUALITY, HARMONY OF VALUES AND TOLERANCE

Magistraturada har tomonlama bilimli, zamonaviy axborot texnologiyasi, ilmiy ma’lumotlar qabul qilish, ulardan foydalanish va saqlash usullarini biladigan, ilmiy tadqiqot (ilmiy-texnik) va ilmiy pedagogik faoliyatlar, shuningdek, ham dunyoviy, ham diniy bilimlarga ega malakali mutaxassis kadrlar va ilmiy xodimlar tayyorlash ko’zda tutilgan.

Magistratura talabalariga 9 nafar professor va fan doktorlari, 13 nafar dotsent va fan nomzodlari ta’lim berib kelmoqda.

Magistraturada 4 ta mutaxassislik, jumladan, “Dinshunoslik”, “Islom tarixi va manbashunosligi”, “Psixologiya (Din psixologiyasi)” va “Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik” bo’yicha magistrantlar tahsil olmoqda. Ular ilm olish bilan birgalikda turli davlat idoralari va jamoat birlashmalarida davra suhbatlari, tadbirlar, ma’ruzalarda qatnashib, o’z malakalarini oshirmoqdalar. Shuningdek ular davlat idoralari, ya’ni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo’yicha qo’mitada, O’zbekiston musulmonlari idorasida, banklarda, jamg’armalarda va boshqa jamoat tashkilotlarida, shuningdek, akademik litsey, kollejlar va maktablarda faoliyat ko’rsatishmoqda.

Magistraturada Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) bilan birgalikdagi hamkorlik shartnomasiga binoan professor Shigeaki Tabata “Business improvement” fanidan magistrlarga dars berib kelmoqda.

Magistrantlar ilmiy tadqiqot ishlari universiteti ilmiy meros va diniy tadqiqotlar bo’yicha prorektori rahbarligida Toshkent islom universiteti Kengashida tasdiqdan o’tkazib boriladi. Shuningdek, ularning fundamental ilmiy tadqiqot ishlari Talabalar ilmiy jamiyati, Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi va “Ziyo” studiyasida o’z ifodasini aks ettirib turadi. Har seshanba kuni magistratura talabalari ishtirokida magistrlik dissertatsiyasi muhokamasiga bag’ishlangan ilmi anjuman bo’lib o’tadi. 2015-yil 28-aprel kuni magistrlarning 1-an’anaviy ilmiy-amaliy konferensiyasi bo’lib o’tdi va  ma’ruzalar ilmiy to’plam shaklida nashr qilindi.

 

 Hozirgi kunga qadar magistraturani 300 nafardan ziyod magistrant tamomladi. Magistratura bitiruvchilari hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni, Mudofaa vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar va investitsiya vazirligi, Adliya vazirligi, Din ishlari bo’yicha qo’mita, O’zbekiston musulmonlari idorasi, Imom Buxoriy Xalqaro markazi, Fanlar Akademiyasining ilmiy-tadqiqot institutlari, “O’zbekneftgaz” DUK, respublikaning bank tizimi kabi tashkilot va korxonalarda,  keyingi faoliyatlarini davom ettirib kelmoqda.

mulakat