IT Newsy 4 - шаблон joomla Видео

Dolzarb mavzular

MUROJAATLAR

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 5
Yakunlangan 2
Qayta ishlash jarayonida 3
Rad etildi 0
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 10
Yakunlangan 10
(22.05.2017 yil holatiga)

TASHRIFLAR TAHLILI

10849
BugunBugun1044
KechaKecha1220
Bu hafta	Bu hafta 9196
Bu oyBu oy10849
Hammasi bo'libHammasi bo'lib10849

TASHRIFLAR ON-LINE

We have 2206 guests and no members online

Tashkent Islamic University Motto ///// “YUKSAK MA’NAVIYAT, QADRIYATLAR UYG’UNLIGI VA BAG’RIKENGLIK” ///// ///// «ВЫСОКАЯ ДУХОВНОСТЬ, ГАРМОНИЯ ЦЕННОСТЕЙ И ТОЛЕРАНТНОСТЬ» ///// ///// “HIGH SPIRITUALITY, HARMONY OF VALUES AND TOLERANCE
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
PREZIDENTINING FARMONI
 
0001 
 
TOSHKENT ISLOM UNIVERSITETINI  TASHKIL ETISH TO’G’RISIDA
 

Xalqimizning muqaddas e’tiqodi – islom diniga oid boy ma’naviy-madaniy merosini asrab-avaylash, diyorimizdan yetishib chiqqan buyuk allomalarning ilmiy g’oyalari va asarlarini chuqur va har tomonlama o’rganish, tahlil etish va zamonaviy ruhda rivojlantirish, shu sohada ilmiy-nazariy tadqiqotlar olib borish, zamon talablari darajasida malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashni ta’minlash, ularga lozim bo’lgan shart-sharoitlar yaratish hamda ajdodlarimizdan qolgan noyob manbalar asosidagi tadqiq etilgan ma’lumotlar bilan xalqimizning diniy savodxonligini oshirish maqsadida:

1. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Toshkent islom universiteti tashkil etilsin.
Toshkent islom universiteti o’z faoliyatini oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga taalluqli amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar va O’zbekiston musulmonlari idorasi bilan hamkorlikda uning diniy ta’lim sohasidagi ko’p yillik tajribasidan foydalanish asosida yuritsin.

2. Universitetning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat deb belgilansin:
– dinshunoslik asoslari yo’nalishlari, ilmiy-tadqiqot tamoyillari, islom dini tarixi, falsafasi, ularning jamiyat hayoti va rivojidagi o’rni bilan bog’liq masalalarni hamda zamonaviy fanlarni chuqur o’zlashtirgan, davlat va jamoat tashkilotlari, diniy muassasalar oldidagi nazariy va amaliy vazifalarni hal etishga qodir yuqori malakali mutaxassis–bakalavr va magistr kadrlar tayyorlash hamda mavjud kadrlarning malakasini oshirishni ta’minlash;

– islom diniga oid ta’lim yo’nalishlari bo’yicha malakali kadrlar tayyorlash borasida jahondagi nufuzli oliy ta’lim muassasalarining tajribasini atroflicha o’rganish, tahlil etish va Toshkent islom universitetidagi o’quv-tarbiya jarayoni sifatini zamonaviy talablar darajasida tashkil qilish, millatimizning buyuk ilmiy, ma’naviy qadriyatlari asosida yetuk islomshunos mutaxassis kadrlar tayyorlashni ta’minlash;

– ajdodlarimizning boy diniy ilmiy-nazariy meroslarini tiklash, chuqur o’rganish, tahlil etish va rivojlantirish, tadqiqotlar natijalarini jamlash va umumlashtirish asosida keng jamoatchilikka yetkazish;

– jahon tsivilizatsiyasi tarixida islom dinining tutgan o’rnini tadqiq etish asosida hozirgi ko’pdinlilik sharoitida dunyoda, mintaqada va mamlakatimizdagi islomning roli va ahamiyatini aniqlash, rivojlanish yo’nalishlari, g’oyalari va qonuniyatlarini nazariy va amaliy jihatdan tahlil etish;

– uzluksiz ta’lim tizimi va keng jamoatchilik uchun dinshunoslik, xususan, islom ta’limoti va falsafasi bo’yicha ilmiy-ommabop asarlar, darsliklar, o’quv dasturi va qo’llanmalar yaratish hamda ularni nashr etish;

– xorijiy mamlakatlarning yetakchi ta’lim va ilmiy markazlari bilan hamkorlikni amalga oshirish, xorijdan sohaning yetuk mutaxassis-o’qituvchilarini jalb qilish.

3. Universitetning tuzilmasi, nizomi, ikki bosqichli oliy ta’lim yo’nalishlari bo’yicha davlat ta’lim standartlari, o’quv jarayonini sifatli tashkil etish uchun zarur bo’lgan boshqa me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda jahondagi ilg’or ijobiy tajribalar atroflicha o’rganilsin, tahlil etilsin va amaliyotga joriy qilinsin.

4. Universitetning ilmiy-pedagogik kadrlar tarkibi asosan mamlakatimizdagi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida hamda O’zbekiston musulmonlari idorasi tizimida xizmat qilayotgan, jumladan, shu yo’nalishda xorijdagi ta’lim va ilmiy markazlarda malakasini oshirib kelgan, yuqori saviyali o’qituvchilar va xodimlar, shuningdek, salohiyatli soha mutaxassislari – amaliyotchilar qatoridan shakllantirilsin.

5. Universitet tarkibida quyidagi ikki ta’lim fakulg’teti tashkil etilsin:
Islom tarixi va falsafasi fakulteti;
Fiqh, iqtisod va tabiiy fanlar fakulteti.

6. Universitet qoshida Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi va Akademik litsey tashkil etilsin.
Ilmiy va o’quv-tarbiya jarayonlariga eng zamonaviy tadqiqotchilik, pedagogik va axborot texnologiyalarini tatbiq etish ko’zda tutilsin va ta’minlansin.

7. Mamlakatimizda hamda chet ellarda mavjud bo’lgan va yurtimizga olib kelingan islom ta’limotiga oid manbalarni jamlash, ro’yxatga olish, talab darajasida saqlash va kelajak avlod uchun yetkazish maqsadida islom universiteti tarkibida Manbalar xazinasi tashkil etilsin.

8. Universitetni rivojlantirish jamg’armasi tashkil etilsin. Jamg’armaning faoliyatini mablag’lar bilan ta’minlashning asosiy manbalari sifatida quyidagilar belgilansin:
– davlat grantlari, to’lov-kontrakt asosidagi mablag’lar, o’zbekistonlik va xorijiy yuridik hamda jismoniy shaxslarning homiylik mablag’lari, xalqaro investitsiyalar, xayriya badallari va o’z faoliyatidan tushadigan daromad mablag’lari;

– jamg’arma bojxona to’lovlari va barcha turdagi soliqlardan 5 yil muddatga ozod qilinsin.

9. Universitetni tashkil etish bilan bog’liq barcha ishlar 1999 yil iyulg’ oyiga qadar tugatilsin.

10. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o’n kunlik muddat ichida mazkur Farmonning bajarilishi yuzasidan tegishli qaror qabul qilsin.

 

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent shahri,
1999 yil 7 aprel.

mulakat