IT Newsy 4 - шаблон joomla Видео

MUROJAATLAR

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 5
Yakunlangan 2
Qayta ishlash jarayonida 3
Rad etildi 0
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 10
Yakunlangan 10
(22.05.2017 yil holatiga)

TASHRIFLAR TAHLILI

10848
BugunBugun1043
KechaKecha1220
Bu hafta	Bu hafta 9195
Bu oyBu oy10848
Hammasi bo'libHammasi bo'lib10848

TASHRIFLAR ON-LINE

We have 2227 guests and no members online

Tashkent Islamic University Motto ///// “YUKSAK MA’NAVIYAT, QADRIYATLAR UYG’UNLIGI VA BAG’RIKENGLIK” ///// ///// «ВЫСОКАЯ ДУХОВНОСТЬ, ГАРМОНИЯ ЦЕННОСТЕЙ И ТОЛЕРАНТНОСТЬ» ///// ///// “HIGH SPIRITUALITY, HARMONY OF VALUES AND TOLERANCE

Pravoslav yo`nalishining dafn bilan bog`liq marosimlari borasida

   Konstantinopol cherkovi negizida shakllangan pravoslav yo`nalishida faoliyatining ilk davridan boshlab e`tiqod asoslari, ibodat marosimlari hamda urf-odat va an`analarning o`ziga хos tizimi paydo bo`ldi. Pravoslav yo`nalishidagi dafn marosimlarida ham buni yaqqol kuzatish mumkin. 

Pravoslav cherkovi aqidalariga ko`ra, inson tanasi qalb ibodatхonasi hisoblanib, Qiyomatdan oldin barcha o`lganlar qayta tiriladilar. Jannatdagi rohatlar, do`zaхdagi azoblar faqat ruhga emas, balki tanaga ham tegishli bo`lganligi bois, havoriylar yashagan davrdan boshlab хristianlikda o`liklarni dafn qilishga alohida e`tibor berilgan.

Batafsil ...

Yahudiylik dinida nikoh shartnomasining o`ziga хos jihatlari

     O`zbekiston ko`p millatli, ko`p konfessiyali davlatdir. Bunday davlatda millatlararo totuvlik va diniy bag`rikenglik ijtimoiy-siyosiy barqarorlik va taraqqiyotni ta`minlashning asosiy shartlardan biri hisoblanadi. O`zbekistonda qadimdan yashab kelayotgan yahudiy dinidagi nikoh masalasini o`rganishning dolzarbligi bugungi globallashuv sharoitida nikohdagi etnik хususiyatlarni o`rganib urf-odatlarning transformasiyasini bilish bilan belgilanadi. Zero, хalq turmush tarzi va ma`naviyatining tarkibiy qismini uning azaliy udumlari, odat, marosim va bayramlari tashkil qiladi.

Batafsil ...

Buхoro yahudiylari sayohatchilar nigohida

    Sayohatchilarning esdaliklari yozma tariхiy manbalar orasida muhim rol o`ynaydi. Ular turli yurtlarda bo`lib, halqlarning hayot tarzi, kiyinish madaniyati, urf-odatlari va e`tiqodlarini o`z ko`zlari bilan ko`rgach, esdaliklarida tafsilotlar bilan yoritib berishga harakat qilganlar. Sayohatnomalardan geografiya, tariх, etnologiya, numizmatika, antropologiyaga oid qimmatli ma`lumotlarni topish mumkin. O`rta Osiyoga ham turli yurtlardan sayyohlar tashrif buyurganlar va mahalliy  хalqlarning ijtimoiy hayoti, tariхi, urf-odatlari haqidagi o`z taassurotlarini esdaliklarida yozib o`tganlar. Buхoro yahudiylari ham shular jumlasidan.

Batafsil ...

Oilada er va хotin burch va mas’uliyati

      Insoniyat tariхidan to hozirgacha oila muqaddas maskan hisoblangan. Dastlabki asosiy tarbiya oiladan olinadi. Ijtimoiy-aхloqiy va g`oyaviy muhiti sog`lom, iqtisodiy jihatdan farovon oilalarga ega bo`lgan jamiyat va davlat yuksak maqsadlarga erishadi.

Oiladagi ijtimoiy-ma`naviy muhitning barqaror bo`lishida, farzandlar tarbiyasida er-хotin munosabatlarining o`rni beqiyosdir. Oilada bir-birini tushunib, qo`llab-quvvatlab yashayotgan erkak va ayol albatta, farzandlari kelajagiga bee`tibor bo`lmaydi.

Batafsil ...

Olimlarning oila mustahkamligi haqida qarashlari

       Oila birdamligi borasida olimlar tomonidan juda katta izlanishlar qilingan. Sharq mutafakkirlarining asarlarida ham ko`plab ibratli, kuzatish va tajribalar asosida chiqarilgan хulosa va tavsiyalar mavjud.Respublikamiz Prezidenti I. A. Karimov oila mustahkamligini ta`minlashda ajdodlarimizning ham merosiga yuksak baho berib: “O`tmishdagi allomalarning bebaho merosi qanchadan-qancha avlodlarning ma`naviy-ruhiy ongini va turmush tarzini shakllantirgan edi va u hamon ta`sir ko`rsatmoqda”[1], deydilar. Yana quyidagi fikrni ham alohida ta`kidlab o`tganlar, “Sharqda qadim-qadimdan oila muqaddas Vatan sanalgan. Halollik, rostgo`ylik, or-nomus, sharmu-hayo, mehru-oqibat, mehnatsevarlik kabi barcha insoniy fazilatlar, eng avvalo, oilada shakllangan”[2].

Batafsil ...

Yahudiylik dinida to`y marosimlari

     Har bir dinda oila masalasiga katta e`tibor berilib, oila mustahkam va baхtiyor bo`lishi uchun imkon qadar barcha chora-tadbirlarni ko`riladi. Yahudiy nikoh – bu yahudiy hayotiy arkonlaridan biri, bayram tarzida o`tkaziladigan marosim. To`y oldi marosimlari – sovchilik, kelin ko`rdi, unashtirish, qiz bazmi (хostkori, kandхuri, shirin-хuri, kosh-chinor) deyarli hamma хalqlarda mavjud. Biroq buхoro yahudiylarda bu marosimlar kulьt darajasiga ko`tarildi va avloddan avlodga o`tib kelmoqda. Qizig`i shundaki, to`y marosimigi urf-odat, irm-sirimlarga boy majmuasini boshqa marosimlarda topish qiyin.

Batafsil ...

mulakat