IT Newsy 4 - шаблон joomla Видео

MUROJAATLAR

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 5
Yakunlangan 2
Qayta ishlash jarayonida 3
Rad etildi 0
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 10
Yakunlangan 10
(22.05.2017 yil holatiga)

TASHRIFLAR TAHLILI

48117
BugunBugun963
KechaKecha1385
Bu hafta	Bu hafta 7847
Bu oyBu oy33111
Hammasi bo'libHammasi bo'lib48117

TASHRIFLAR ON-LINE

We have 105 guests and no members online

Tashkent Islamic University Motto ///// “YUKSAK MA’NAVIYAT, QADRIYATLAR UYG’UNLIGI VA BAG’RIKENGLIK” ///// ///// «ВЫСОКАЯ ДУХОВНОСТЬ, ГАРМОНИЯ ЦЕННОСТЕЙ И ТОЛЕРАНТНОСТЬ» ///// ///// “HIGH SPIRITUALITY, HARMONY OF VALUES AND TOLERANCE

Universitet “Kamolot” YIH faollari “Zukko kitobxon” intellektual musobaqasining Respublika chorak final bosqichida g‘olib bo‘ldilar

2017-yil 10-iyun kuni “Zukko kitobxon” intellektual musobaqasining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Kito1

“O‘zbekiston Respublikasida 2017-yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi”ning 46-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida musobaqaning Respublika chorak final bosqichi Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi mexanizatsiyalash muhandislari institutida o‘tkazildi.

Kito2Mamlakatimizda yoshlarni Vatanimiz, xalqimiz, milliy qadriyatlarimiz, tarixiy-ma’naviy merosimizga hurmat va sadoqatli qilib tarbiyalash, dunyoqarashi va fikrlash doirasini kengaytirish, ijodiy salohiyatini oshirish, ma’naviy barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishlarida ko‘maklashish, iqtidorli, ijodkor yoshlarni rag‘batlantirish, ularning aql-zakovatini namoyon etishiga ko‘maklashish, kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish hamda o‘zbek va jahon adabiyotining sara asarlariga mehr uyg‘otish maqsadida o‘tkazilgan intellektual musobaqada Farg‘ona viloyati hamda Toshkent shahridagi 16 ta oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘zaro bellashdilar.

 Mazkur musobaqada “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent islom universiteti boshlang‘ich tashkiloti faollaridan tashkil topgan terma jamoa ham ishtirok etdi va g‘olib bo‘lib, yarim finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Kito3Ma’lumot uchun shuni qayd etish kerakki, Respublika yarim final bosqichidagi bahslar 2017-yil 19-20-iyun kunlari Namangan viloyatida Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalardagi g‘olib jamoalar o'rtasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan universitetning barcha faollari nomidan talabalarimizga “Zukko kitobxon” intellektual musobaqasining Respublika yarim final bosqichida g‘alaba tilab qolamiz.

Matbuot xizmati

mulakat