IT Newsy 4 - шаблон joomla Видео

MUROJAATLAR

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 5
Yakunlangan 2
Qayta ishlash jarayonida 3
Rad etildi 0
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 10
Yakunlangan 10
(22.05.2017 yil holatiga)

TASHRIFLAR TAHLILI

48117
BugunBugun963
KechaKecha1385
Bu hafta	Bu hafta 7847
Bu oyBu oy33111
Hammasi bo'libHammasi bo'lib48117

TASHRIFLAR ON-LINE

We have 94 guests and no members online

Tashkent Islamic University Motto ///// “YUKSAK MA’NAVIYAT, QADRIYATLAR UYG’UNLIGI VA BAG’RIKENGLIK” ///// ///// «ВЫСОКАЯ ДУХОВНОСТЬ, ГАРМОНИЯ ЦЕННОСТЕЙ И ТОЛЕРАНТНОСТЬ» ///// ///// “HIGH SPIRITUALITY, HARMONY OF VALUES AND TOLERANCE

Universitet “Kamolot” YIH faollari “Munozara” turnirining Respublika chorak final bosqichida g‘olib bo‘ldilar

10-iyun kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligi mexanizatsiyalash muhandislari institutida “Munozara” turnirining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Munoz10.06

 “O‘zbekiston Respublikasida 2017-yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi”ning 58-bandi ijrosini ta’minlash hamda mamlakatimizda voyaga yetayotgan yosh avlodni har tomonlama barkamol, mustaqil fikrlaydigan, qat’iy hayotiy pozitsiyaga ega bo‘lgan yoshlarni tarbiyalash, ularda tizimli tahlil qilish, mantiqiy fikrlash va mohirona munozara olib borish qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida “Munozara” turnirining Respublika chorak final bosqichi o‘tkazildi.

Musobaqada Farg‘ona viloyati hamda Toshkent shahridagi 18 ta oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘zaro bellashdilar. Mazkur musobaqada “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent islom universiteti boshlang‘ich tashkiloti faollaridan tashkil topgan terma jamoasi ham ishtirok etdi va g‘olib bo‘lib yarim finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun shuni qayd etish kerakki, Respublika yarim final bosqichidagi bahslar 2017-yil 19-20-iyun kunlari Namangan viloyatida Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalardagi g‘olib jamoalar o‘rtasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Matbuot xizmati

mulakat