IT Newsy 4 - шаблон joomla Видео

MUROJAATLAR

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 5
Yakunlangan 2
Qayta ishlash jarayonida 3
Rad etildi 0
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 10
Yakunlangan 10
(22.05.2017 yil holatiga)

TASHRIFLAR TAHLILI

48113
BugunBugun959
KechaKecha1385
Bu hafta	Bu hafta 7843
Bu oyBu oy33107
Hammasi bo'libHammasi bo'lib48113

TASHRIFLAR ON-LINE

We have 73 guests and no members online

Tashkent Islamic University Motto ///// “YUKSAK MA’NAVIYAT, QADRIYATLAR UYG’UNLIGI VA BAG’RIKENGLIK” ///// ///// «ВЫСОКАЯ ДУХОВНОСТЬ, ГАРМОНИЯ ЦЕННОСТЕЙ И ТОЛЕРАНТНОСТЬ» ///// ///// “HIGH SPIRITUALITY, HARMONY OF VALUES AND TOLERANCE

Diniy qadriyatlar jamiyat hayotini barqarorlashtirishda muhim omil sifatida

            Jamiyat barqarorligini ta’minlashda shunday yetakchi omillar borki, ular millat hayotida  kuchli ta’sir doirasiga ega bo‘lib, uning asosiy mezonlaridan biriga aylangandir. Diniy qadriyatlar ham ana shunday mezonlardan biri bo‘lib, uning jamiyatni barqarorlashtirishdagi o‘rnini hech narsa bilan to‘ldirib bo‘lmaydigan omillardan biri hisoblanadi.

Rus olimi V.I.Vernadskiy aytganidek: “Insoniyatning barcha aqliy, ruhiy, ma’naviy, ma’rifiy, madaniy shaxsiyatining namoyon bo‘lishi din omiliga bog‘liqdir. Aynan shuning uchun ham jamiyatda din funksiyalarining o‘rni beqiyosdir. Xuddi shuningdek, ilm-fan ham dindan kelib chiqqandir”.

Nafaqat uzoq va yaqin o‘tmishimizdan, balki mafkuraviy xurujlar avj olayotgan bugungi kunimizdan yaxshi ma’lumki, diniy e’tiqod va qarashlarning jamiyat a’zolari orasida ma’lum kuchlar tomonidan noto‘g‘ri talqin etilishi natijasida davlat va jamiyat hayotida naqadar turfa salbiy hodisalar sodir bo‘layotgani o‘z isbotini topmoqda.         Bundan tashqari milliy qadriyatlarni yuksaltirish, oilaviy munosabatlarni tartibga solish va boshqalarda ham din omilining o‘rni muhim ahamiyat kasb etadi.

            Zero, barchamizga yaxshi ma’lumki, din azaldan inson ma’naviyatining tarkibiy qismi sifatida odamzotning yuksak ideallari, haq va haqiqat, insof va adolat to‘g‘risidagi orzu-armonlarini o‘zida mujassam etgan, ularni barqaror qoidalar shaklida mustahkamlab kelayotgan g‘oya va qarashlarning yaxlit bir tizimidir. Ayniqsa, ko‘p asrlar mobaynida xalqimiz qalbidan chuqur joy olib, hayot ma’nosini anglash, milliy madaniyatimiz va turmush tarzimizni, qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimizni bezavol saqlashda muqaddas dinimiz qudratli omil bo‘lib kelayotganini alohida ta’kidlash mumkin. Nega deganda, insoniylik, mehr-oqibat, halollik, oxiratni o‘ylab yashash, yaxshilik, mehr-shafqat singari xalqimizga mansub bo‘lgan fazilatlar aynan ana shu zaminda ildiz otadi va rivojlanadi, degan edi O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimov. Chunki, jamiyat hayotida axloqiy-marifiy qadriyat va an’analarni rivojlantirish borasida ham diniy qadriyatlar yetakchi vosita hisoblanadi.

Oila jamiyatning bosh bo‘g‘ini ekan, demak, oilada sog‘lom muhitni tashkil etish pirovard vazifamiz bo‘lib qoladi, albatta. Chunki, oila barqaror ekan jamiyat barqaror, jamiyatning barqarorligi esa davlat osoyishtaligining garovidir. Yuqoridagi vazifani ideal darajada ado etishda esa o‘ylaymizki, din omili muhim ahamiyat kasb etadi. Jamiyat hayotida oilaviy aloqalarni tashkil etishda diniy qadriyatlarga bepisandlik bilan munosabatda bo‘lish, ulardan oilaviy munosabatlarda yetarli darajada foydalanmaslik natijasida keyingi yillarda jamiyat a’zolari orasida ba’zi bir g‘ayriinsoniy holatlar avj olmoqda. Bunday holatlarni, ayniqsa, “ommaviy madaniyat”ning turli ko‘rinishlarida yaqqol kuzatish mumkin. Eng achinarlisi shundaki, bu holatlar go‘yoki demokratiyaning ko‘rinishi sifatida baholash o‘rinlari ham kuzatiladi. Natijada, bunday ijtimoiy salbiy holatlar oila institutining darz ketishiga olib kelmoqda. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish kerakki, har bir dinda oila muqaddas sanalib, oilaviy masalalarga alohida e’tibor beriladi. Xususan, islom dinida ham nikohning hurmati, oila a’zolari orasida o‘zaro munosabatlar mustahkamligiga alohida urg‘u berilgan.

   “Nikoh mening sunnatimdir. Kim sunnatimdan yuz o‘girsa, mendan emasdir”, degan hadis yuqoridagi fikrlarimizga yaqqol dalil bo‘la oladi.

 Xulosa qilib aytganda, diniy qadriyat, an’ana va tamoyillar jamiyat barqarorligini ta’minlashda asosiy ustun vazifasini bajaradi. Aynan, yosh avlod tarbiyasini shakllantirish va rivojlantirishni ham milliy va diniy qadriyatlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shu nuqtayi nazardan olib qaraganda, yoshlar ongida milliy o‘zligimizni tiklar ekanmiz, diniy qadriyatlarimizni milliy urf-odat va qadriyatlarimiz bilan teng asosda, bir-biriga hamohang tarzda o‘rganishimiz zarur. Chunki, bu ikki mustahkam asos o‘zining boy salohiyatiga ega bo‘lib, millat va xalq ma’naviy yuksalishining muhim mezoni hisoblanadi. 

M. Мirsaidov,

Dinshunoslik yo‘nalishi

1-kurs talabasi

mulakat