IT Newsy 4 - шаблон joomla Видео

MUROJAATLAR

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 5
Yakunlangan 2
Qayta ishlash jarayonida 3
Rad etildi 0
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 10
Yakunlangan 10
(22.05.2017 yil holatiga)

TASHRIFLAR TAHLILI

48113
BugunBugun959
KechaKecha1385
Bu hafta	Bu hafta 7843
Bu oyBu oy33107
Hammasi bo'libHammasi bo'lib48113

TASHRIFLAR ON-LINE

We have 75 guests and no members online

Tashkent Islamic University Motto ///// “YUKSAK MA’NAVIYAT, QADRIYATLAR UYG’UNLIGI VA BAG’RIKENGLIK” ///// ///// «ВЫСОКАЯ ДУХОВНОСТЬ, ГАРМОНИЯ ЦЕННОСТЕЙ И ТОЛЕРАНТНОСТЬ» ///// ///// “HIGH SPIRITUALITY, HARMONY OF VALUES AND TOLERANCE

Ey, do‘stim...

Balki boyliging ko‘p, hech tuganmasdir,

Balki “qo‘ling uzun”, ko‘p ishga qodir

Lekin Haq oldida sen bir faqirsan,

Shuni unutmagil, insondek yasha.

 

 

Balki omading yo‘q – do‘stim, kuyunma–

Peshonang. Qing‘irlik ishga urinma.

Faqat Haqdan so‘ra, mehnat qil, tinma,

Chunki sen insonsan, insondek yasha.

 

Balki do‘sting xanjar urar orqangdan,

Balki sirlaringni eshitar dushman,

Atrofingga boqib yig‘larsan qalban,

Do‘stsiz holga chida, insondek yasha.

 

Oyda bir, yilda bir olasan xabar,

Ota-onang seni sog‘inch-la kutar...

Ne desa anglaysan! Bu – o‘tar kunlar!

Seni ulg‘aytirgan insondek yasha.

 

Ba’zan yolg‘izlikda, tanho gohida,

O‘ylaysan hayoting, umring haqida...

Tafakkur qil shunda, fitrating osha –

Ey do‘stim, ey odam, o‘zingga o‘xsha.

 

Balki boylikni sen xush ko‘rguvchisan

Sadaqa va zakot qilib ham yasha.

Mansab, dunyo seni o‘zgartirmasin,

Kibr dushmanligin bilib ham yasha.

 

Vataning bag‘rida tinch-omonlikda

Hayoting farovon, tuning osuda.

Urushsiz kuningni qilma behuda,

Ilm-u ma’rifatni sevib-la yasha!

 

Ey Aziz, istasang aziz bo‘lmoqni,

Eling hurmatini sen qozonmoqni,

Yozibsan shuncha so‘z, lekin saboqni

Avvalo o‘zingga berib-la yasha.

 

Aziz Adizov,

 “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar”

yo‘nalishi 1-kurs talabasi  

mulakat