IT Newsy 4 - шаблон joomla Видео

MUROJAATLAR

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 5
Yakunlangan 2
Qayta ishlash jarayonida 3
Rad etildi 0
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 10
Yakunlangan 10
(22.05.2017 yil holatiga)

TASHRIFLAR TAHLILI

48117
BugunBugun963
KechaKecha1385
Bu hafta	Bu hafta 7847
Bu oyBu oy33111
Hammasi bo'libHammasi bo'lib48117

TASHRIFLAR ON-LINE

We have 124 guests and no members online

Tashkent Islamic University Motto ///// “YUKSAK MA’NAVIYAT, QADRIYATLAR UYG’UNLIGI VA BAG’RIKENGLIK” ///// ///// «ВЫСОКАЯ ДУХОВНОСТЬ, ГАРМОНИЯ ЦЕННОСТЕЙ И ТОЛЕРАНТНОСТЬ» ///// ///// “HIGH SPIRITUALITY, HARMONY OF VALUES AND TOLERANCE

Hakim Termiziyning “Al-Amsol min al-kitab va-s-sunna” asaridan namunalar

Alloh O‘zing yolg‘iz madadkor, hamdu sano Egasi Allohga hamd bo‘lsin, Uning rasuli Muhammad va uning oilasiga salovotlar bo‘lsin. Imom Muhammad ibn Ali at-Termiziy al-Hakim (rh.) dedi: Siz mendan zarbulmasal va ularni insonlarga misol qilib keltirish haqida so‘radingiz.

Bilingki, Alloh taolo o‘z kitobida bandalariga misollar keltirur: Alloh odamlar (ibrat olishlari) uchun (mana shunday) misollarni keltirur. Alloh barcha narsani biluvchidir. (Nur, 35). Yana Alloh taolo shunday der: Biz sizlar uchun misollar ham keltirgan edik (Ibrohim, 45). Va yana derki: (Alloh) sizlarga o‘zlaringizdan bir misol keltirur (Rum, 28).

Shuni bilginki, misollar ba’zi narasalarni bilishdan bebahra qolgan va bilish pinhon bo‘lgan narsalar xususida keltiriladi. Bandalar misol keltirilishga zarurat sezadilar, binobarin ularga ba’zi narsalar pinhon bo‘ladi. Alloh bandalariga O‘zidan emas, ularning o‘zlaridan misol keltirur. Toki ular anglab yetmagan narsalarini idrok qilsinlar. Ammo yer-u ko‘kdagi barcha narsalar pinhon bo‘lmagan Zot misollarga muhtoj emas. Alloh taolo bulardan yuqoridadir. Uning misli ham, o‘xshashi ham yo‘qdir. Shuning uchun Alloh taolo dedi: Bas, Allohga nisbatan naql (misl) to‘qimangiz! Zarbulmasallar quloqlar va ko‘zlar anglamagan hikmatlarning namunalari bo‘lib, ko‘ngillarni mushohada orqali hidoyatga boshlaydi. Misollarni anglab yetganlarni Alloh taolo o‘z kitobida “olim” deb atadi: Ushbu misollarni Biz odamlar (ibrat olishlari) uchun ayturmiz. (Lekin) ularni faqat olimlargina anglagaylar (Ankabut, 43).

Olimning misoli

Rasululloh (alayhis-salom) marhamat qildilar: Olim kishi go‘yoki buloq boshi, suv manbasi. U yurtini ham, uning yonidan o‘tayotganlarni ham sug‘oradi. Xuddi shu kabi olim insondan uning yurti ham boshqalar ham manfaat topadi.

Odamzot va o‘lim misoli

Rasululloh (alayhis-salom) marhamat qildilar: Odamzot va o‘limning misoli uch do‘sti bor qimsaga o‘xshaydi. Ularning biri unga deydi: Mening molimdan istaganingcha ol, istaganingcha ber, istaganingcha qoldir. Ikkinchisi aytadi: Men sen bilanman. Toki tirik ekansan seni olib yuraman, o‘lsang tark etaman. Uchinchisi deydi: Men sen bilanman. O‘lsang ham tirilsang ham sen bilan kiraman va sen bilan chiqaman. Birinchisi uning moli, ikkinchisi uning yaqin kishisi, uchinchisi uning amali, qayerga borsa ham o‘zi bilan birga.

Qur’onning misoli

Nofe’ning Ibn Umardan qilgan rivoyatida shunday deyiladi: Qur’on misoli arqonlangan tuya kabi. Agar egasi uni bog‘lab qo‘ysa, uni ushlab qoladi. Agar arqonidan qo‘yib yuborsa, ketib qoladi.

Qur’on tilovat qiladigan kishining misoli

Rasululloh (alayhis-salom) marhamat qildilar: Qur’on – ichiga mushk-anbar solib og‘zi bog‘langan xaltaga o‘xshaydi. Agar og‘zi ochilsa mushk hidi anqiydi, agar yopiq tursa mushk ham (bilinmay) turaveradi.

Agar Qur’onni o‘qisang, u sening dilingdadir.

Rasululloh (alayhis-salom) yana shunday dedilar: Qur’on o‘qiydigan mo‘min misli utrujja (meva), ta’mi ham hidi ham yoqimli. Qur’on o‘qiymadigan mo‘min xuddi xurmo singari: ta’mi totli, ammo hidi yo‘q.

Olimlar misoli

Ulamolar misoli yo‘l ko‘rsatuvchi yulduzdirlar. Ularning yo‘l ko‘rsatuvchi alomatlari zoye bo‘lsa, o‘zlari ham hayron bo‘lib turib qoladilar. Agar bu alomatlarni tark etsalar, zalolatga ketadilar.

Olim misoli

Olim misli xushbo‘ylik sotadigan attordir. Uning yonidan o‘tsang, xushbo‘y hidni tuyasan, agar u bilan birga o‘tirsang, uning atridan yuqtirasan, agar u bilan hamsuhbat bo‘lsang uning xushbo‘y ta’midan bahramand bo‘lasan. Uyinga ham shu holda qaytasan.

Qur’onni tushunmay tilovat qiladigan kishining misoli

Qur’onni tushunmay tilovat qiladigan kishining misoli xuddi bir yurtdan boshqa yurtga javharlarni yuz dirham evaziga olib borishga kelishilgan odamga o‘xshaydi. Unga: “Bu javohirlarni o‘sha yurtga olib bor va ularni ishlatib foydalan, daromadini o‘zingga qoldir” - deyildi. Uning daromadi esa uylar to‘la tilla va kumush bo‘lardi.

U o‘sha ko‘rsatilgan yurtga olib bordi va kira haqinigina olib, javohirlardan foydalanmadi. Unga ko‘tarib kelgani uchun yuz dirhamgina berildi. Javohirlardan foydalanish nasibasi boshqaga o‘tdi.

Xuddi shu kabi kimki, Qur’onni o‘qisa-yu, ammo undagi javohirlar bilan Alloh taologa muomala qilmasa, unga faqat qiroatidagi sa’y-harakati, mashaqqati uchungina ajr berilib, javohirlarni ishlatish, uning foydasidan bahramand bo‘lishdan bebahra qoladi.

Yaxshi va yomon ishlarni aralash qiladigan kishining misoli

Yaxshi va yomon ishlarni aralash qiladigan kishining misoli go‘yoki podshohga bir dasturxon hadya qilgan kishiga o‘xshaydi. Dasturxonda alvon taomlar, turfa yeguliklar va liboslar ham muhayyo. Shuning qatorida unda o‘limtik suyaklari va axlatxona latta-puttalari, chorva chiqindilari ham bor. Bu narsa podshoh dargohiga yetib kelganda, dasturxonchi uning bir chetini ochib shu holatini ko‘rdi va uni podshoh nigohidan yashirib, yerto‘laga tushirib yubordi. Bir kun kelib podshoh uni chaqirtirganda, dasturxonchi yuborilgan narsani podshoh huzuriga olib kirsa, qanchalik hijolat chekadi, qanchalik xavf-xatarda qoladi?

Yoki buning misoli podshohga zebigardon hadya qilgan kishiga o‘xshaydi. Unda yoqut, gavhar, tilla, marjon, zabarjad bilan birga o‘limtik suyagi, shisha bo‘lsa, bular marjon va gavharlarning qadr-qimmatini to‘sib qo‘ymaydimi? Yaxshi va yomon ishlarni aralash qiladigan kishi ham shu kabi bo‘ladi. 

Ibrohim Usmonov,

tarix fanlari nomzodi, dotsent 

mulakat