IT Newsy 4 - шаблон joomla Видео

MUROJAATLAR

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 5
Yakunlangan 2
Qayta ishlash jarayonida 3
Rad etildi 0
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 10
Yakunlangan 10
(22.05.2017 yil holatiga)

TASHRIFLAR TAHLILI

48117
BugunBugun963
KechaKecha1385
Bu hafta	Bu hafta 7847
Bu oyBu oy33111
Hammasi bo'libHammasi bo'lib48117

TASHRIFLAR ON-LINE

We have 116 guests and no members online

Tashkent Islamic University Motto ///// “YUKSAK MA’NAVIYAT, QADRIYATLAR UYG’UNLIGI VA BAG’RIKENGLIK” ///// ///// «ВЫСОКАЯ ДУХОВНОСТЬ, ГАРМОНИЯ ЦЕННОСТЕЙ И ТОЛЕРАНТНОСТЬ» ///// ///// “HIGH SPIRITUALITY, HARMONY OF VALUES AND TOLERANCE

Buyuk qalb egasi

(tadbirdan olingan taassurotlar)

Dunyoda shunday insonlar boladiki, ular bu dunyoni tark etib ketganlarida ham, ularning nomi barhayot, xotirasi qalblarda abadiy yashaydi. Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdiganiyevich Karimovni ana shunday buyuk va sharafli zot desak, mubolaga bolmaydi.

Zotan, bugun ularning tavallud ayyomlari. Yurtimizning barcha joylarida Islom Karimovning xotirasini abadiylashtirishga atalgan tadbirlar otkazilmoqda. Jumladan, bizning Toshkent Islom unversitetimizda ham Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bagishlangan “Ozod va obod yurt bunyodkori” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya bolib otdi. Tadbirni Toshkent islom unversiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Ravshan Abdullayev ochib berdi. Shundan song, birinchi prezidentimiz Islom Karimov rahbarligi ostida faoliyat yuritgan, ularning suhbatini olgan bir qator insonlar, xususan: Toshkent davlat yuridik unversiteti “Ijtimoiy-gumanitar fanlar ” kafedrasi dotsenti Rahmon Qochqorov, Ozbekiston xalq shoiri Usmon Azim, TIU “Islom tarixi va manbashunosligi” kafedrasi professori, tarix fanlari doktori Ahadjon Hasanov, Ozbekiston Jahon tillari universiteti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri, siyosiy fanlar doktori Narzulla Jorayev va boshqalar sozga chiqishdi. Ular oz ma’ruzalarida birinchi prezidentimiz Islom Karimovni xotirlab, u zotning  yurtimizni mustabid tuzum zulmidan ozod qilish hamda ozbek xalqi uchun farovon hayot barpo etish yo’lida chekkan zahmatlari haqida yigilganlarga sozlab berdilar. Ular orasida, ayniqsa, shoirimiz Usmon Azimning  Islom Karimov haqida sozlaganlari yigilganlar nazdida u zotning siymosini qaytadan tiklagandek boldi. Shu orinda shoirimizning ushbu nutqidan biroz keltirib otishni lozim deb topdim:  “Men xotira haqida gapiraman. Zotan, xotiradan boshqa hech narsa ham qolmadi menda. Sakson to‘qqizinchi yillar edi. Bir guruh yozuvchi va ijodkorlar bilan (ular orasida Said Ahmad ham bor ) Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlariga boradigan bo‘ldik. Surxandaryoga yetib bordik. Bir yig‘ilishda o‘tiribmiz. Shu payt davraga bir o‘ris kirib keldi. Majlisda Said Ahmad hamda Mamarasul degan kishi bor edi. Ulardan boshqa hamma o‘rnidan turib, hurmat ko‘rsatib o‘sha o‘risni qarshi olishdi. Bittasi uni xalq deputati deya, ko‘tar-ko‘tar qilib, xushomadni rosa joyiga qo‘yardi. Men o‘sha deputatning yoniga borib, bu yerga kelganiga qancha bo‘lganini  so‘radim. U: “Besh oy” – deb javob berdi. Qanday zamon-a, kelganiga endigina besh oy bo‘lgan bir ajnabiy xalq deputati bo‘lsa! Shu taxlit Qashqadaryoga o‘tdik. O‘sha paytda Qashqadaryoning nomi yomonga chiqqan, viloyatning oldingi hokimlari qamalgan, o‘ldirilgan… Hozirgi viloyat hokimi Islom Karimov odamlarga aytyapdi: “Biz faloncha odamni qamoqdan olib chiqdik, ularni oilasiga, farzandlari bag‘riga qaytardik… Men hayron bo‘ldim.  Hamma joyda, hamma odam “paxta”  deydi. Bu odam nima deydi!?

 Qaytayotganimizda bizni vokzalga o‘zi kuzatib qo‘ydi. Va shunday dedi: “Bilib qo‘ying, kattalar ichida ham sizlarni tarafdorlaring bor. Vatanni yaxshi ko‘radiganlar bor. Biz vatanni yaxshi ko‘ramiz”. Safardan juda boshqacha bo‘lib qaytdik…”. 

Yana bir gap: Islom Karimov prezidentlikka o‘tirgan paytlar edi. Andijonda zilzila bo‘ldi.  Ertasiga men, ularga ko‘rsatishim kerak bo‘lgan hujjatlarni olib bordim. O‘zbek, rus, tojik tillarini biladigan, hushyorgina bir George degan kotibi bor edi. U menga: “Kirma, kirma”. – dedi. Shunday bo‘lsa ham ichkariga kirdim, kirsam, ular xuddi “qafasga tushgan qushdek”  o‘zini qo‘yarga joy topolmas, nafasi tiqilib, hadeb u yoqdan bu yoqqa  yurardilar. Menga qarab, “Usmon men Xudoga nima yomonlik qildim?” – dedi. “Unday demang, bu, axir, yaxshi gap emas”. – dedim.

   “Bo‘lmasa nimaga zilzila bo‘ldi? Alloh gunohi borlarni mana shu yo‘l bilan urib, yo‘q qiladi”.

   Keyin o‘rindiqqa o‘tirdi, choy quyib, “Ichasanmi?” – deb so‘radi. Men “Prezident choy beradi-yu, men ichmaymanmi” – dedim, ko‘ngillariga taskin berish maqsadida.

   Xalqimizda shunday maqol bor: “Xudo bermasa, eshak bozorga ham dallol bo‘lolmaysan”. U kishiga Xudo bergan ekan-da, avliyo bir odam ekan! Alloh kongliga solgan odamni baxtli qiladi, ko‘p ishlarni bajartiradi. Bunday odamlarning siymosi kundan-kunga yuksalaveradi”.  

   Shoirimizning bu so‘zlarini tinglaganlar birinchi prezidentimizni o‘z xalqining jonkuyari, xalq g‘amidan bir nafas ham xoli yashamagan, samimiylik va mehr-muhabbatga limmo-lim, buyuk qalb sohibi ekanligiga yana bir bor imon keltirgan bo‘lsalar ajab emas.

   Tadbir davom etar ekan, konferensiya qatnashchilari yuzida xalq farovonligi yo‘lida jonini tikkan buyuk yo‘lboshchimiz, yurtimizning birinchi prezidenti Islom Karimov xotirasiga cheksiz hurmat, benihoya minnatdorlik hissi yoqqol aks etib turardi.

  Tadbir  yurtimiz mustaqilligining dastlabki yillarida, nihoyatda og‘ir bir davrda    Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning ko‘rsatgan jasorati, hayot va faoliyatiga atalgan film namoyishi bilan yakunlandi. Va bunday nihoya barchaning ko‘ziga yosh keltirmasdan, qalblarni to‘lqinlantirmasdan qo‘ymadi.

 

Zilola Nematullayeva,

2-kurs talabasi

mulakat