IT Newsy 4 - шаблон joomla Видео

MUROJAATLAR

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 5
Yakunlangan 2
Qayta ishlash jarayonida 3
Rad etildi 0
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 10
Yakunlangan 10
(22.05.2017 yil holatiga)

TASHRIFLAR TAHLILI

10843
BugunBugun1038
KechaKecha1220
Bu hafta	Bu hafta 9190
Bu oyBu oy10843
Hammasi bo'libHammasi bo'lib10843

TASHRIFLAR ON-LINE

We have 2234 guests and no members online

Tashkent Islamic University Motto ///// “YUKSAK MA’NAVIYAT, QADRIYATLAR UYG’UNLIGI VA BAG’RIKENGLIK” ///// ///// «ВЫСОКАЯ ДУХОВНОСТЬ, ГАРМОНИЯ ЦЕННОСТЕЙ И ТОЛЕРАНТНОСТЬ» ///// ///// “HIGH SPIRITUALITY, HARMONY OF VALUES AND TOLERANCE

Toshkent islom universitetida “Yoshlarda kitobxonlik va kitob madaniyatini yuksaltirish” mavzusida davra suhbat bolib otdi

4-may kuni yozuvchi va shoirlar ishtirokida “Yoshlarda kitobxonlik va kitob madaniyatini yuksaltirish” mavzusida davra suhbat o‘tkazildi.

Kitobx1

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha Komissiya tuzish to‘g‘risida”gi F-4789-sonli farmoyishidan kelib chiqqan holda Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalarida davlat arboblari, yozuvchi va shoirlar hamda ziyolilar ishtirokida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.

Kitobx2

Toshkent islom universitetida o‘tkazilgan tadbir ham mazkur targ‘ibot ishlarining bevosita davomi hisoblanadi.

Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, shoirlar Umida Abduazimova, Ahtamquli ishtirok etib, kitobxonlik madaniyati, savodxonlikni oshirishda kitob mutolaasi, kitobga oshnolik muhim ahamiyatga ega ekanligi shuningdek, bugungi texnika rivojlangan shiddatli davrda yoshlarda kitobsevarlik, mutolaa madaniyatini kuchaytirish muhim va dolzarbligini ta’kidladilar.

Kitobx4

Shuningdek, adabiyot, badiiy va ilmiy asarlar, allomalarimizning boy ilmiy merosini o‘rganish va tadqiq etish, mumtoz durdonalardan bahramand bo‘lish inson ma'naviyatini yuksaltirishda muhim asos bo‘lib xizmat qilishini misollar asosida aytib o‘tdilar.

 Davra suhbatda Toshkent islom universiteti Nashriyot-matbaa birlashmasi tomonidan diniy-ma’rifiy hamda allomalarimizning boy ilmiy asarlari chop etilayotganligi quvonarli hol ekanligi ta’kidlandi.

 O‘tkazilgan tadbir ma’naviy-ma’rifiy, adabiy qimmati yuqori ekanligi bilan ahamiyatlidir.

Matbuot xizmati

mulakat