IT Newsy 4 - шаблон joomla Видео

MUROJAATLAR

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 5
Yakunlangan 2
Qayta ishlash jarayonida 3
Rad etildi 0
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 10
Yakunlangan 10
(22.05.2017 yil holatiga)

TASHRIFLAR TAHLILI

10843
BugunBugun1038
KechaKecha1220
Bu hafta	Bu hafta 9190
Bu oyBu oy10843
Hammasi bo'libHammasi bo'lib10843

TASHRIFLAR ON-LINE

We have 2137 guests and no members online

Tashkent Islamic University Motto ///// “YUKSAK MA’NAVIYAT, QADRIYATLAR UYG’UNLIGI VA BAG’RIKENGLIK” ///// ///// «ВЫСОКАЯ ДУХОВНОСТЬ, ГАРМОНИЯ ЦЕННОСТЕЙ И ТОЛЕРАНТНОСТЬ» ///// ///// “HIGH SPIRITUALITY, HARMONY OF VALUES AND TOLERANCE

Universitetda 9 may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Ajdodlarni xotirlash va keksalarni ezozlash - ulug qadriyat” mavzusida manaviy-marifiy tadbir bolib otdi

  2017-yil 3-may kuni Toshkent islom universitetida 9 may – “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Ajdodlarni xotirlash va keksalarni e'zozlash - ulug‘ qadriyat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi.

 Xoti11

 Mazkur tadbirda O‘zbekiston xalq artisti TotixonYusupova, Shayxontohur tumanidagi “O‘rda” mahallasi nuroniylari hamda universitetda faoliyat olib borayotgan urush va mehnat faxriylari, professor-o‘qituvchi va xodimlar, talabalar ishtirok etdi.

 Ma’lumki, qariyalarni e’zozlagan, qadrlagan, ularni asrab-avaylagan hamda yosh avlod tarbiyasida ustoz darajasida ko‘targan davlat va jamiyat o‘z ma’naviy takomilida bir qadar yuksalish jarayonini amalga oshirgan hisoblanadi. Chunki uzoq yillar turli sinovlar natijasida hayot saboqlarini olgan, bebaho hayotiy tajribaga ega bo‘lgan keksa avlod vakillarini qadrlash va e’zozlash - har jihatdan muhim va insoniy burchdir. Shu jihatdan, inson qadrini, ayniqsa, keksalar tirikligini muhim insoniy burch sifatida bilgan holda, ularni har jihatdan qadrlash, e’zozlash davlatimiz siyosatining asosiga qo‘yildi va bir qancha ishlar amalga oshirilishi belgilandi.

  Xoti22

Chunonchi, o‘tkazilgan mazkur “Ikki avlod” an’anasi asosidagi ma’naviy-ma’rifiy, adabiy tadbirda keksalarning taklif etilishi hamda ma'naviy va moddiy rag‘batlantirilishi amalga oshirilayotgan xayrli ishlarimizdan biri bo‘ldi.

  Xoti333Tadbirda ishtirok etgan faxriy mehmonlar hamda front ortida xizmat qilgan “O‘rda” mahallasi nuroniylari o‘z hayotlari bilan bog‘liq voqealar, urush davridagi qiyinchiliklar va bugungi kunlarga shukronalik bilan yashash tuyg‘usi va boshqalar yuzasidan o‘rtoqlashdilar.

  Ayni paytda, tadbirda ishtirok etgan faxriylarga universitetning estalik sovg‘alari, bahoriy gullar taqdim etildi.

  Tadbir so‘nggida faxriylar bayram dasturxoniga taklif etildilar.

Matbuot xizmati

mulakat