IT Newsy 4 - шаблон joomla Видео

MUROJAATLAR

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 5
Yakunlangan 2
Qayta ishlash jarayonida 3
Rad etildi 0
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 10
Yakunlangan 10
(22.05.2017 yil holatiga)

TASHRIFLAR TAHLILI

10849
BugunBugun1044
KechaKecha1220
Bu hafta	Bu hafta 9196
Bu oyBu oy10849
Hammasi bo'libHammasi bo'lib10849

TASHRIFLAR ON-LINE

We have 2107 guests and no members online

Tashkent Islamic University Motto ///// “YUKSAK MA’NAVIYAT, QADRIYATLAR UYG’UNLIGI VA BAG’RIKENGLIK” ///// ///// «ВЫСОКАЯ ДУХОВНОСТЬ, ГАРМОНИЯ ЦЕННОСТЕЙ И ТОЛЕРАНТНОСТЬ» ///// ///// “HIGH SPIRITUALITY, HARMONY OF VALUES AND TOLERANCE

Davlat boshqaruvida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanish.

   O’tgan asrni yarmiga kelib dunyo o’z tarixida misli ko’rilmagan darajada o’zgartirib yuborgan kashfiyot global tarmoq (internet) Word Wide Web (WWW)  vujudga keldi. Bu kashfiyot nafaqat insonlar o’rtasida balki davlatlar o’rtasidagi axborot  almashinuvini tezligini yuksak darajaga olib keldi. Kirib kelgan yuz yillik axborot  asri deb nomlanishi ham bejiz emas, dunyo aholisini  2 miliarddan ortig’i global tarmoqdan foydalanmoqda  va bu ko’rsatgich kun sayin o’sib bormoqda. Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda global tarmoqda axborot almashish jarayoni davlat miqyosiga chiqdi, davlat tashkilotlari axborot markazlari tashkil qilindi.

Davlat boshqaruvida axborot texnalogiyalaridan foydalangan holda boshqaruvni olib borish  ma’lumotlarni o’z vaqtida kechiktirmasdan yetib borishi, malumotlar xafsizligini yuqori darajada ta’minlanishi kabi ko’rsatgichlarni yanada oshirib davlat organlarini faoliyatini yanada samarali ishlashiga olib keladi.

   Davlat organlarining  boshqaruvida davlat tashkiloti va muassasalari o’zaro va fuqoralar bilan uzviy ravishda ishlashini samarali tashkil qilishda zamonaviy axborot kommunikatsiya texnalogyalaridan foydalangan holda davlat hokimyat boshqaruvini  tashkil qilish yo’nalishi «Elektron hukumat» (e-government) deb yuritiladi .

Axborot- kommunikatsiya texnologiyalari davlat boshqaruvida mamuriy islohotni amalga oshirmaydi, ular islohatlar uchun kuchli vosita bo’lib xizmat qiladi. Shu bois << Elektron hukumat >> tizimini joriy etish jarayonlari davlat boshqaruvini isloh qilish umumdavlat strategiyasiga asoslanib amalga oshiriladi.

 Elektron hukumat tushunchasi dast avval AQSHda XX sarning 90-yillarida vujudga kelgan bo’lib, hozirgi kunda davlatni bu boshqaruv tizimi ko’plab rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlariga joriy qilingan. Dunyoni turli mintaqalarida elektron hukumat yaratilish tajribasiga ko’ra ularni uch asosiy modellarga ajratish munkun.

     Amerika modeli: AQSH va Kanadada rivojlangan bo’lib, birinchi navbatda, fuqoralar  va  biznes vakillarining davlat idoralari bilan muloqotini yengillashtirish  va arzonlashtirishni o’ziga maqsad qilgan.

   Yevropa modeli: bu model Yevropadagi davlatlararo muassasalar- Yevroparlament, Yevrokomissiya, Yevropa sudi kabi tashkilotlarning tashkil qilinishi  bilan  bog’liq. Mazkur muassasalarning tavfsiyalari Yevropa Ittifoqining barcha mamlakatlarida bajarilishi majburiydir. Shuning uchun qayd etilgan muassasalar tomonidan taklif etilgan ushbu model Yevropa Ittifoqiga kiruvchi mamlakatlardagi shart-sharoitni tenglashtirish va <<e-government>> ning faolyatini muvofiqlashtirishga yo’naltirilgan.

     Osiyo modeli: Osiyo mamlakatlaridagi boshqaruvni o’ziga xos xususyatlari, korporativ madaniyatni turi hamda irarxik piramida qoidasiga asoslanib tashkil qilingan davlat boshqaruviga tayanadi.

   Jahon tajribasida elektron hukumat tizimi tashkil qilishning quyidagi asosiy texnologik tamoyillari shakllangan.

1) G2G (Government to Government)  Davlat–davlatga – bunda Davlat boshqaruvi apparati ichki strukturasi, intranet-korparativ davlat axborot tarmog’i (yagona davlat internet-portali)da markaziy va mahalliy hokimiyatlar, turli davlat idora, tashkilot  va  muassasalari orasidagi o’zaro munosabatlarda elektron hukumat tizimini joriy etish, elektron hujjat aylanishi, davlat organlari faoliyatining shaffofligi ortishi, doimiy monitoring va hisobot shakllari kabilar amalga oshiriladi.

2) G2C (Government to Citizens) Davlat fuqarolarga –bu tizimda davlat elektron xizmatlarini reestrini yaratish, aholining faolligini oshirish, ularni davlat boshqaruvida ishtirokini ta’minlash masalalariga yo’naltirilgan.

 Fuqarolar yagona davlat interaktiv xizmatlari portali orqali, o’zlarining davlat organlariga ariza, shikoyat yoki taklif kabi murojaatlarini elektron tarzda yuborishlari va ularga javob olishlari, turli xil davlat xizmatlaridan foydalanishadi.  Masalan, rasmiy hujjatlarning elektron nusxalarini shakllantirib olishlari, turli xil ma’lumotnoma, xabarnomalarni olishlari, shuningdek turli xil to’lovlar bo’yicha tranzaksiyalarni on-layn usulda amalga oshirishlari mumkin bo'ladi.

3) G2F (Government to Foreigners)  Davlat xorijliklarga – bu tizimda, Davlat va xorijlik shaxslar o’rtasida, milliy qonunchilik va xalqaro hujjatlarga tayangan holda interaktiv xizmatlar ko’rsatilishi nazarda tutiladi. Masalan, viza masalalari, investitsiyalar, ta’lim va turizm sohalariga oid xizmatlar ko’rsatilishi nazarda tutiladi.

4) G2B (Government to Business) Davlat biznesga – bu tizim esa davlat portalida <<tijorat maydonchalari>> tashkil qilish,  yuridik shaxslar,elektiron tijoratni tashkil etish masalalarga yo’naltiriladi. Ishbilarmonlar va tadbirkorlar uchun ruxsatnomalar olish, turli xil rasmiy jarayonlarni interaktiv usulda soddalashtirilgan tarzda amalga oshirish, shuningdek, davlat yig’imlari, to’lovlar va hokazolarni on-layn amalga oshirish, hisobotlar va rasmiy murojaatlarni on-layn yuborish imkonini berishi ko’zlanadi.

 

Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasida ham jamiyatni axboratlashtirish sohasini rivojlantirish borasida ishlar olib borilmoqda. Misol uchun shu o’tgan ikki yilni olib qarasak.  2012 yil, 21-mart kuni imzolangan «Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora tadbirlari» haqidagi Prezident qarori orqali, 2012-2014 yillarga mo’ljallangan maxsus dastur tasdiqlandi va uning ijrosi maxsus Muvofiqlashtiruvchi Kengashga yuklandi.

Vazirlar Mahkamasining 2012 -yil 30-dekabrdagi, 378-sonli  «Interaktiv davlat xizmatlari ko’rsatishni hisobga olgan holda internet tarmog’ida O’zbekiston Respublikasining hukumat portali faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida» qarori bilan, elektron hukumatni yanada rivojlantirish va davlat boshqaruviga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishda ko’maklashish maqsadida, Yagona davlat interaktiv xizmatlari portali (Yagona portal) tashkil etish va uning texnik va texnalogik asoslari bayon qilingan nizom qabul qilindi.

Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 16-sentyabrdagi  250-sonli O’zbekiston Respublikasi Aloqa, axboratlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qumitasi huzuridagi davlat muassasalari shaklidagi << Elektron hukumat>> tizimini rivojlantirish markazi hamda Axborot xafsizligini taminlash markazini tashkil qilish chora-tadbirlari to’g’risidagi  qarorlar   O’zbekiston Respublikasida Internet texnalogyalardan foydalangan holda “qog’ozsiz” ish yuritish , elektron  shaklidagi hizmatlar tashkil etmoqda.

 

_____________________________________________________________________

Foydalanilgan adabiyotlar.

1. I.A. Karimov. 2012-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi nutqi. “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot hizmati ” http://www.press-service.uz

2. O’zbekiston Respublikasi Hukumat portal  http://gov.uz

3. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari. http://www.lex.uz

4. T.Nishonboyev. Davlat boshqaruvi takomilida “Elektron hukumat” tizimi

 

Muallif: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Toshkent islom universiteti  Informatika va axborot texnologiyalari yo’nalishi

 

                                           4-bosqich talabasi Qodirov Zafar

mulakat