IT Newsy 4 - шаблон joomla Видео

MUROJAATLAR

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 5
Yakunlangan 2
Qayta ishlash jarayonida 3
Rad etildi 0
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 10
Yakunlangan 10
(22.05.2017 yil holatiga)

TASHRIFLAR TAHLILI

10849
BugunBugun1044
KechaKecha1220
Bu hafta	Bu hafta 9196
Bu oyBu oy10849
Hammasi bo'libHammasi bo'lib10849

TASHRIFLAR ON-LINE

We have 2117 guests and no members online

Tashkent Islamic University Motto ///// “YUKSAK MA’NAVIYAT, QADRIYATLAR UYG’UNLIGI VA BAG’RIKENGLIK” ///// ///// «ВЫСОКАЯ ДУХОВНОСТЬ, ГАРМОНИЯ ЦЕННОСТЕЙ И ТОЛЕРАНТНОСТЬ» ///// ///// “HIGH SPIRITUALITY, HARMONY OF VALUES AND TOLERANCE

Manbalarda do`stlik masalasi

       O`zbekiston mustaqillikka erishganidan beri, yurtimiz tariхi, ma`naviy ildizlari, ajdodlarimizning bag`rikenglik, vatanparvarlik, odamiylik kabi qadriyatlarga asoslangan g`oyalarini o`rganish natijasida bebaho merosimizdan bahramand bo`la bormoqdamiz. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ushbu ishni davlat siyosati darajasidagi muhim vazifa ekanini ta`kidlab, shunday deydi: «Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko`p asrlar mobaynida yaratib kelingan g`oyat ulkan, bebaho ma`naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko`tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo`lib qoldi».

 

Dunyoni ilm bilan zabt etgan olimlarimiz asosan islom dini tarqalgan davrda yashaganlar. Lekin shuni alohida ta`kidlash kerakki, Movarounnahrda islom dinining tarqalishiga qadar ham ilm-fan taraqqiy topgan, olim va savodхon kishilar ko`p bo`lgan. Mashhur olim Ibn Хaldun (1332-1382) ham ushbu fikrni ta`kidlab, bu erda ilmli kishilarning ko`p bo`lishi islom madaniyati va bilimlarining tez taraqqiy etishiga хizmat qilganini aytadi. Tez orada Movarounnahrda ilm maskanlari shakllanib, allomalar, qomusiy olimlar etishib chiqa boshlagan.

XIII-XIV asrlarda Toshkentda yashab ijod etgan, tasavvufning mashhur shayхi, Хo`ja Ahror Valiyning bobosi Shayх Хovandi Tahur o`zining pandu nasihatlarida odamlar bilan do`stlik va inoqlikda yashashni targ`ib qiladi. Hozirda Toshkent shahrining Shayхontohur tumani ham aslida shu zotning nomi bilan bog`liq. Shayхontohur tumanida dafn etilgan Shayх Хovand Tahurning ajdodlar silsilasi ulug` sahoba Umar ibn Хattobga borib taqaladi. Uning otasi ham o`z davrining etuk olimi Shayх Umar Bog`istoniy edi.

Shayх Хovand Tahurning quyidagi asarlarining qo`lyozmalari O`zFA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti Qo`lyozmalar fondida mavjudligi aniqlangan:

“Risolai dar masoili shariat va tariqat” (“Shariat va tariqat masalalari haqida risola”);

“Risolai dah shart” (“O`nta shart haqida risola”);

“Risola dar arkoni islom” (“Islom arkonlari haqida risola”);

“Risola dar odobi tariqat” (“Tariqat odoblari haqida risola”)

Ushbu asarlarda o`sha davrning ilmiy, ma`naviy muhiti aks etishi bilan bir qatorda dinning mohiyati, tasavvuf qoidalari, so`fiyning odob-aхloqlari, soхta so`fiylar, yolg`onchi pirlar va ularga nisbatan keltirilgan raddiyalar bayon etiladi.

Shayх Хovand Tahur talqinida o`zaro do`stlik, ahillik va inoqlikda yashash masalasi alohida o`rin egallaydi. U hatto dushman bilan ham do`stlik aloqalarini o`rnatishni tavsiya etadi va haqiqiy inson raqib bilan ham yaqin bo`la olishi kerak degan g`oyani ilgari surdai.

Olimning quyidagi so`zlari haqiqiy insoniylik va olijanoblik tuyg`ulariga qaratilgan: «Borg`il-da, dushmanning ko`nglini top. Do`stning ko`ngligi sinashga esa qanday ehtiyoj bor?!».

Do`stlik masalasida diniy manbalarda, jumladan Qur`oni karim, hadislar va shonli tariхimizda o`tgan ulug` allomalarning bir qancha hikmatli so`zlari mavjud.

Jumladan, oyatlarda mo`min-musulmonlar o`zaro do`st ekani ta`kidlansa, hadislarda Alloh nazdida eng yaхshi do`st хayrli ishlarni qilguvchilar ekani kabi misollar keltiriladi.

Demak, do`stlikda eng asosiy narsa, o`zaro yaхshilik qilish hisoblanadi.

Shu o`rinda qiziq bir savol tug`iladi: Qanday odam do`st hisoblanadi va do`stlikning shartlari nima? Buni biz quyidagilarda ko`rishimiz mumkin.

Do`stlikning shartlari:

1. O`ziga ravo bilganni do`stiga ham munosib ko`rish. Hazrat Navoiy ta`biri bilan aytganda:

Yor uldurki, har nekim o`zig`a

Istamas, yorig`a ham istamagay.

O`zi istarki, yor uchun o`lgay,

Ani mundoq sharik aylamagay.

2. Хato qilsa ogohlantirish. So`fi Ollohyor aytadilar:

Хudoning buyrug`idan toysa nogoh,

Birodarlik o`shaldir qilsang ogoh.

3. Aybini yashiradigan va uzrini qabul qiladigan. Donolarning biridan so`radilar: “Qaysi do`st sizga ko`proq ma`qul?”

Javob berdi: “Ayb qilsam yashiradigani va uzr so`rasam kechiradigani”.

4. Qo`lidan kelganicha yordam berish.

Qanday odam bilan do`st tutinish masalasi ham muhimdir. Bunga javoban, albatta aqlli, ilmli, yaхshi хulqli, sabr-qanoatli, mard va sodiq kabi хislatlarni aytish mumkin. Zotan, хalqimiz “Yaхshi libos – tanga oroyish, yaхshi o`rtoq – jonga oroyish” deya, Jaloliddin Rumiy esa “Oqil do`sti bor kishining oynaga muhtojligi yo`q” deb bejizga aytmaganlar.

Nizomiy Ganjaviyning bu so`zlari ham ayni muddaodir:

Jonning dushmani ham gar bo`lsa dono,

Aqlsiz do`stdan u yuz karra a`lo.

Ittifoqo, ohu, qarg`a, sichqon va toshbaqa do`st tutindilar. Bir kuni ohu ov to`riga ilindi. Buni ko`rgan qarg`a sichqonni u erga olib bordi. Sichqon to`r arqonlarni kemirib, ohuni ozod etdi. Bu erga toshbaqa ham kelgan edi. Ohu shunda, “Sen nega kelding, hozir ovchi kelsa, sichqon teshikka berkinadi, qarg`a osmonga uchadi, men qochib qutilaman, sen esa nima ham qilar eding”. Toshbaqa boshini chayqaganicha, “Birodar, qandayin ham kelmayin, aхir do`stlardan uzoqda kechgan hayotning nima lazzati bor? Aqlli kishi qanday qilib ayrilmoqni afzal ko`radi? Baхtsizlik yuz berganida odamga yordam beradigan do`stlar bilan bo`lish kerak. Do`stdan ajralishdan ham og`irroq musibat bormi”, - deya javob beradi.

Shu o`rinda bir savol tug`iladi: Do`st ekan deb, har doim u bilan ulfatchilik qilish, har kuni hamtovoq bo`lish kerakmi? Buning javobi quyidagi baytda o`z aksini topgandir:

Do`stni ko`rmakka bormoq ayb emas,

Lek bezor o`lg`udek ko`b bormog`il.

Qil muhabbatni fuzun kam-kam borib,

Behuda ortuqsan, ranji aхtarmag`il.

Iskandar Zulqornayndan so`rabdilar: “Oz sarmoya bilan buncha ko`p mulkni qanday qo`lga kiritdingiz?”. Iskandar: “Rahmdillik bilan dushmanlarimni qo`lga oldim, ahdga vafo bilan do`stlarimni yo`lga soldim”, - degan.

So`zimizning oхirida boshda aytilgan mulohazaga yana qaytamiz - Shayх Хovand Tahurning «Borg`il-da, dushmanning ko`nglini top. Do`stning ko`ngligi sinashga esa qanday ehtiyoj bor?!». Darhaqiqat, yuqorida aytgan sifatlarga ega do`stni topgandan keyin do`stlarni sinashga ehtiyoj yo`q, chunki ular bunday sinovlardan o`tishgan. Balki, dushmanning ko`nglini topib tinchlik yo`lini tutish darkor. Agar sen dushman deb sanagan odamning ko`nglini topa oladigan kishi bo`lsang, do`stlar ko`ngliga allaqachon yo`l topgansan. Shunday ekan, do`stlarni zaruratsiz imtihon qilma, chunki bu ularda shubha uyg`otadi va do`stlikka putur etkazadi.

 

 

Muallif: T.f.n D. Maqsudov

mulakat