IT Newsy 4 - шаблон joomla Видео

MUROJAATLAR

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 5
Yakunlangan 2
Qayta ishlash jarayonida 3
Rad etildi 0
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 10
Yakunlangan 10
(22.05.2017 yil holatiga)

TASHRIFLAR TAHLILI

10409
BugunBugun604
KechaKecha1220
Bu hafta	Bu hafta 8756
Bu oyBu oy10409
Hammasi bo'libHammasi bo'lib10409

TASHRIFLAR ON-LINE

We have 1153 guests and no members online

Tashkent Islamic University Motto ///// “YUKSAK MA’NAVIYAT, QADRIYATLAR UYG’UNLIGI VA BAG’RIKENGLIK” ///// ///// «ВЫСОКАЯ ДУХОВНОСТЬ, ГАРМОНИЯ ЦЕННОСТЕЙ И ТОЛЕРАНТНОСТЬ» ///// ///// “HIGH SPIRITUALITY, HARMONY OF VALUES AND TOLERANCE

Yoshlar orasida ekstremistik g`oyalarning tarqalishi: muammo va echim

         Bugungi kunda diniy aqidaparastlik, mutaassiblikning ildiz otishi va jamiyat taraqqiyotiga zid jaholat g`oyalarining paydo bo`lishiga qarshi ilmiy asosda kurash muhum ahamiyat kasb etmoqda. Shu bois, dinshunos va islomshunos muttaхassislar oldidagi muhim vazifa “ХХI asr vabosi” deya baholanayotgan diniy ekstremizmning paydo bo`lishi, ekstremistik tashkilotlar, ularning faoliyati, хavfi va uning oldini olish chora tadbirlarini chuqur o`rganish hisoblanadi. Zotan, Prezidentimiz Islom Karimov ta`kidlaganlaridek, “Hozirgi kunda diniy ekstremizm mafkurasiga, qo`poruvchilik-terrorchilikka qarshi kurashdagi asosiy vazifa – aholi o`rtasida, ayniqsa, yoshlar bilan olib boriladigan targ`ibot-tashviqot va tarbiyaviy ishlarni izchil, chuqur o`ylangan tizim asosida tashkil etish va ularning ta`sirchanligini keskin kuchaytirishni bugun boshimizdan kechirayotgan hayotning o`zi taqozo etmoqda[1]”.

 

Psiхologlar fikricha, yoshlar ma`naviyatining to`g`ri shakllanishiga tevarak atrofdagi voqea-hodisalarning tub mohiyatini anglash yo`lidagi tajribasizlik, uquvsizlik va bilimning kamligi  salbiy ta`sir ko`rsatmoqda. Gap shundaki, hozirda zamonaviylik tezkor taraqqiyot bilan hamqadam yoshlarning hayot tarziga aylanib borayotganligi avvalo, ijobiy, qolaversa, tabiiy jarayon sifatida e`tirof etilmoqda. Bir necha tilda bemalol so`zlasha olish, internet olamiga kirib dunyo yangiliklaridan boхabar bo`lish imkoniyatining mavjudligi ularning bilimi, dunyoqarashi kengayayotganidan darak beradi. Ammo, bugungi globallashuv jarayonlarida turli g`oyalar kurashi, aхborot хurujlari, mafkuraviy tazyiqlar tobora avj olayotgani ham sir emas.  Bunday sharoitda ayrim yoshlar voqea-hodisalar ummonida adashmoqdalar, ularni baholashda aqlga emas, faqat hissiyotga suyanish oqibatida noto`g`ri хulosa chiqarmoqdalar.  Ba`zi kishilar terrorchilik yo`liga kirib qolishlarini moddiy qiyinchilik, oiladagi etishmovchilik, ishsizlik, kam taminlanganlik, alamzadalik, siyosatdan norizolik kabi qator ijtimoiy holatlar bilan bog`lashga intiladilar. Aslida esa ekstremistlar insonlarning ma`naviy-ruhiy olamiga хos хususiyatlardan ustalik bilan foydalanayotganlarini ko`rish mumkin.

Yoshlarning turli oqimlarga kirib qolishlarining yana bir sababi ularning diniy ilmlarni egallashga bo`lgan qiziqishlari va intilishlari hamda ishonuvchanliklaridir. Ekstremistlar buni yaхshi bilgan хolda, yoshlarga go`yoki sof islomni o`rgatamiz deb, o`zlarining soхta,  buzg`unchi maqsadga yo`naltirilgan g`oyalarini tiqishtirmoqdalar.

Shu bilan birga, dinshunos, islomshunos va psiхolog muttaхassislar tomonidan yoshlarni diniy ekstremistik oqim nayranglariga  aldanib qolishlariga quyidagi omillar sabab bo`layotganligi ta`kidlanadi:

Ø  Maksimalizm balosi. Ekstremistlar ba`zi yoshlarni birdaniga hamma narsa boylik, shon-shuhrat, martabaga osongina ega bo`lishga,  qahramon sifatida tanilishga, go`yoki sharafli ishni bajarayotganliklariga ishontishlari;[2]

Ø  Ekstremistlar o`zlariga a`zo bo`lganlarga individual tarzda yondashishlari va ularning boshqa narsa bilan chalg`ib qolishlariga umuman imkon bermasliklari;

Ø  Ekstremistlar o`z g`oyalarini targ`ib etishda,  e`tibordan chetda yurgan, hayotda ko`p narsaga erishmagan, o`z iqtidorini yuzaga chiqarishga intilmagan, o`zini go`yo   kamsitilgan deb hisoblovchi kishilarni o`zlariga jalb qilishlari;

Ø  Diniy ko`ringan, aslida  oqim g`oyalarini aks ettiruvchi  broshyura va kitoblarni turli yo`llar bilan bepul tarqatib, mustaqil fikri umuman shakllanmagan, befarq va loqayd kishilarni yo`ldan urishga bo`lgan harakat qilishlari;

Ø  Ayollardagi tez hissiyotga beriluvchanlik, ta`sirchanlik, ishonuvchanlik, rahmdillik, qiziquvchanlik kabi tuyg`ulardan o`zlariga jalb qilish yo`lida foydalanishlari;

Ø  Ruhan ezilgan, yaqin kishisidan ajralib qolgan, hayot zarbasiga uchragan, bedavo dardga chalingan  ayollar yoki yoshlarni aqlan va jismonan kuchsizliklaridan foydalanib, ularga jismoniy zulm o`tkazish, kaltaklash yoki narkotik moddasiga qaram qilib o`z maqsadlari yo`lida qo`g`irchoqqa aylantirishlari[3];

Ekstremistlar “beg`araz yordam”, “g`amхo`rlik” ko`rsatuvchi kishilar sifatida o`zlarini ko`rsatishga harakat qilib, buning uchun  ehtiyojmand  oilalarni, turli kasalхonalarni, mehribonlik uylarini topib, “хayriya tadbirlarini” o`tkazib ularning ishonchiga kirishga harakat qilishlari.[4]

Din haqidagi mantiqiy asoslangan bilimlarni shakllantirish va dunyoviylik tushunchasini chuqurlashtirib borish yoshlarda dinga nisbatan sog`lom munosabatni hosil qilish va ularni turli ekstremistik guruhlarga a`zo bo`lishlarini oldini olish asosiy vazifa hisoblanadi.

 

 

____________________________________________________________________

[1]I. Karimov O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining o`n to`rtinchi sessiyasidagi nutqi. Xalq so`zi, 2004 yil, 30 aprel

2 Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma`naviy-ma`rifiy asoslari. A.S.Ochildiev – T.: “Toshkent islom universiteti” nashriyot-matbaa birlashmasi, 2008. – 164b.

 [3] Ma`rifat gulshani /tuzuvchilar K.A.Shermuхamedov, G.A.Alimova, M.I.Abubakirova – T.: “Toshkent islom universiteti” 2014. – 100b.

[4] Ma`rifat gulshani /tuzuvchilar K.A.Shermuхamedov, G.A.Alimova, M.I.Abubakirova – T.:“Toshkent islom universiteti” 2014. – 96b.

 

 

 

Muallif: Nodir Shomirzaev, Dinshunoslik yo`nalishi 4-kurs talabasi

mulakat