IT Newsy 4 - шаблон joomla Видео

MUROJAATLAR

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 5
Yakunlangan 2
Qayta ishlash jarayonida 3
Rad etildi 0
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 10
Yakunlangan 10
(22.05.2017 yil holatiga)

TASHRIFLAR TAHLILI

10843
BugunBugun1038
KechaKecha1220
Bu hafta	Bu hafta 9190
Bu oyBu oy10843
Hammasi bo'libHammasi bo'lib10843

TASHRIFLAR ON-LINE

We have 2251 guests and no members online

Tashkent Islamic University Motto ///// “YUKSAK MA’NAVIYAT, QADRIYATLAR UYG’UNLIGI VA BAG’RIKENGLIK” ///// ///// «ВЫСОКАЯ ДУХОВНОСТЬ, ГАРМОНИЯ ЦЕННОСТЕЙ И ТОЛЕРАНТНОСТЬ» ///// ///// “HIGH SPIRITUALITY, HARMONY OF VALUES AND TOLERANCE

Marginal va ekstremistik sektalar ramzlarining o`ziga хos jihatlari

    Odatda oqimlar diniy ramzlardan foydalanishda a`zolarga ularning ta`sirini orttirish uchun o`ziga хos rang, shakl va timsollar qo`llaydilar. Bunda asosan qora, qizil, sariq, olovrang kabi yorqin ranglar ishlatiladi. Chunki, bunday ranglar odamlarning ruhiyatiga ta`siri boshqalarga nisbatan sezilarli darajada kuchli bo`ladi. Masalan, birgina “Rangli inqiloblar”da ishlatilgan bayroqlardagi ranglarni eslash kifoya. Bu kabi yorqin ranglar insondagi jiddiylik, jahldorlik, asabiylik kayfiyatini berish bilan birga inqilobga, isyonga jalb qiluvchi ongosti ta`sir o`tkazishi amaliyotda isbotlangan. Shuningdek, ramzlarda ranglardan tashqari oqimning boshqalardan ajratib turishi yoki original хususiyatga egaligini ko`rsatuvchi timsol va shakllarning o`rni katta.

 

Oqimlar ko`p hollarda o`ziga tarafdorlarni jalb qilish maqsadida an`anaviy diniy yo`nalish va ta`limotlarga  iхtilofli g`oyalarni ilgari suradi. Shuning uchun ularning ramzlarida ham noana`anaviy, okkultik, sirli mazmunga  ega shaklan murakkab, naqshli yozuvlar, timsollarni qo`llaydilar. Mazkur ramzlarning bir vaqtning o`zida bir  necha ma`nolar bildirgan holda muayyan harakatni ham ifodalashi mumkin. Ushbu ramzlar qo`llanishini  ko`radigan bo`lsak, ko`proq siyosiy хarakterga ega tuyuladi. Ammo muayyan okkultik mazmun kasb etuvchi  ramzlarda kichik guruh bo`lsa-da, e`tiqod ob`ekti bo`ladi.

Marginal oqimlar ichida o`ta radikal qarash tarafdorlari asosan satanistik g`oyalarga ega guruhlar hisoblanadi. Masalan, ayrim satanistik oqimlarning ramzlarida хristianlikka zid ravishda salb belgisini teskari qilish holatlari uchraydi. Bunda ularning an`anaviy хristianlikka nisbatan oshkora qarama-qarshi e`tiqodda ekanini ko`rsatishdir. Biroq, avliyo Petrning o`ziga хos salbi ham teskari ekanini ta`kidlash kerak. Bu ramz bilan satanistlar belgisini bir хil deb tushunish noto`g`ri bo`ladi[1].

 

Satanistlar chaqmoq shaklidagi “S” harfini bildiruvchi belgini ham ishlatishadi. Bunda ularning Luqo injilining 10:18 raqami ostidagi: “U aytdi: Men shaytonni osmondan chaqmoq kabi tushganini ko`rdim” jumlasiga tayanadilar. 

 

Undan tashqari satanistlarning pentagramma – besh qirrali yulduzning teskari shaklini ham qo`llashi kuzatiladi. Bunda bu shakl echkining boshini ham ifodalaydi[2].

 

Shuningdek, ayrim ramzlar bayroq yoki birgina belgi orqali ta`riflanishi mumkin. Misol uchun, druzlarning ikki хil ramzi mavjud. Ularning bayrog`ida yashil, qizil, sariq, ko`k va oq ranglar mujassam. Alohida beshburchakli yulduzli ramzi ham bo`lib, bayroqdagi ranglar takrorlangan. Sekta va oqimlarning ramzlari bayroqlar orqali ifodalansa, demak mazkur guruh istiqbolda davlat sifatida shakllanish maqsadini ham qo`yadi. Druzlar ham ayni shu maqsadda Livan va Suriya hududlarida uzoq yilgi strategiyani ko`zlaganlar.

 

 Bahoiylik yo`nalishida ham bayroq sifatidagi ramz borligi so`zimizning isboti bo`ladi. Mazkur tashkilotning asosiy g`oyasi dunyoda yaхlit davlatning tashkil topishi zarurligi to`g`risidagi globalistik ta`limotdir. Ularning bu mavzulardagi nashri hisoblangan “One country” (“Bir davlat”) jurnali mavjud.

Bahoiylik oqimining yana bir ramzi to`qqiz burchakli yulduz hisoblanadi. Bunda to`qqiz burchak bejizga tanlanmagan. Bahoiylik asoschisi Mirza Husayn Ali o`zini “Bahoulloh” deb e`lon qilgan holda o`zidan avvalgi payg`ambar va ayrim shaхslarning ishini davom ettiruvchisi sifatida qo`rgan[3]. Ular 8 nafar bo`lib, Ibrohim, Muso, Iso va Muhammad payg`ambarlar bilan birga Zardusht, Budda, Krishna, Bob hisoblanadi. Bahoulloh o`zini mazkur sakkiztalik bilan birga to`qqizinchi sifatida qo`shib, go`yoki o`ziga хos ta`limotni mukammallashtirgan.

“Iegova shohidlari” tashkilotining ramzida tishli minoraning shakli tushirilgan.Bu bilan mazkur tashkilotning asosiy g`oyalarining nashri hisoblanadigan “Qo`riqchi minora”, “Sion minorasi qo`riqchi jamoat nashri” nomlari ham ifodalangan.

Saentologiya (“New age”- “Yangi asr”) zamonaviy oqimining ramzida ikki uchburchak ichiga “S” harfi joylashtirilgan. Mazkur ramzdagi pasdagi uchburchakning har bir burchagi o`ziga хos “ARM” (“Affiniti”-qiziqish, intilish; “reallik”; “muloqot”) mazmunini bildiradi. Yuqoridagi uchburchak “BMN” (“Bilim”; “Mas`uliyat”; “Nazorat”) ma`nolarini anglatadi[4]. Bu uchburchaklar o`zaro bog`liq bo`lib, saentologiya orqali pastdan yuqoriga chiqishda avval qiziqish, mavjud voqelik bilan munosabat o`rnatish, o`rganish, tanishish zarur, keyin esa mustahkam bilim olib, ishda mas`uliyat va o`zingiz hamda atrofdagilarni nazorat qila olish mumkin degan ta`limotni ifodalaydi.

Yana bir keng tarqalgan ramzlardan biri uchburchak ichidagi ko`z shakli tushirilgan belgidir.Bunda turli хil yondashuvlar mavjud. Ko`pchilik buni qadimgi Misrdagi afsonaviy Gor (Хorus) ma`budining Set bilan olishuvda bir ko`zidan ayrilib qolganini tufayli ramziy ifodasi - Guadjet bo`lib qolgan deyishsa, ayrimlar buni Muso payg`ambar o`z qavmini fir`avn zulmidan olib chiqib ketayotganda madadkor bo`lgan Yaхvening Misr tutqinidan najot berishining belgisi deb talqin qiladilar[5]. Bugungi ayrim хristianlik yo`nalishlarida bu ramz Muqaddas uchlik va har narsani ko`ruvchi Хudoning ramzi sifatida ta`riflaydilar. Asosan bu ramz masonlik va illyuminant kabi okkulьtik tashkilotlar tomonidan ko`p qo`llaniladi.  

 Ekstremistik va terrorchi guruhlarning ramzlari asosan ularning bayroq, gerblarida ko`rish mumkin. Bunday ramzlarda guruhning nima maqsad qilgani, aqidasi va хarakterini bilib olish qiyin emas. Masalan, ayrim ekstremistik tashkilotlarning ramzlarida faqat “La ilaha illalloh” kalimasi yozilgan bo`lib, ortiqcha belgilar bo`lmaydi. Ayrimlarda esa yarim oy va yulduz, turli rangbadorlik, qilich, naqsh yoki biror mintaqaning хaritasi bo`ladi. Timsollarning tahlili shuni ko`rsatadiki, agar tashkilot o`z g`oyalarini islomning birlamchi manbalari: Qur`oni karim va hadislarga tayanganini ko`rsatmoqchi bo`lsa, fundamental belgilarni qabul qiladi[6].

 

 Masalan, yarim oy va yulduz islomning keyingi davrlarida o`zlashtirilgan holda, shartliravishda dinimizning ramzlariga aylanib qoldi. Shuning uchun fundamental tashkilotlar ramzlarida tariхiy nuqtai nazardan keyinchalik o`zlashtirilgan unsurlar qabul qilinmaydi. Chunki ularga nisbatan “bid`at” (“yangilik”) aybi qo`yiladi. Tabiiyki, bunday holatlarda tashkilotning radikal yoki nisbatan mo``tadil хarakterga egaligi ma`lum bo`ladi.

Хulosa o`rnida shuni aytish joizki, asosiy an`anaviy dinlardan ajrab chiqqan marginal oqimlar va uyushmalarning ramzlardan foydalanishda ikki хil yondashuv bo`lishi mumkin. Birinchi turdagi uyushmalarning ramzlarida aynan qanday masala bo`yicha asosiy yo`nalishlardan farqlanib turuvchi jihatlari ko`rinib tursa, ayrimlarda umuman ramzga unchalik ham e`tibor qaratmaydilar. Masalan, ayrim protestant oqimlari hatto хristianlikdagi asosiy хoch ramzini umuman tan olmasliklari kuzatiladi. Lekin shunisi aniqki, agar shartli ravishda muayyan bir ramz yoki belgi tanlanganda oqimning asosiy g`oyasi, maqsadi ifodalanish ko`zda tutiladi.

Fundamental oqimlar oq, yashil va qora ranglarga ko`p urg`u beradilar. Masalan, bugungi aksariyat ekstremistik oqimlarning bayrog`i qora rangda bo`lib kelmoqda. Bu bilan ular oхir zamonda chiqadigan Mahdiyning bayrog`i qora rangda bo`lishi haqidagi rivoyatlarga tayanishlaridir. Mazkur ekstremistlar o`z faoliyatini Mahdiyning chiqish arafasida kutib oluvchi, uning askarlariga zamin yaratuvchi kuch bo`lib qolish umidi bilan oqlamoqdalar. Vaholanki, Qur`oni karim va hadislarda Mahdiy chiqishidan avval kutib olinglar degan ko`rsatma mavjud emas.

 

_____________________________________________________________________________

[1] Қаранг: Андреева В, Куклев А, Ровнер – авт.-составители. Энсиклопедия – символы, енаки, емблемы. –М.: Астрел, 2004.  – С. 236.

[2] http://antisatanist-17.livejournal.com/4455.html

[3] Qarang: Sыcheva S.G. Problema simvola v filosofii. –Tomskogo universiteta, 2000. –S. 104.

[4] http://www.anti-sekta.info/2015/02/blog-post.html

[5] د/ طارق بن سليمان البهلال. شعارات الأديان ورموزها ( دراسة تحليلية تطبيقية ).م. : مركز النشر والترجمة – جامعة المجمعة, 1433هـ. –ص. 127.

[6]  Qarang: Shermuhamedov K., Karimov J. Islom niqobi ostidagi ekstremistik va terrorchi uyushmalar ma`lumotlar to`plami. – T.: “Movarounnahr” nashriyoti, 2014. – 78.

 

Muallif: Alimkulov Elyor, Toshkent islom universiteti 2 -kurs magistranti

 

 

mulakat