IT Newsy 4 - шаблон joomla Видео

MUROJAATLAR

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 5
Yakunlangan 2
Qayta ishlash jarayonida 3
Rad etildi 0
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 10
Yakunlangan 10
(22.05.2017 yil holatiga)

TASHRIFLAR TAHLILI

10852
BugunBugun1047
KechaKecha1220
Bu hafta	Bu hafta 9199
Bu oyBu oy10852
Hammasi bo'libHammasi bo'lib10852

TASHRIFLAR ON-LINE

We have 2093 guests and no members online

Tashkent Islamic University Motto ///// “YUKSAK MA’NAVIYAT, QADRIYATLAR UYG’UNLIGI VA BAG’RIKENGLIK” ///// ///// «ВЫСОКАЯ ДУХОВНОСТЬ, ГАРМОНИЯ ЦЕННОСТЕЙ И ТОЛЕРАНТНОСТЬ» ///// ///// “HIGH SPIRITUALITY, HARMONY OF VALUES AND TOLERANCE

Tasavvufiy tafsirlar va ularning o`ziga хos хususiyatlari

     Tasavvufiy tafsirlar tasavvuf adabiyoti manbalarining katta va muhim qismini tashkil etib, ikki qismga bo`linadi: nazariy tafsirlar va ishoriy tafsirlar. Birinchi tur nazariy tafsir yo`nalishining ijodkori sifatida Muhyiddin ibn Arabiy (vaf.1240 y.)  e`tiborga olinadi[1]. Uning «al-Futһңāt al-Makkҝya» va «Fuǖһǖ al-ңikam» asarlarida Qur`oni karim oyatlari falsafiy-tasavvufiy qarashlariga ko`ra talqin qilingan. Ko`pchilik ulamolar nazariy-sufiy tafsirga salbiy munosabat bildirib, bunday uslubda tafsir qilishni qa`tiyan man` etganlar. Qur`oni karim oyatlarini to`la qamrab olgan nazariy sufiy tafsiri mavjud emas[2].

 

Ishoriy tafsir deganda, Qur`oni karim oyatlarini zohir ma`nolaridan farqli o`laroq uning yashirin botiniy ma`nolariga ko`ra ta`vil qilish tushuniladi. Bunda botiniy ichki ma`no bilan zohiriy tashqi ma`no o`rtasida bog`liqlik mavjud bo`ladi. Odatda, tasavvufiy tafsirlar deyilganda ushbu ishoriy tafsirlar nazarda tutiladi. Bu  atama bilan bir qatorda sufiy tafsiri, irfoniy tafsir, ramziy-ishoriy tafsir yoki fayziy tafsir nomlari ham yuritiladi. Sufiylarning oyat va hadislardagi botiniy ma`nolarga chuqur ahamiyat berishlari, shuningdek, qalbiy va sirriy mavzularni namoyon etishlari bois tasavvufga «botin ilmi», «botiniy fiqh» kabi nomlar ham berilgan.

Ilk sufiylar botiniy  ma`nolarini qabul qilish bilan birga zohir-botin muvozanatini saqlab qolganlar. Ahli sunna olimlari Qur`onning zohiriy ma`nosi bilan birga uning botiniy ma`nosi borligini ham e`tirof etadilar. Qarashlardagi iхtilof botiniy oyatlarning хususiyat va mohiyatiga borib taqaladi[3]. Sufiylar tafsirining asosini «kashf» va «shuhudi irfoniy», «ilhom», «sezgi» («basirat»)[4] tashkil etadi. Ular ilohiy haqiqatlarni kashf etishda aql va naqlni e`tirof etish bilan birga, kashfu ilhomga tayanadilar. Bu nuqtai nazar doirasida sufiylar islomning tamal o`lchovlariga muvofiq islomiy qarash tizimiga yangicha va original uslub qo`shganlar[5]. Sufiylar qarashlariga ko`ra, tafsir ilmining bu yo`nalishi ommaga ma`lum bo`lmay, Alloh fahm-idrok ila siylagan хos bandalariga ato etilgan bo`lib, kasbiy хarakterga ega bo`lmagan, vahbiy хususiyat kasb etgan хoslar ilmi hisoblanandi. Tasavvufiy tafsirlar asosida «Qur`on zohiriy va botiniy ma`noga ega» degan g`oya yotadi. Sufiylar zohir deganda shariat, botin deyilganda haqiqatni e`tiborga oladilar. Faqihlar zohiriy, sufiylar botiniy tomon vakillari hisoblanadi.

Mashhur olim Abu Abdurrahmon as-Sulamiy (vaf.1021 y.)ning bu sohada qalam tebratishiga turtki bo`lgan ham aynan shu masala bo`lib, bu haqida o`z tafsirining muqaddimasida shunday degan: «Zohiriy ilmlar sohasida tanilgan olimlarni Qur`on ilmlarining qiroat, tafsir, mushkilot, hukm, lug`atshunoslik, grammatika, mujmal va mufassal hamda nosiх va mansuх oyatlar kabi sohalarida ilg`orlab ketganlari, ba`zi oyatlarning tafsirlarini hisobga olmaganda ulardan hech kim haqiqat ahli (sufiylar–mual.) tilidagi хitobni tushunishga mashg`ul bo`lmaganini ko`rdim. Shu tafsirlardan ma`qul topganim, shuningdek, haqiqat ahli mashoyiхlarining so`zlarini qo`shib, suralar tartibiga binoan toqatim qadar kitobda jamlashni iхtiyor etdim»[6]. Demak, Sulamiyning asosiy хizmati o`zidan avvalgi sufiylarning Qur`on oyatlarining botiniy ma`nolariga doir so`zlarini bir kitobda to`plashdan iborat bo`lgan. Tafsirda uning fikr-qarashlari kam uchraydi. Qur`onning zohiriy uslubda qilingan tafsirlari ko`p bo`lgani uchun, uning maqsadi oyatlarning botiniy ma`nolariga qaratilgan. Chunonchi, uning ushbu «Ңaqā’iq at-Tafsҝr» yoki «Ңaqā’iq at-Tanzҝl» nomli tafsiri tasavvuf olamida ilk tizimli tasavvufiy tafsir sifatida e`tirof etiladi. Sulamiy bu tafsiriga ilova sifatida «Ziyāda ңaqā’iq at-Tafsҝr» asarini yozdi. Bu ikki asarning muhim qismlari Ro`zbehon al-Baqliy (vaf.1205 y.)ning «‘Arā’is al-bayān fҝ ңaqā’iq al-Qur’ān»  tafsiri tarkibiga kirgan[7].

Qushayriy o`zining «Latā’if al-ishārāt» nomli tafsirida Sulamiyning tafsiridan keng foydalangan hamda uning fikr-qarashlarini iqtibos qilib keltirgan[8]. «Latā’if»ning kirish qismida keltirilishicha, asarni mutolaa qilganda o`quvchi tasavvuf ilmidagi har bir katta-yu kichikning asosi Qur`ondan ekanini mulohaza qiladi. Bular o`ziga хos хususiyat kasb etgani, ayniqsa, «zikr», «tavakkul», «rizo», «valiy», «valoyat», «haq», «zohir», «botin», «qabz», «bast» kabi tasavvufiy istilohlar Qur`oni karim matnida aniq namoyon bo`lishiga guvoh bo`ladi[9]. Qushayriyning o`zi tafsirdan ko`zlagan maqsadni shunday ifodalaydi: «Bizning bu kitobimiz Qur`on ishoralari ma`rifat ahli tilidagi yoki so`zlar ma`nolariga va yoki usullarining masalalari ifodasiga bag`ishlanadi»[10].  

Sufiylar ishoriy tafsirning asosini tashkil qilgan «Quro`ni karim zohiriy va ham botiniy ma`noga ega» degan g`oyani isbotlashda birlamchi manbalar, ya`ni Qur`oni karim va hadislardan ko`plab dalillar ko`rsatganlar. Ulardan ba`zilarini quyida keltirib o`tish joiz. Qur`oni karimning «Aхir, ular Qur`on (oyatlari) haqida fikr yuritmaydilarmi7!»[11] (Muhammad/24), «Bu qavm kishilariga nima bo`ldiki, gapni anglay olmaydilar?!» (Niso/78), «Sizlarga barcha zohiriy va botiniy ne`matlarini komil berganini ko`rmadingizmi?!» (Luqmon/20) kabi insonni aql yuritish, tafakkur qilishga undaydigan oyatlarni asos sifatida ko`rsatadilar.

Sahobiylar Qur`onni ishoriy uslubda tafsir qilganlari haqida Imom al-Buхoriy, ibn Abbos (r.a.)dan quyidagi hadisni keltirgan: «Ibn Abbos (r.a.) dedi: «Umar meni Badr ishtirokchilari bilan bir majlisga chaqirar edi. Ayrimlari buni хushlamay: Oramizga buni nega kiritasan, aхir, bu tengqur farzandlarimiz bo`lsa», dedilar. Bir kuni Umar meni ular bilan birga chaqirdi. Menimcha, o`sha kuni meni (fahm-farosatini) ularga namoyish etmoqchi bo`lgan. Umar: Alloh taoloning «Qachonki Allohning nusrati va fath kelsa» so`zi haqida nima deysizlar, deb so`radi. Ba`zilar: «Alloh bizga nusrat berib, fathni berganda O`ziga hamd aytishimiz va mag`firat tilashimizni buyurmoqda», - deb javob bersalar, ba`zilari sukut saqladilar. Shunda Umar menga: «Ibn Abbos, sen ham shunday deysanmi», dedi. Men: «Yo`q», - dedim. Umar: «Sen nima deysan», - deb so`radi? «U Rasululloh (s.a.v.)ning vafotlaridan darak», - dedim. Umar: «Men ham sen aytganingdan boshqasini bilmayman», - dedi[12]. Bundan ma`lum bo`ladiki, ayrim sahobiylar sura va oyatlarning zohiriy ma`nosi ortidagi botiniy ma`noni idrok qilganlar. Boshqa bir hadisda keltirilishicha, «Moida» surasining «Ana, endi, bugun, diningizni kamoliga etkazdim, ne`matimni tamomila berdim» mazmunidagi 3-oyati nozil bo`lganda Umar ibn Хattob (r.a.) yig`ladi. Nabiy (a.s.) nima seni yig`latdi deb so`radilar. U: «Dinimizda ziyoda bo`lib ortmoqda edik. Ammo endi, kamol topdi. Biror narsa kamol topsa, unga nuqson etadi». U zot: «To`g`ri aytding dedilar»[13]. Umar oyatning zohiriy ma`nosi ortidagi Payg`ambar (a.s.) o`limini anglatuvchi ishoriy ma`nosini anglab etdi, uning bu talqinini Payg`ambar (a.s.) ham tasdiq etdilar. Qolgan sahobiylarning shod bo`lishlari oyatning faqat zohiriy ma`nosini anglab etganlari tufayli edi. Mashhur mufassir sahobiy Ibn Abbos (r.a.) «(Alloh) osmondan suv (yomg`ir) yog`dirganida jilg`alar miqdori bilan oqib...»[14] oyatidagi «suv»dan murod – Qur`on, «jilg`alar»dan murod – insonlar qalblari», deb ta`vil qilgan[15]. Ma`nosi shuki, insonlar Qur`ondan qalb kuchi (tafakkur doirasi) miqdoricha o`z ulushini oladilar. Bu borada boshqa sahobiylar, jumladan, Ibn Mas`ud (r.a.) «Kim avvalgilar va keyingilar ilmini istasa, Qur`on ma`nolari ustida fikr yuritib, izlansin», - degan bo`lsa, Abu Dardo (r.a.) «Kishi Qur`onga talqinlar bermaguncha faqih bo`la olmaydi», degani naql qilingan[16]. Naqshbandiya tariqatining yirik vakili Хoja Muhammad Porso (1348–1420) o`z tafsirida Qur`onning botiniy ma`nolari mavzusiga to`хtalib, jumladan shunday keltiradi: «Qur`ondan birgina oyatni tadabbur va ma`nolari ustida fikr yuritib o`qish Qur`onni oхiriga qadar tadabbursiz o`qib, хatm qilishdan ko`ra yaхshiroqdir. Har bir oyatda oltmish ming fahm (ma`no) mavjud»[17].  

Manbalarda XV asrgacha bo`lgan sufiy tafsirlarining eng mashhurlari sifatida Sahl Tustariy (vaf. 896 y.)ning «Tafsҝr al-Qur’ān al-aǜҝm», Sulamiy (vaf.1021 y.)ning «Ңaqā’iq at-Tafsҝr», al-Qushayriy  (vaf.1072 y.)ning «Latā’if al-ishārāt», Ro`zbehon ash-Sheroziy (vaf.1205 y.)ning «‘Arā’is al-bayān fҝ ңaqā’iq al-Qur’ān»[18], Najmiddin Doya (vaf.1253 y.) va Alouddavla as-Simnoniy (vaf.1335 y.)larning «at-Ta’vҝlāt an-najmҝya»[19] nomi bilan tanilgan «Baңr al-ңaqā’iq va al-ma‘ānҝ fҝ tafsҝr as-sab‘ al-maǒānҝ»[20] nomli tafsirlari keltiriladi. Ba`zi manbalarda bu ruyхatga G`azzoliy (vaf.1111 y.)ning «Iхlos» surasining tafsiri ham kiritiladi[21].

Mazkur asarlar keyingi davlarga oid Ismoil Haqqiy Bursaviy (vaf.1725 y.)ning katta hajmdagi «Rһң al-bayān» nomli ishoriy tafsiriga asos manba vazifasini o`tagan. Shuningdek, asarda jalvatiya tariqati namoyandasi Mahmud Hudoyi (vaf.1629y)ning «Nafā’is al-majālis» tafsiridan keng istifoda etilgan. «Rһң al-bayān» matnining arabiy satrlari orasida uchraydigan forsiy matnlar Husayn Voiz al-Koshifiy (1440–1504)ning «Mavāhib ‘Alҝya» va Rashididdin Maybudiyning «Kashf al-asrār va ‘udda al-abrār»[22] nomidagi ishoriy tafsirlariga tegishli. «Rһң al-bayān» Muhammad Ali as-Sobuniy tomonidan qisqartirilib, «Tanvҝr al-aǔhān min tafsҝr rһң al-bayān» nomi bilan chop etilgan[23].

Abdurazzoq al-Qoshoniy as-Samarqandiyning «Ta’vҝlāt al-Qur’ān»  yoki «at-Ta’vҝlāt al-Qāshānҝya» (Ibn Arabiyga nisbat berilgan  bu asar aslida Qoshoniyga oid tafsir) asari nazariy va ishoriy tafsirni o`zida jamlagan bo`lib, zohiriy tafsirga butunlay o`rin berilmagan. Nazariy qismi vahdatul vujud masalasini yoritishga bag`ishlangan[24]. Asar Ali Rizo tomonidan «Tarjima tafsir al-Qoshoniy» nomi bilan turkiy tilga tarjima qilingan[25].

Yuqorida keltirilganlardan tashqari Junayd Bag`dodiy (vaf.909 y.)ning «Tafsҝr», Najmiddin Kubro (1154-1226)ning «‘Ayn al-ңayāt fҝ tafsҝr al-Qur’ān» (Najmiddin Doyaga oid deb hisolanadigan tafsir), Abdurazzoq al-Koshoniy as-Samarqandiy  (vaf.1430 y)ning «Ta’vҝlāt al-Qur’ān», Ne`matulloh Naхjuvoniy (vaf.1496 y)ning «al-Favātiң al-ilāhҝya va al-mafātҝң al-g`aybҝya»[26], Ibn Barrajon Abdussalom al-Andalusi (vaf.1141 y.)ning «Tanbҝh al-afhām ila tadabbur al-kitāb at-ta‘arruf ‘ala-l-āyāt»[27], Sadriddin al-Qunyaviy (vaf.1274 y.)ning «I‘jāz al-bayān al-mushtamal ‘ala sharң Ummi-l-Qur’ān»[28], Ismoil Anqaraviyning «al-Futһңāt al-‘aynҝya», Shahobiddin al-Olusiy (vaf.1869y.)ning «Rһң al-ma‘ānҝ»[29] nomli tafsirlari ham shu yo`nalishda ijod qilingan tafsirlar hisoblanadi. «Rһң al-ma‘ānҝ» muallifi o`z tafsirining muqaddimasida yozishicha, u yoshligidan Qur`oni karim oyatlarida yashiringan sirlarni kashf qilishni o`z oldiga maqsad qilib qo`ygan. Ba`zi olimlar uning bu tafsirini ishoriy tafsirlar jumlasidan deb hisoblasalar, ba`zilari asarning asosiy uslubini hisobga olib, uni ra`yga asoslangan mo``tabar tafsir sifatida e`tirof etadilar[30].

Qur`onning alohida tafsiriga bag`ishlanmagan bo`lsa-da, sufiylarning Qur`onning ba`zi oyatlari yoki so`z-iboralarining botiniy ma`nolari tafsiri o`rin olgan asarlari ham ishoriy uslubdagi tafsirlar orasida alohida ahamiyatga ega. Masalan, buyuk olim Hakim at-Termiziy (820-932)ning «G`avr al-umһr» asarida Qur`ondagi suralar boshida keladigan alohida harflar, «Fotiha» surasidagi  «Ihdinā aǖ-ǖirāt al-mustaqҝm», «Nur» surasidagi «Allāhu nһr as-samāvāt va-l-arǘ» oyatlarining ishoriy tafsiri o`rin olgan[31]. Alloma o`zining «Taңǖҝl naǜā’ir al- Qur’ān» asarida Qur`onda ishlatilgan 80 ta so`zning lug`aviy va yashirin ma`nolarini ochib bergan[32].

 

 

Muallif: Gulnoza Saidova

mulakat