IT Newsy 4 - шаблон joomla Видео

MUROJAATLAR

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 5
Yakunlangan 2
Qayta ishlash jarayonida 3
Rad etildi 0
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 10
Yakunlangan 10
(22.05.2017 yil holatiga)

TASHRIFLAR TAHLILI

10850
BugunBugun1045
KechaKecha1220
Bu hafta	Bu hafta 9197
Bu oyBu oy10850
Hammasi bo'libHammasi bo'lib10850

TASHRIFLAR ON-LINE

We have 2110 guests and no members online

Tashkent Islamic University Motto ///// “YUKSAK MA’NAVIYAT, QADRIYATLAR UYG’UNLIGI VA BAG’RIKENGLIK” ///// ///// «ВЫСОКАЯ ДУХОВНОСТЬ, ГАРМОНИЯ ЦЕННОСТЕЙ И ТОЛЕРАНТНОСТЬ» ///// ///// “HIGH SPIRITUALITY, HARMONY OF VALUES AND TOLERANCE

O’zbekistonning Tas-IX tarmog’i

     Butun jahon global tarmog‘i. U davlat, ta’lim, tijorat, harbiy va korporativ tarmoqlarni birlashtirib, ma’lumotlarni uzatish protokoliga asoslangan.    Ommaviy yoki xususiy ravishda yuqori darajali kommunikatsiya xizmatlarini ta’minlovchi global axborot tizimi. Uning qismlari IP protokoliga asoslangan noyob manzil makoni orqali o‘zaro bog‘liqdir. Butun dunyoni qamrab olgan o‘zaro bog‘liq komp’yuter tarmoqlari to‘plami. Internet, barchasi IP protokolidan foydalanuvchi komp’yuterlar, elektron pochtasi, e’lonlar doskalari, ma’lumotlar bazalari va mulohaza guruhlaridan va boshqa ko’pkina tizimlardan erkin foydalanishni ta’minlaydi.

   Internet-International — xalqaro va  net — tarmoq  so‘zlaridan olingan. Internet bir rangli tarmoq hisoblanadi, ya’ni tarmoqdagi barcha komp’yuterlar bir toifali bo‘lib, istalgan komp’yuter tarmoqdagi boshqa komp’yuterga ulanishi mumkin.

   Internet olamida «sirli» atamalar juda ham ko‘plab uchraydi. Shulardan biri – Tas-IX.  O’zbekistonning «Tas-IX» atamasidagi «Tas» qisqartmasi «Toshkent» ni anglatadi. Internet trafigi almashinuv nuqtasi yaratilishi haqida kelishuv qabul qilingan joy – Toshkent shahri. «IX» esa, ingliz tilidagi «Internet eXchange Point» – «Internet almashinuv nuqtasi» iborasidan olingan. Umumiy izohlaganda, Toshkentdagi Internet orqali ma’lumotlar almashinuv nuqtasi deb ta’riflasak bo‘ladi.  «Tas-IX»  ning nuqtasi 244 ATS da joylashgan. Unda bor yo’gi 4 ta hodim ishlaydi.

   «Tas-IX» g‘oyasi qachon tug‘ildi? Unga nima turtki bo‘lgan? Hammaga ma’lumki dastlab Internetga ulanish Dial-up modemlar orqali amalga oshirilar edi. Bunda o’zog‘i bilan 32 Kb/s yoki 56 Kb/s tezlikni ta’minlash mumkin bo‘lgan. (Tezlikninig yaxshi yoki yomonligi bevosita ATSlarga ham bog’liq bo’ladi). Vaqt o’tishi bilan Internet texnologiyalari taraqqiy eta borgach, provayderlar ommaviy ravishda Internetga kengpolosali (ADSL) ulanishni taqdim eta boshladilar. Yurtimizda 150 dan ziyot provayderlar mavjud ularning eng mashxurlari UZNET, UCELL, BEELINE, TPS, EVO, SARKOR TELEKOM, INFONET, SHARQ TELEKOM, EAST TELECOM, INFORM SERVIS TV,      CHIRKOM, UZBEKTELECOM, CRON TELECOM,            S-LINK, ARS-INFORM va boshqalar. 2004 yildan ADSL texnologiyasi O’zbekistonda keng qo‘lamda qo‘llanila boshlandi. Ushbu texnologiya ham telefon simi orqali aloqaga asoslangan, lekin ADSL-modem ishlatilganda, ma’lumotlarni uzatish telefon signali «ustidan» o‘tadi, shu bois bir vaqtning o‘zida telefonda suhbatlashish ham, Internetdan foydalanish ham mumkin.

   Shu tufayli foydalanuvchilar ishlatadigan trafik hajmi keskin kengaydi. Uning o‘sishi UZNETni dunyo bilan bog‘lab turuvchi tashqi kanalning cheklanganligiga borib taqaldi. Uznet ichidagi saytlarga ulanish ham tashqi kanal orqali amalga oshirilardi.  Kanalni ikki barobar ko‘p–ham kirish, ham chiqishda band qilardi. Misol tariqasida aytsak, siz biror saytga murojaat yuborsangiz www.tiu.uz degan saytga (kirmoqchi bo‘lsangiz), u sayt yurtimizdagi Uzinfocom (www.dc.uz) serverlarda joylashgan bo‘lsa ham, baribir tashqi xalqaro tarmoqqa chiqib, so‘ng yana ortga qaytib, kerakli saytga yetib borardi. Tashqi Internetga chiqish kanali hajmi esa, cheklangan. Har bir megabayt uchun ancha pul to’lanadi. Shu tufayli, o‘zimizdagi saytlarga kirish ham sekin kechadigan bo‘lib qolgandi.

    Mana shu vaziyat O‘zbekiston provayderlarining Uznet ichida trafik almashish nuqtasini yaratish uchun o‘z kuchlarini birlashtirishlariga sabab bo‘ldi. Maqsad – yurtimizdagi bir provayder (masalan, Sharq telecom) mijozlari boshqa mahalliy provayder (masalan, Uznet)da xostingda turgan saytga tashqi kanal orqali emas, balki o‘zimizning trafik almashish nuqtamiz orqali kirishlarini ta’minlash edi. Birgalikdagi sa’y-harakatlar natijasida, 2004 yil 24 oktyabrda Tas-IX tashkil topdi.

     Tas-IXning dastlabki ishtirokchilari mamlakatimizdagi beshta provayder bo‘lgan. Hozirda esa, ularning soni 48 nafarga yaqinlashib qoldi. O‘tgan sakkiz yil ichida Uznet ma’lumotlar bilan boyidi. Har qanday qiziqish, har qanday maqsadlardagi foydalanuvchi uchun manfaatli saytlar yaratildi. Natijada, 2004 yilda provayderlar faoliyatida tashqi trafik 95 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, hozirda ko‘pgina foydalanuvchilar haftalab o‘zimizning saytlar bo‘ylab «sayohat» (serfing) qiladilar.

2005 yilda o’z ishini boshlagan if.uz Internet fistevalni misol keltirsak bo’ladi. Fan va ta'lim sohasida eng yaxshi sayt, OAV sohasidagi eng yaxshi sayt, Davlat boshqaruvi sohasidagi eng yaxshi sayt, Eng yaxshi tematik sayt,Madaniyat va sport sohasida eng yaxshi sayt, Tibbiyot va sog‘liqni saqlash sohasidagi eng yaxshi sayt, Tarmoq servislari sohasidagi eng yaxshi sayt, Eng yaxshi korporativ sayt, Sayyohlik va mintaqaviy-o‘lkashunoslik sohasida eng yaxshi sayt, Eng yaxshi shaxsiy sahifa nominatsiyalari mavjud.

 «Og‘ir» kontentlar – filmlar, musiqa ko‘paydi, ularni katta tezlikda yuklab olish mumkin bo‘ldi. Ko‘plab qiziqarli tematik, shaxsiy, koporativ saytlar, bloglar, ijtimoiy tarmoqlar yuzaga keldi. Masalan: Ziyo.uz, Muslim.uz, Ziyonet.uz, Edu.uz va boshqalar.

    Deyarli barcha provayderlar Tas-IX dagi saytlarga kirishni tarifga qo‘shmaydilar, Bu xizmatni bepul taqdim etadilar. Uznetdan tashqariga chiqilmasa, ma’lumotlardan bepul va maza qilib uzoq foydalanish mumkin.

Lekin EVO internet provayderi negadir Tas-IX tizimiga ulangan bo’lsada Tas-IX ni hisoblamaydi. Bu degani tashqi kanalda yursangiz ham ichki kanalda yursangiz baribir megabayt uchun pul to’lashimizga to’g’ri keladi.

Darhaqiqat, sayt .uz domenida bo‘lsa, demak Tas-IXda bo‘ladimi, deb ko‘p so‘rashadi. .Uz domenli saytda bizda joylashgan bo‘lishi ham, shuningdek, Rossiya,  AQSh yoki boshqa xorijiy davlatda bo‘lishi ham mumkin. Masalan Islom.uz sayti domeni uz lekin hostingi AQSh da joylashgan. Shu bilan birga, boshqa domen nomlariga ega saytlar Ba’zi davlatlarda bu borada qat'iy cheklovlar bor. Masalan, Qozog‘istonda .kz domenli saytlar faqat Qozog‘iston ichidagi xostinglardan foydalanishi belgilab qo‘yilgan.  Qonunlar qabul qilingan.

   Siz kirmoqchi bo‘lgan sayt Tas-IXda joylashganmi yoki yo‘qligini bilish uchun turli xil xizmatlar mavjud. Ularning eng birinchisi va mashhuri SHARQ TELECOM provayderida bo‘lib, https://st.uz/ manzilida joylashgan. Ushbu sahifadagi darchaga sayt manzilini yozsangiz, darhol sayt Tas-IXda yoki tashqi Internetda joylashgani haqida javob chiqadi. Tas-IXda joylashgan bo‘lsa, bemalol kirishingiz mumkin, hisobingizdan pul yechib olinmaydi.

   www.uz Top-reytingida ham Tas-IXda joylashgan saytlar ko‘rsatib qo‘yilgan – ular alohida belgilab qo‘yilgan. Yashil ranglarda Tas-IX belgisini ko’rishingiz mumkin.

   O‘z saytlarini tashkil etayotgan veb dasturchilarga Tas-IXda joylashtirishni maslahat bergan bo‘lardik. Buning bir necha sababi bor. Birinchidan, hali aytganimizdek, saytga kirish O‘zbekiston aholisi uchun bepul bo‘ladi. Ya’ni tashqi tarmoqda siznikiga o‘xshash resurs bo‘lsa ham, foydalanuvchilar sizning saytingizga kirishni moliyaviy jihatdan ma’qul deb topishadi.

   Masalan, SHARQ TELECOM provayderining interaktiv hizmatlarini ko’rib chiqsak bo’ladi. Ushbu provayder o’zlarining mijozlariga doimo g’amxo’rlik qilib kelmoqda.

myStream-Yangiliklar, ob-havo ma'lumoti, pochta, “Sharq Telekom” abonenti shaxsiy kabineti ajoyib uyg`unligi va juda ko`p boshqa qiziqotlar. Web-serfing hisoboti boshlanish nuqtasi.

myForum-Turli mavzularda muloqotlashish imkoniyatini Sizga taklif etamiz, so`nggi dunyo habarlari haqida muloqot olib borish, qiziqarli suxbatdoshlarni topish, bir so`z bilan aytganda vaqtni foydali va maroqli o`tkazish.

myMail — “Sharq Telekom” kompaniyasi abonentlari uchun bepul pochta xizmati.

myMusic-Barcha eng so`nggi va eng yaxshi treklar va kliplar shu erda! Tanlang, tinglang, yuklab oling. Do`stlaringiz va dugonalaringizni ham olib keling, musiqa xammaga etadi!

myFilms-Xilma-xil ijodiy, xujjatli, multiplikasion filmlar va seriallar yig`masi.

mySoft-Komp’yuteringiz uchun eng mashxur, qulay va foydali programmalar yig`masi. Mediapleerlar va antiviruslar, foto va videoredaktorlar, brauzerlar va pochta klientlari, mobil soft va operativ sistemalar xilma-xilligi.

myGames-E'tiboringizga so`nggi o`yin yangiliklari, videoobzorlar, anonslar, treylerlar va xohlaganingiz o`yinlar yig`masini taklif etamiz.

myFolder-Fayllaringiz virtual saqlanadigan joy, qaysiki bularni Siz dunyo bo`ylab do`stlaringiz bilan engilgina almashishingiz mumkin.

myBook-Bizning kitob portalimiz o`zini takomillashtirish uchun vaqtni ayamaydiganlar uchun maxsus yaratilgan. Kutubxonamiz virtual polkalarida Siz sevimli yozuvchilaringiz kitoblarini, sevimli bo`lmagan va kerak bo`lsa butkul notanish yozuvchilar kitoblarini topasiz. Kitob shkaflaridagi tonna changlarsiz o`qimishli bo`lasiz!

myFace-O`z shaxsiy virtual fotoalbomingizni yarating va suratlaringiznido`stlaringiz va yaqinlaringizga ko`rsating! Bu tez, oson va qulay.

myRadio-Nima tinglashni bilmayabsizlarmi? Pleeringiz batareyasi o`tirdimi? Xamma yaxshi musiqalar tugadimi? Bu erda bular juda ham ko`p va Siz bilan baxam ko`rishishdan xursand bo`lamiz!

myChat-Jonli muloqotni sevuvchilar uchun chat! Davomiy muloqot uchun bu erda barcha sharoitlar yaratilgan.

  Yuqoridagi hizmatlar bepul, yani qancha Mb, Gb ko’chirsangiz hisobingizdan bul echib olinmaydi.

 Ikkinchidan, Tas-IX ichidagi tezlik tashqi kanaldagiga qaraganda ancha katta. Ko’pgina provayderlar Tas-IX tezligini 2-mb\s va undan ham yuqori tezliklarda hizmat ko’rsatishmoqda. Bu ham foydalanuvchilarni jalb qiluvchi asosiy omil.

   Uchinchidan, tashqi kanal ba’zida «tushib» ketadi va tashqi saytlarga kirib bo‘lmay qoladi. Masalan provayderlarning saytlarida Vnimaniyu abonentov! V svyazi s vneplanovыmi rabotami na territorii Rossii: 20.08.2014g. s 01:00 do 07:10 (TShK) vozmojno uхudshenie kachestva uslugi Internet.  Ichki resurslar esa, muntazam faoliyat yuritadi. Bu o’z navbatida $ tejashga olib keladi.

 

 

 

Muallif: Toshkent islom universiteti Informatika va axborot texnologiyalari kafedrasi o’qituvchisi Alimjon Dadamuhamedov

mulakat