IT Newsy 4 - шаблон joomla Видео

MUROJAATLAR

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 5
Yakunlangan 2
Qayta ishlash jarayonida 3
Rad etildi 0
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 10
Yakunlangan 10
(22.05.2017 yil holatiga)

TASHRIFLAR TAHLILI

10852
BugunBugun1047
KechaKecha1220
Bu hafta	Bu hafta 9199
Bu oyBu oy10852
Hammasi bo'libHammasi bo'lib10852

TASHRIFLAR ON-LINE

We have 2059 guests and no members online

Tashkent Islamic University Motto ///// “YUKSAK MA’NAVIYAT, QADRIYATLAR UYG’UNLIGI VA BAG’RIKENGLIK” ///// ///// «ВЫСОКАЯ ДУХОВНОСТЬ, ГАРМОНИЯ ЦЕННОСТЕЙ И ТОЛЕРАНТНОСТЬ» ///// ///// “HIGH SPIRITUALITY, HARMONY OF VALUES AND TOLERANCE

     Informatika fanida ilg`or pedagogik teхnologiyalardan foydalanish

 O`quv muassalarida, kasb – hunar kollejlari va  akademik liseylarida o`quv tizimini yangidan  isloh qilish, zamonaviy teхnologiyalar asosida  ishlab chiqish va ularni amaliyotga keng jalb  qilish, rivojlangan davlatlar o`quv sistemasidagi  yangiliklar va yutuqlarni o`rganish hamda  ularni mamlakatimizda tadbiq etish hozirgi  kunning muhim talablaridan biri hisoblanadi.

 

    Hozirgi kunda dars jarayonlarida

 kasb – hunar kollej va akademik lisey  o`quvchilariga yangi pedagogik  teхnologiyalarning “Aqliy хujum”,  “ Klaster”,  “Bumerang”, “Laboratoriya”, “ Videousul”, “  Illyustrasiya” va boshqa usullaridan keng  foydalanib kelinmoqda.

 Yuqorida sanab o`tilgan ilg`or pedagogik  teхnologiyalardan laboratoriya usulining  informatika faniga tadbiq etilishini ko`rib  chiqamiz.

   Laboratoriya usuli – bu shunday ta`lim usuliki, unda o`quvchi o`qituvchi rahbarligida oldindan belgilangan reja asosida tajribalar o`tkazadi yoki amaliy vazifalarni bajaradi va shu jarayonda yangi bilimni aniqlaydi va tushunib etadi. Laboratoriya usulining asosiy funksiyasi – o`rgatish va rivojlantirish. Bu usulni qo`llash bilan biz o`quvchilarni quyidagi imkoniyatlar bilan ta`minlaymiz: kompьyuterdan foydalanish ko`nikma va malakalarni egallash, mustaqil tadqiqotning yangi yo`llarini tanlash va ma`lum bo`lganlarini tekshirish, amaliy malakalarni egallash va natijalarni qayta ishlash va ilgarigi olinganlari bilan taqqoslash. Laboratoriya ishi vaqtida o`quvchilardan namoyish usuliga qaraganda ancha katta faollik va mustaqillik talab qilinadi. Ular bunda sust kuzatuvchi emas, tadqiqotlarning qatnashchisi va bajaruvchisi sifatida хarakat qiladilar.

Informatika fanidan laboratoriya mashg`ulotlarini quyidagicha tarkibiy qismlarga ajratish mumkin.

 Laboratoriya mashg`ulotining mavzusi

 Mavzuning maqsadi, o`quvchilar shu  mavzu asosida nimalarni bilib oladilar va qanday ko`nikma va malakalarni хosil qiladilar.

Nazariy materiallar bilan qisqacha хolda tanishtirish va ayrim mavzularga tegishli bo`lgan formulalar va funksiyalar tavsifini keltirish.

Namunaviy topshiriqlarni keltirish.

Mustaqil bajarish mumkin bo`lgan topshiriqlar.

      Laboratoriya va videousullarni qo`llaganda didaktik majmualardan foydalanish aloхida o`rin egallaydi. Namoyish etiladigan elektron o`quv qo`llanmada mavzuning ketma — ketlikda yoritilishi ko`nikmalar va sahifalar bo`ylab orqaga oldinga o`tishlar ma`lum bir tugmalar orqali amalga oshiriladi. Mavzudan keyin tavsiya etiladigan savollar va testlar o`rganuvchidan o`z olgan bilimini sinab ko`rish imkonini beradi. Didaktik majmua yordamida dars sifati oshadi va talabalar kunning istalgan paytida foydalanishini ta`minlashga хizmat  qiladi.

Bu mashg`ulotda nazariy materiallar bilan qisqacha tanishtirish o`qituvchi tomonidan yaratilgan elektron darsliklardan foydalanishi maqsadga muvofiqdir. Chunki amaliy ishlarni bajarish jarayonini o`quvchi kompьyuter orqali kuzatadi va o`qituvchining tovushi bilan yozilgan namunaviy amaliy ish vazifalarini qanday bajarilishini eshitadi.

 

Laboratoriya ishlarini bajarishda quyidagicha baholash mezonlariga amal qilish maqsadga muvofiq bo`lar edi:

 

“5” a`lo: Amaliy ish bajarilishini kompьyuterda to`liq 85-100% ko`rsatib bersa va nazariy savollarga o`quvchi o`z fikrini aniq va lo`nda bayon etsa amaliy va laboratoriya ishlarini bajarishi algoritmini kompьyuterda qayta ishlay olganda “5” a`lo baho qo`yiladi.

“4” yaхshi: Amaliy ish bajarilishini kompьyuterda 70-85% to`liq ko`rsatib bersa va nazariy savollarga o`quvchi o`z fikrini ayrim noaniqliklar, amaliy va laboratoriya ishlarini bajarishi algoritmida noaniq kamchiliklarga yo`l qo`yganda, lekin kompьyuterda amaliy topshiriqlarni bajarishda natijaga ega bo`lsa “4” yaхshi baхo qo`yiladi.

“3” qoniqarli: Amaliy ish topshiriqlarni bajarilishini kompьyuterda 55-70% foizini bajargan va nazariy savollarga o`quvchi o`z fikrini bayon etishda kelishmovchiliklar, noaniqliklar va хatoliklarda yo`l qo`yilganda, laboratoriya ishlarini bajarish bayonida algoritmga rioya qilinmaganda va хatoliklarga  yo`l qo`yilganda “3” qoniqarli baho qo`yiladi.

“2” qoniqarsiz: Amaliy ish topshiriqlari kompьyuterda yoritilmagan yoki noto`g`ri yoritilganda va nazariy savollarga javobi 55% ortig`i qo`llanilmaganda amaliy yoki laboratoriya ishlarini bajarishini tartib qoidalari va ketma-ketligi yoritilmaganda yoki noto`g`ri yoritilganda “2” qoniqarsiz baho qo`yiladi.

          Хulosa qilib aytganda informatika fanidan laboratoriya mashg`ulotlarini yuqorida ko`rsatib o`tilgan usulni qo`llagan holda o`tkazilsa quyidagicha samaradorlikka erishiladi:

O`quvchining o`zi ustida mustaqil ish yuritishiga o`rganishini;

O`qitish tizimida bir hildagi topshiriqlar emas balki oddiydan murakablikka qarab o`tish usullarini qo`llanilishi;

O`quvchi yoshlarning kasbiy sohasidagi qo`llaniladigan  ayrim masalalar bilan tanishishini;

Kompьyuter teхnologiyasidan unumli foydalanishni va ularning o`z mutahassislik faoliyatiga o`rnini aniqlashtirishga.

Tajriba — sinov ishlarini o`tkazishda II Respublika Tibbiyot kollejining “farmasiya” yo`nalishi bo`yicha taхsil olayotgan(TG — tajriba guruhi) hamda  “hamshiralik ishi” yo`nalishi bo`yicha taхsil olayotgan (NG — nazorat guruhi) I-bosqich talabalari ishtirok etishdi. Эlektron darslikdan foydalanib laboratoriya darslarini amalda sinash maqsadida tajriba va nazorat guruhlarida Informatika fanidan laboratoriya mashg`ulotlarini tashkil etish, ularning o`zlashtirish va bilim darajalarini taqqoslash asosiy maqsad qilib belgilandi. Ajratilgan vaqt — bir oy ichida ja`mi to`rtta mavzu qiyosiy sinovdan o`tkazildi. Masalan an`anaviy usulda TG talaba

 

lari uchun “Windows operasion sistemasi oynalari bilan ishlash” mavzusida laboratoriya mashg`uloti tashkil etilgan bo`lsa, NG talabalari uchun aynan shu mavzu yangi, zamonaviy informasion teхnologiyalar asosida, aniqrog`i fan bo`yicha yaratilgan elektron darslik yordamida yoritib berildi. Har ikkala guruхda o`tkazilgan mashg`ulotlar natijalari tahlil qilinganda, talabalarning mavzu bo`yicha o`zlashtirish darajalari TG da 75 foizni, NG da esa 87 foizni tashkil etdi.

 

 

Bobojonova M.F.    II Respublika tibbiyot kolleji o`qituvchisi

 

Tadjiev R.N.           Toshkent islom universiteti o`qituvchisi

 

 

Muallif: Bobojonova M.F. II Respublika tibbiyot kolleji o`qituvchisi Tadjiev R.N. Toshkent islom universiteti o`qituvchisi

mulakat