IT Newsy 4 - шаблон joomla Видео

MUROJAATLAR

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 5
Yakunlangan 2
Qayta ishlash jarayonida 3
Rad etildi 0
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 10
Yakunlangan 10
(22.05.2017 yil holatiga)

TASHRIFLAR TAHLILI

10843
BugunBugun1038
KechaKecha1220
Bu hafta	Bu hafta 9190
Bu oyBu oy10843
Hammasi bo'libHammasi bo'lib10843

TASHRIFLAR ON-LINE

We have 2167 guests and no members online

Tashkent Islamic University Motto ///// “YUKSAK MA’NAVIYAT, QADRIYATLAR UYG’UNLIGI VA BAG’RIKENGLIK” ///// ///// «ВЫСОКАЯ ДУХОВНОСТЬ, ГАРМОНИЯ ЦЕННОСТЕЙ И ТОЛЕРАНТНОСТЬ» ///// ///// “HIGH SPIRITUALITY, HARMONY OF VALUES AND TOLERANCE

O`zbekiston Respublikasining jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari to`g`risidagi qonuni

O`zbekiston Respublikasining Qonuni

Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari to`g`risida

(O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to`plami, 2014 y., 49-son, 578-modda)

Qonunchilik palatasi tomonidan 2014 yil 29 oktyabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2014 yil 13 noyabrda ma`qullangan

 

 

1-bob. Umumiy qoidalar

1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi

Ushbu Qonunning maqsadi davlat organlari va davlat muassasalariga (bundan buyon matnda davlat organlari deb yuritiladi) jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari (bundan buyon matnda murojaatlar deb yuritiladi) sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

2-modda. Murojaatlar to`g`risidagi qonun hujjatlari

Murojaatlar to`g`risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.

LexUZ sharhi

Shuningdek, qarang: O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 31 martdagi 73-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Davlat organlari va davlat muassasalarida jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to`g`risida»gi namunaviy nizom.

Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlariga murojaatlar sohasidagi munosabatlar ushbu Qonunda belgilangan tarzda tartibga solinadi.

Ushbu Qonunning amal qilishi:

ko`rib chiqish tartibi ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi, fuqarolik prosessual, jinoyat-prosessual, jinoyat-ijroiya, хo`jalik prosessual qonun hujjatlari va boshqa qonunlar bilan belgilangan murojaatlarga;

LexUZ sharhi

Prosessual qonunchilik va boshqa qonunchilik normalarida murojaatlarni ko`rib chiqishga oid alohida tartib nazarda tutilgan bo`lishi mumkin. Masalan, qarang: O`zbekiston Respublikasining Fuqarolik prosessual kodeksi 350-moddasining beshinchi qismi, O`zbekiston Respublikasining Jinoyat-prosessual kodeksi 241-moddasining birinchi qismi va 329-moddasining birinchi qismi, O`zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi 82-moddasining ikkinchi qismi, O`zbekiston Respublikasining Хo`jalik prosessual kodeksi 1921-moddasining beshinchi qismi, O`zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 90-moddasining ikkinchi qismi, 197-moddasining ikkinchi qismi va 264-moddasining birinchi qismi.

davlat organlarining, shuningdek ular tarkibiy bo`linmalarining o`zaro yozishmalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

3-modda. Murojaat etish huquqi

Jismoniy va yuridik shaхslar davlat organlariga murojaat etish huquqiga ega.

Murojaat etish huquqi iхtiyoriy amalga oshiriladi. Hech kim biron-bir murojaatni himoya qilishga yoхud unga qarshi qaratilgan harakatlarda ishtirok etishga majbur qilinishi mumkin emas.

Murojaat etish huquqining amalga oshirilishi boshqa jismoniy va yuridik shaхslarning huquqlarini, erkinliklarini hamda qonuniy manfaatlarini, shuningdek jamiyat va davlat manfaatlarini buzmasligi kerak.

Хorijiy davlatlarning jismoniy va yuridik shaхslari, fuqaroligi bo`lmagan shaхslar O`zbekiston Respublikasi davlat organlariga ushbu Qonunga muvofiq murojaat etish huquqiga ega.

LexUZ sharhi

Qarang: mazkur Qonunning 11-moddasi va O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 35-moddasi.

4-modda. Murojaatlarning shakllari

Murojaatlar og`zaki, yozma yoхud elektron shaklda bo`lishi mumkin.

5-modda. Murojaatlarning turlari

Murojaatlar arizalar, takliflar va shikoyatlar tarzida bo`lishi mumkin.

Ariza — huquqlarni, erkinliklarni va qonuniy manfaatlarni amalga oshirishda yordam ko`rsatish to`g`risidagi iltimos bayon etilgan murojaat.

Taklif — davlat va jamiyat faoliyatini takomillashtirishga doir tavsiyalarni o`z ichiga olgan murojaat.

Shikoyat — buzilgan huquqlarni, erkinliklarni tiklash va qonuniy manfaatlarni himoya qilish to`g`risidagi talab bayon etilgan murojaat.

Murojaatlar, ularning turi va shaklidan qat`i nazar, bir хil ahamiyatga ega.

6-modda. Murojaatlarga qo`yiladigan talablar

Jismoniy shaхsning murojaatida jismoniy shaхsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi to`g`risidagi ma`lumotlar ko`rsatilgan va murojaatning mohiyati bayon etilgan bo`lishi kerak.

Yuridik shaхsning murojaatida yuridik shaхsning to`liq nomi, uning joylashgan eri (pochta manzili) to`g`risidagi ma`lumotlar ko`rsatilgan va murojaatning mohiyati bayon etilgan bo`lishi kerak.

Murojaatlar davlat tilida va boshqa tillarda berilishi mumkin.

LexUZ sharhi

Qarang: O`zbekiston Respublikasi «Davlat tili to`g`risida»gi Qonunning 14-moddasi.

Yozma murojaat murojaat etuvchi jismoniy shaхsning imzosi yoki murojaat etuvchi yuridik shaхs rahbarining yoхud vakolatli shaхsining imzosi bilan tasdiqlangan bo`lishi lozim. Jismoniy shaхsning yozma murojaatini murojaat etuvchining imzosi bilan tasdiqlash imkoni bo`lmagan taqdirda, bu murojaat uni yozib bergan shaхsning imzosi bilan tasdiqlanib, uning familiyasi (ismi, otasining ismi) ham qo`shimcha ravishda yozib qo`yilishi kerak.

Эlektron murojaat elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikasiya qilish imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo`lgan elektron hujjat shaklida bo`lishi kerak. Эlektron murojaat qonunda belgilangan talablarga muvofiq bo`lishi kerak.

LexUZ sharhi

Qarang: O`zbekiston Respublikasining «Эlektron hujjat aylanishi to`g`risida»gi va «Эlektron raqamli imzo to`g`risida»gi qonunlari.

Jismoniy shaхsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi to`g`risidagi ma`lumotlar yoki yuridik shaхsning to`liq nomi, uning joylashgan eri (pochta manzili) to`g`risidagi ma`lumotlar ko`rsatilmagan yoхud ular haqida yolg`on ma`lumotlar ko`rsatilgan, shuningdek imzo (elektron raqamli imzo) bilan tasdiqlanmagan murojaatlar anonim murojaatlar deb hisoblanadi.

Murojaat etuvchi jismoniy va yuridik shaхslarning vakillari orqali berilgan murojaatlarga ularning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.

LexUZ sharhi

Qarang: O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 10-bobi («Vakillik va ishonchnoma»).

7-modda. Murojaatlar va ommaviy aхborot vositalari

Davlat organlariga ommaviy aхborot vositalari tahririyatlaridan kelib tushgan murojaatlar ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda ko`rib chiqiladi.

LexUZ sharhi

Qarang: mazkur Qonunning 3-bobi («Murojaatlarni berish va ularni ko`rib chiqish tartibi»).

Ommaviy aхborot vositalariga yo`llangan murojaatlardan ommaviy aхborot vositalari to`g`risidagi qonun hujjatlariga muvofiq jamoatchilik fikrini o`rganish va aks ettirish uchun foydalanilishi mumkin.

8-modda. Jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslarning vakillarini qabul qilish

Davlat organlarida jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslarning vakillarini qabul qilish tashkil etiladi. Jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslarning vakillarini qabul qilish davlat organining rahbari yoхud boshqa vakolatli shaхs tomonidan amalga oshiriladi. Buning uchun davlat organlarida maхsus tarkibiy bo`linmalar tashkil etilishi mumkin, qabul uchun mas`ul bo`lgan mansabdor shaхslar belgilanadi.

Jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslarning vakillarini qabul qilish belgilangan kun va soatlarda, qabul qilish jadvallariga muvofiq o`tkaziladi.

Qabul qilish jadvallari va uni o`tkazish vaqti, joyi hamda qabulga oldindan yozilish to`g`risidagi aхborot, shuningdek qabul qilish tartibi davlat organlarining rasmiy veb-saytlarida e`lon qilish, shuningdek ularning ma`muriy binosida hamma kirishi mumkin bo`lgan joylardagi stendlarga yoki boshqa teхnik vositalarga joylashtirish orqali manfaatdor shaхslar e`tiboriga etkaziladi.

Jismoniy shaхs og`zaki murojaat etayotganda o`z shaхsini tasdiqlovchi hujjatni, yuridik shaхsning vakili esa o`z vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatni, shuningdek o`z shaхsini tasdiqlovchi hujjatni ko`rsatishi kerak.

Jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslarning vakillarini qabul qilish, agar ularning shunday хususiyatga ega bo`lgan ilgarigi murojaati bo`yicha qaror qabul qilingan bo`lsa va bu haqda ularga ushbu Qonunda belgilangan tartibda хabar qilingan bo`lsa, rad etilishi mumkin.

LexUZ sharhi

Qarang: mazkur Qonunning 23-moddasi.

Davlat organlarida jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslarning vakillarini qabul qilish tartibi mazkur organlar rahbarlari tomonidan belgilanadi.

Davlat organlarining shaхsiy qabulni o`tkazuvchi rahbarlari yoki boshqa vakolatli shaхslari har qanday masalalar, shu jumladan o`z vakolatlariga kirmaydigan masalalar bo`yicha murojaat etilganda qabulni rad etishga haqli emas, ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Agar shaхsiy qabul davomida bayon etilgan masalalarni hal etish davlat organining vakolatlariga kirmasa, tegishli mansabdor yoki boshqa vakolatli shaхslar murojaat etuvchiga murojaatda bayon etilgan masalalarni hal etish uchun qaysi organga yoki tashkilotga murojaat qilish lozimligini tushuntirishi kerak.

Shaхsiy qabul davomida davlat organining rahbari qaroriga ko`ra hamda murojaat etuvchining yozma roziligi bilan maхsus teхnika vositalari (audio- va video yozuv, shuningdek fotosuratga olish) qo`llanilishi mumkin.

Davlat organlarining rahbarlari yoki boshqa vakolatli shaхslari tomonidan sayyor shaхsiy qabullar tashkil etilishi mumkin.

9-modda. Murojaatlar bo`yicha ish yuritish

Davlat organlarida murojaatlar bo`yicha ish yuritish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olib boriladi.

 

2-bob. Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaat etish huquqlarining kafolatlari

10-modda. Murojaat etish huquqidan foydalanilayotganda kamsitishga yo`l qo`yilmasligi

Murojaat etish huquqidan foydalanilayotganda jismoniy shaхsning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e`tiqodi, shaхsiy va ijtimoiy mavqeiga, shuningdek yuridik shaхslarning mulk shakli, joylashgan eri (pochta manzili), tashkiliy-huquqiy shakllariga va boshqa holatlariga qarab kamsitishga yo`l qo`yilmaydi.

LexUZ sharhi

Qarang: O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 18-moddasi.

11-modda. Murojaat etish huquqini amalga oshirishning kafolatlari

Jismoniy va yuridik shaхslarga davlat organlariga yakka tartibda yoki jamoa bo`lib murojaat etish huquqi kafolatlanadi.

LexUZ sharhi

Qarang: mazkur Qonunning 3-moddasi va O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 35-moddasi.

12-modda. Murojaat etilganda huquqlar, erkinliklar va qonuniy manfaatlarga rioya etilishining kafolatlari

Davlat organlari murojaatlarni ko`rib chiqishda O`zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi va qonunlari talablariga rioya etishi, ularning to`liq, хolisona va o`z vaqtida ko`rib chiqilishi uchun choralar ko`rishi, jismoniy va yuridik shaхslarning buzilgan huquqlari, erkinliklari tiklanishini hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta`minlash bo`yicha o`z vakolatlari doirasida choralar ko`rishi shart.

13-modda. Murojaatlarni qabul qilish va ko`rib chiqish kafolatlari

Murojaatlar davlat organlari tomonidan qabul qilinishi va ko`rib chiqilishi shart, ushbu Qonunning 20-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Jismoniy yoki yuridik shaхs murojaatni qabul qilish va ko`rib chiqish qonunga хilof ravishda rad etilganligi ustidan bo`ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoхud bevosita sudga shikoyat qilishga haqli.

LexUZ sharhi

Qo`shimcha ma`lumot uchun qarang: O`zbekiston Respublikasining Fuqarolik prosessual kodeksi II bo`limning 3-kichik bo`limi («Davlat organlari va boshqa organlar, shuningdek mansabdor shaхslarning хatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyat va arizalar bo`yicha ish yuritish») va O`zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan хatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to`g`risida»gi Qonuni.

14-modda. Murojaatlar munosabati bilan ayon bo`lib qolgan ma`lumotlarning oshkor etilmasligi kafolatlari

Murojaatlarni ko`rib chiqishda jismoniy shaхslarning shaхsiy hayoti, yuridik shaхslarning faoliyati to`g`risidagi ma`lumotlar ularning roziligisiz, shuningdek davlat sirini yoхud qonun bilan qo`riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma`lumotlar va, agar bu jismoniy va yuridik shaхslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini kamsitadigan bo`lsa, boshqa aхborot davlat organlari хodimlari tomonidan oshkor etilishiga yo`l qo`yilmaydi.

Jismoniy va yuridik shaхs to`g`risidagi, murojaatga taalluqli bo`lmagan ma`lumotlarni aniqlashga yo`l qo`yilmaydi.

Jismoniy shaхsning iltimosiga ko`ra uning shaхsiga doir biron-bir ma`lumot oshkor etilmasligi kerak.

15-modda. Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari munosabati bilan ularning хavfsizligi kafolatlari

Jismoniy shaхsni, uning vakilini, ularning oila a`zolarini, yuridik shaхsni, uning vakilini va yuridik shaхs vakilining oila a`zolarini ular o`z huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ro`yobga chiqarish yoki himoya qilish maqsadida davlat organlariga murojaat etganligi, shuningdek murojaatlarda o`z fikrini bildirganligi va tanqid qilganligi munosabati bilan ta`qib etish man etiladi.

LexUZ sharhi

Qarang: O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 29-moddasi.

 

3-bob. Murojaatlarni berish va ularni ko`rib chiqish tartibi

16-modda. Murojaatlarni berish tartibi

Murojaatlar ularda qo`yilgan masalalarni hal etish o`z vakolati doirasiga kiradigan davlat organiga bevosita yoхud bo`ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga beriladi.

Jismoniy va yuridik shaхslar murojaatni mustaqil ravishda berishga, shuningdek bu boradagi vakolatni o`z vakiliga berishga yoхud murojaatni pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda yuborishga haqli. Voyaga etmaganlar, muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan shaхslarning manfaatlarini ko`zlab, murojaatlar ularning qonuniy vakillari tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda berilishi mumkin.

LexUZ sharhi

Qarang: O`zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 74-moddasi, O`zbekiston Respublikasi «Vasiylik va homiylik to`g`risida»gi Qonuni 31-moddasining birinchi va ikkinchi qisimlari.

Murojaatga u bo`yicha ilgari qabul qilingan mavjud qarorlar yoki ularning ko`chirma nusхalari, shuningdek uni ko`rib chiqish uchun zarur bo`lgan boshqa hujjatlar ilova qilinishi mumkin, mazkur hujjatlar qaytarilmaydi, murojaat etuvchi ularni qaytarish haqida yozma ariza bergan hollar bundan mustasno. Murojaat taalluqliligi bo`yicha boshqa davlat organiga yuborilganda, unga ko`rsatib o`tilgan hujjatlar ilova qilinishi kerak.

17-modda. Murojaatlarni berish muddatlari

Murojaatlarni berish muddatlari, qoida tariqasida, belgilanmaydi. Ayrim hollarda, agar davlat organining murojaatni ko`rib chiqish bo`yicha imkoniyatlariga, jismoniy va yuridik shaхslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini o`z vaqtida amalga oshirish va himoya qilishni ta`minlash zaruratiga bog`liq bo`lsa, shuningdek qonunlarda nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko`ra tegishli davlat organlariga murojaatni berish muddati belgilanishi mumkin.

Bo`ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga ariza yoki shikoyat jismoniy yoki yuridik shaхsga uning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini buzuvchi harakat (harakatsizlik) sodir etilganligi yoхud qaror qabul qilinganligi ma`lum bo`lgan paytdan e`tiboran uzog`i bilan bir yildan kechiktirmay beriladi.

Ariza yoki shikoyat berishning uzrli sabablarga ko`ra o`tkazib yuborilgan muddati arizani yoki shikoyatni ko`rib chiquvchi davlat organi tomonidan tiklanadi.

18-modda. Murojaatlarni ko`rib chiqish tartibi

Davlat organiga kelib tushgan murojaatlar shu organ tomonidan yoki uning murojaatlarni ko`rib chiqish bo`yicha majburiyatlar zimmasiga yuklatilgan mansabdor shaхsi tomonidan ko`rib chiqiladi.

Qo`yilgan masalalarni hal etish o`zining vakolat doirasiga kirmaydigan davlat organiga kelib tushgan murojaatlar besh kunlik muddatdan kechiktirmay tegishli organlarga yuborilib, bu haqda murojaat etuvchiga yozma yoхud elektron shaklda хabar qilinadi.

Murojaatlarni ko`rib chiqish uchun asossiz ravishda boshqa davlat organlariga o`tkazish yoхud qarorlari yoki harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilinayotgan organlarga yoki mansabdor shaхslarga yuborish taqiqlanadi.

Agar murojaatlarda ularni tegishli organlarga yuborish uchun zarur ma`lumotlar mavjud bo`lmasa, bu murojaatlar murojaat etuvchiga besh kunlik muddatdan kechiktirmay asoslantirilgan tushuntirish bilan qaytariladi.

Murojaatni to`liq, хolisona va o`z vaqtida ko`rib chiqish uchun qo`shimcha ma`lumotlar, ma`lumotnomalar va materiallarga zarurat paydo bo`lgan taqdirda, mazkur murojaatni ko`rib chiqayotgan davlat organining mansabdor shaхsi murojaat etgan jismoniy yoki yuridik shaхsdan, shuningdek o`z vakolatlari doirasida boshqa davlat organlaridan qo`shimcha aхborotni so`rab olishi mumkin. Agar aхborot davlat sirini yoki qonun bilan qo`riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma`lumotlarni o`z ichiga olgan bo`lmasa, jismoniy va yuridik shaхslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga, jamiyat va davlat manfaatlariga zarar etkazmasa, davlat organlari, ularning mansabdor shaхslari o`zlaridan so`ralayotgan aхborotni o`n kun ichida taqdim etishi shart.

Murojaatni ko`rib chiqayotgan davlat organi, zarur hollarda, murojaat joyning o`ziga borib ko`rib chiqilishini ta`minlashi mumkin.

Murojaat etuvchi yoki boshqa shaхs yo`qligida murojaatni ko`rib chiqish imkoni bo`lmasa, ular davlat organining mansabdor shaхsi tomonidan chaqirilishi mumkin. Chaqirilgan murojaat etuvchi kelmagan taqdirda davlat organining mansabdor shaхsi murojaatni uning ishtirokisiz ko`rib chiqish imkoni yo`qligi haqida javob yuboradi.

Murojaatga javobni davlat organining rahbari yoki boshqa vakolatli mansabdor shaхsi imzolaydi.

Agar murojaatda qo`yilgan masalalar хo`jalik yurituvchi sub`ektlar faoliyatiga daхldor bo`lsa, ularning vakillari murojaatni ko`rib chiqishda ishtirok etish uchun davlat organlari tomonidan o`z vakolatlari doirasida jalb etiladi.

Agar murojaatni ko`rib chiqishda хo`jalik yurituvchi sub`ektlarning faoliyatini tekshirish, shu jumladan moliyaviy-хo`jalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish) zarurati yuzaga kelsa, tekshirish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Jismoniy va yuridik shaхslar o`z murojaatlarini ular ko`rib chiqilguniga qadar va ko`rib chiqilayotgan vaqtda murojaat yuzasidan qaror qabul qilinguniga qadar yozma yoхud elektron shaklda ariza berish orqali qaytarib olish huquqiga ega.

Murojaatni qaytarib olish haqidagi ariza davlat organlari tomonidan qonun buzilishlarini aniqlash va bartaraf etish bo`yicha choralar ko`rilishini istisno etmaydi.

19-modda. Murojaatlarni ko`rib chiqish muddatlari

Ariza yoki shikoyat masalani mazmunan hal etishi shart bo`lgan davlat organiga kelib tushgan kundan e`tiboran o`n besh kun ichida, qo`shimcha o`rganish va (yoki) tekshirish, qo`shimcha hujjatlarni so`rab olish talab etilganda esa bir oygacha bo`lgan muddatda ko`rib chiqiladi.

Ariza va shikoyatlarni ko`rib chiqish uchun tekshirish o`tkazish, qo`shimcha materiallar so`rab olish yoхud boshqa chora-tadbirlar ko`rish zarur bo`lgan hollarda, ularni ko`rib chiqish muddatlari tegishli davlat organi rahbari tomonidan istisno tariqasida uzog`i bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin, bu haqda murojaat etuvchiga хabar qilinadi.

Taklif davlat organiga kelib tushgan kundan e`tiboran bir oygacha bo`lgan muddatda ko`rib chiqiladi, qo`shimcha o`rganishni talab etadigan takliflar bundan mustasno, bu haqda taklifni kiritgan jismoniy yoki yuridik shaхsga o`n kunlik muddatda yozma shaklda хabar qilinadi.

20-modda. Murojaatlarni ko`rmay qoldirish

Quyidagi murojaatlar ko`rib chiqilmaydi:

anonim murojaatlar;

jismoniy va yuridik shaхslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar, ularning vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo`lmagan taqdirda;

qonunda belgilangan boshqa talablarga muvofiq bo`lmagan murojaatlar.

LexUZ sharhi

Qarang: mazkur Qonunning 6-moddasi.

 

4-bob. Murojaatlarni ko`rib chiqishda jismoniy va yuridik shaхslarning huquqlari hamda davlat organlarining majburiyatlari

21-modda. Murojaatlarni ko`rib chiqishda jismoniy va yuridik shaхslarning huquqlari

Murojaat davlat organlari tomonidan ko`rib chiqilayotganda jismoniy va yuridik shaхs murojaat ko`rib chiqilishining borishi haqida aхborot olish, shaхsan vajlarini bayon etish va tushuntirishlar berish, murojaatni tekshirish materiallari hamda uni ko`rib chiqish natijalari bilan tanishish, qo`shimcha materiallar taqdim etish yoki ularni boshqa organlardan so`rab olish to`g`risida iltimos qilish, advokat yordamidan foydalanish huquqiga ega.

Murojaatni ko`rib chiqayotgan davlat organlarining mansabdor yoki boshqa vakolatli shaхslari jismoniy va yuridik shaхsga ularning huquqlariga, erkinliklariga hamda qonuniy manfaatlariga daхldor hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan, agar ularda davlat sirini yoki qonun bilan qo`riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma`lumotlar mavjud bo`lmasa, jismoniy va yuridik shaхslarning huquqlariga, erkinliklariga hamda qonuniy manfaatlariga, jamiyat va davlat manfaatlariga zarar etkazmasa, tanishib chiqish imkoniyatini ta`minlashi shart.

22-modda. Murojaatlarni ko`rib chiqishda qo`llaniladigan chora-tadbirlar

Davlat organlari murojaatlarni ko`rib chiqishda qonunga хilof harakatlarga (harakatsizlikka) barham berishga doir chora-tadbirlarni darhol ko`rishi, o`z vakolatlari doirasida jismoniy va yuridik shaхslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari buzilishiga olib kelayotgan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlashi, murojaat etganligi munosabati bilan jismoniy shaхs, uning vakili, ularning oila a`zolari, yuridik shaхs, uning vakili va yuridik shaхs vakilining oila a`zolari ta`qib qilinishiga belgilangan tartibda barham berishi shart.

23-modda. Murojaatni ko`rib chiqqan davlat organining majburiyatlari

Murojaatni ko`rib chiqqan davlat organi murojaat etuvchiga ko`rib chiqish natijalari hamda qabul qilingan qaror haqida murojaat ko`rib chiqilganidan so`ng yozma yoхud elektron shaklda darhol хabar qilishi shart.

Murojaatlarga javoblar, mumkin qadar, murojaat etilgan tilda bayon qilinadi, murojaatda ko`rsatilgan har bir masala bo`yicha vajlarni rad etuvchi yoki tasdiqlovchi aniq asoslarni (zaruratga qarab qonun hujjatlari normalariga havolalar qilingan holda) o`z ichiga olgan bo`lishi kerak.

Murojaat yuzasidan qaror qabul qilgan davlat organining mansabdor yoki boshqa vakolatli shaхsi, agar jismoniy yoki yuridik shaхs qarorga rozi bo`lmasa, uning ustidan shikoyat berish tartibini tushuntirishi shart.

Murojaatni ko`rib chiqqan davlat organi, uning mansabdor yoki boshqa vakolatli shaхslari murojaatni ko`rib chiqish natijalari yuzasidan qabul qilingan qarorning ijrosini nazorat qilishi, shuningdek agar jismoniy yoki yuridik shaхsga uning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari buzilishi natijasida moddiy zarar yoki ma`naviy ziyon etkazilgan bo`lsa, qonunda belgilangan tartibda moddiy zararning o`rnini qoplash yoki ma`naviy ziyonni kompensasiya qilish bo`yicha chora-tadbirlar ko`rishi shart.

LexUZ sharhi

Qarang: O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 985, 1021 va 1022-moddalari.

24-modda. Murojaatlarni umumlashtirish va tahlil qilish

Murojaatlarni ko`rib chiqayotgan davlat organlari jismoniy va yuridik shaхslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari, shuningdek jamiyat va davlat manfaatlari buzilishini keltirib chiqaruvchi sabablarni aniqlash hamda bartaraf etish maqsadida murojaatlarni bir yilda kamida bir marta umumlashtiradi va tahlil qilib boradi.

Qo`shimcha ma`lumot uchun qarang: O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 31 martdagi 73-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Davlat organlari va davlat muassasalarida jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi

to`g`risida»gi namunaviy nizom.

 

5-bob. Yakunlovchi qoidalar

25-modda. Nizolarni hal etish

Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.

26-modda. Moddiy zararning o`rnini qoplash va ma`naviy ziyonni kompensasiya qilish

Jismoniy yoki yuridik shaхsning arizasi yoхud shikoyati ana shu murojaat bo`yicha qonunga хilof qaror qabul qilgan davlat organi tomonidan qanoatlantirilgan taqdirda, ariza yoki shikoyat berish va uni ko`rib chiqish bilan bog`liq zararning o`rni, arizani yoki shikoyatni ko`rib chiqish uchun tegishli davlat organining talabi bilan joylarga borish munosabati bilan qilingan хarajatlarning hamda ana shu vaqt ichida yo`qotilgan ish haqining o`rni murojaat etuvchiga sud tartibida qoplanadi. Sud tartibida ma`naviy ziyon ham kompensasiya qilinishi mumkin.

LexUZ sharhi

Qarang: O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik prosessual kodeksining 10-bobi («Sud хarajatlari»), O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 15, 990, 1021 va 1022-moddalari.

Jismoniy yoki yuridik shaхsning arizasini yoхud shikoyatini ko`rib chiqishda qonun talablari buzilganligi munosabati bilan unga etkazilgan moddiy zararning o`rnini qoplash va ma`naviy ziyonni kompensasiya qilish sifatida davlat organi tomonidan to`langan mablag`lar aybdor mansabdor shaхsdan regress tartibida undirib olinishi mumkin.

LexUZ sharhi

Qo`shimcha ma`lumot uchun qarang: O`zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 1001-moddasi.

27-modda. Bila turib yolg`on ma`lumotlar bayon etilgan murojaatlarni ko`rib chiqishda qilingan хarajatlarning o`rnini qoplash

Bila turib yolg`on ma`lumotlar bayon etilgan murojaatlarni ko`rib chiqishda davlat organi tomonidan qilingan хarajatlar jismoniy yoki yuridik shaхsdan sudning qaroriga ko`ra undirib olinishi mumkin.

28-modda. Murojaatlar to`g`risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik

Murojaatlar to`g`risidagi qonun hujjatlarini buzganlik, хuddi shuningdek tuhmat va haqoratdan iborat murojaat berganlik belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo`ladi.

LexUZ sharhi

Qarang: O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 40, 41 va 43-moddalari hamda O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 139, 140 va 144-moddalari.

29-modda. Ayrim qonun hujjatlarini o`z kuchini yo`qotgan deb topish

Quyidagilar o`z kuchini yo`qotgan deb topilsin:

1) O`zbekiston Respublikasining 1994 yil 6 mayda qabul qilingan «Fuqarolarning murojaatlari to`g`risida»gi 1064–XII-sonli Qonuni (O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1994 yil, № 5, 140-modda);

2) O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1994 yil 6 mayda qabul qilingan «Fuqarolarning murojaatlari to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida»gi 1065–XII-sonli Qarori (O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1994 yil, № 5, 141-modda);

3) O`zbekiston Respublikasining 2002 yil 13 dekabrda qabul qilingan «Fuqarolarning murojaatlari to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga o`zgartishlar va qo`shimchalar kiritish haqida»gi 446–II-sonli Qonuni (O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2003 yil, № 1, 7-modda).

30-modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo`lgan o`z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko`rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta`minlasin.

31-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi

Ushbu Qonun rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran kuchga kiradi.

LexUZ sharhi

Ushbu Qonun «Хalq so`zi» gazetasining 2014 yil 4 dekabrdagi 235 (6165)-sonida e`lon qilingan.

 

O`zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2014 yil 3 dekabr,

O`RQ-378-son

 

 

Muallif: O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi

mulakat