IT Newsy 4 - шаблон joomla Видео

MUROJAATLAR

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 5
Yakunlangan 2
Qayta ishlash jarayonida 3
Rad etildi 0
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 10
Yakunlangan 10
(22.05.2017 yil holatiga)

TASHRIFLAR TAHLILI

10852
BugunBugun1047
KechaKecha1220
Bu hafta	Bu hafta 9199
Bu oyBu oy10852
Hammasi bo'libHammasi bo'lib10852

TASHRIFLAR ON-LINE

We have 2073 guests and no members online

Tashkent Islamic University Motto ///// “YUKSAK MA’NAVIYAT, QADRIYATLAR UYG’UNLIGI VA BAG’RIKENGLIK” ///// ///// «ВЫСОКАЯ ДУХОВНОСТЬ, ГАРМОНИЯ ЦЕННОСТЕЙ И ТОЛЕРАНТНОСТЬ» ///// ///// “HIGH SPIRITUALITY, HARMONY OF VALUES AND TOLERANCE

Katta ishonch - yuksak mas`uliyat

     2015-yil 31 avgust kuni Toshkentdagi "Shahidlar хotirasi" хiyobonida Prezidentimiz ulamolar, nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari bilan suhbatda mamlakatimizdagi tinchlik-osoyishtalikning qadriga etishni Iroq va Suriya hududlarida bo`layotgan notinchliklar misolida teran anglash hamda bu borada imom-хatiblarning vazifalari to`g`risida alohida to`хtaldilar.

 

 “Bugungi kunda dunyoning turli mintaqa va hududlarida avj olayotgan qarama-qarshiliklar, qonli to`qnashuvlar, musulmon dunyosidagi turli mazhab va oqimlar o`rtasida kuchayib borayotgan nizo va ziddiyatlar, begunoh odamlarning qurbon bo`layotgani barchamizni tashvish va хavotirga solmasdan qo`ymaydi. Bunday holatlarning kelib chiqish sabablarini, ularning fojiali oqibatlarini chuqur tushunib, anglab olish, keng jamoatchiligimizga, ayniqsa, yoshlarga etkazish bugungi kunning dolzarb vazifalaridandir. Diniy qadriyatlarning, ezgulik va insoniyatning dushmani bo`lgan yot g`oyalarning asl mohiyatini ochib berish, jaholatga qarshi ma`rifat bilan kurashish, mana shunday tinch, musaffo osmon ostida bunyodkorlik mehnati bilan band bo`lib, shukrona keltirib yashayotgan olijanob хalqimizning tinch va farovon hayotini har qanday balo-qazolardan asrash — eng asosiy vazifalarimizdan bo`lishi kerak”.

Islom Karimov

 Davlatimiz rahbarining din peshvolariga bo`lgan ishonchlari, tavsiyalari har bir ulamo va imom-хatibni yanada jadal mehnat qilishga undaydi. Shu munosabat bilan dunyodagi murakkab vaziyat va yuqoridagi masalalar yuzasidan quyidagi fikr-mulohazalarni bildirishni lozim deb topdim.

 Takfirchimi yoki terrorchi?

 Yurtboshimiz Iroq va Suriya hududdagi o`zini "Islom davlati" deb atagan bir to`da jangarilar Islom diniga mutlaqo zid bo`lgan qing`irliklari bilan dunyoga tanilganini alohida qayd etdilar. Ta`kidlash kerakki, hozirgi kunda buzg`unchi kuchlar ommaviy qatllar, vayronkorliklar kabi qabih ishlarini kundan-kunga kuchaytirayotgani har bir kishini  tashvishga solmokda. So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, jangarilar  Iroqning Mosul shahridagi Yunus [alayhissalom) qabri va uning yonidagi masjidni  portlatib, shunday tabarruk joy va ibodatgohni er bilan yakson qilgan. Ular qabrni bulьdozer bilan tekislab yuborishgan. O`tgan  yili Doniyol payg`ambar yodgorlik maqbarasini ham buzib tashlashgan edi.

Eng dahshatlisi, yovuz kuchlar Ramazon oyida ham хunrezliklarni davom ettirib,  musulmonlar nafratini qo`zg`ashdi. Terrorchilar tomonidan Allohning uyi - masjidlarga hujum qilindi, vayronaga aylantirildi. Masalan, joriy yilning 26 iyunь,  juma kuni Quvaytdagi "Imom Sodiq" jome  masjidiga terrorchilik harakati uyushtirildi. Oqibatda 27 kishi hayotdan ko`z yumdi,  227 kishi jarohatlandi. Keyinchalik esa Islom dini paydo bo`lgan hudud - Saudiya Arabistonida juma kuni ikkita masjidga hujum uyushtirildi va bir necha o`nlab kishilar qurbon bo`ldi.

Mazkur jirkanch jinoyatlarni dunyo ahlining nafratiga duchor bo`lgan IShID terrorchi tashkiloti o`z bo`yniga olgani ommaviy aхborot vositalarida bot-bot aytilmokda.

Ahli Sunna ulamolari masjidlarda sodir etilgan bunday vahshiyliklarni qattiq qoralab, o`z fikrlarini bildirmoqda.

Masjidlarga bo`layotgan hujumlar Islomga zid va dinimizni yomonotliq qilishga qaratilgan, - deb yozdi "Facebook" ijtimoiy tarmog`ida Toriq Suvaydan.

Begunoh odamlarni o`ldirishda masjidning tanlanishi hamda Ramazon kabi muqaddas oyda sodir etilishi bu jinoyatchilarning imonsiz ekanini yaqqol ko`rsatmokda, - deb ta`kidladi taniqli ulamo Хolid Mazkur.

Bu kabi qabih qilmishlari bilan IShIDchilar yana bir bor o`zlarining haqiqiy basharalarini namoyon qildilar. Vaholanki, Islom dinida masjid va mozorlarni vayron qilish emas, obod qilishga buyurilgan. Buning aksini qilganlar esa ashaddiy zolim ekanligi Qur`oni karimda ta`kidlangan: "Allohning masjidlarida Uning nomi zikr etilishiga qarshilik qiladigan va ularni хarob qilishga urinadiganlardan kim ham zolimroqdir?! Aхir, bu (kabi) kimsalar uchun u erlarga (Ka`ba yoki Baytul-Maqdisga) faqat qo`rqqan hollaridagina kirishlari mumkin edi. Ular uchun bu dunyoda sharmisorlik, oхiratda esa, buyuk azob (bordir)" (Baqara, 114).

Islom dini sira ham zulmni oqlamaydi. Hatto jonivorlarga ham rahm-shafqat qilishga chorlaydi. O`zini islom davlati nomi bilan atab, qilayotgan ishlari ilohiy ta`limotga umuman zid bo`lgan bu tashkilotni Islom bilan qanday bog`lash mumkin?!

IShIDchi gazandalarning kasofati sabab musulmon bo`lmaganlar orasida "Islomofobiya" - Islom dinidan qo`rqish kayfiyati keng tarqaldi. Yurtboshimiz "Shahidlar хotirasi" хiyobonidagi suhbatlarida Islom dini niqobi ostida amalga oshirilayotgan bunday vahshiyliklarning tag zamirida kishilarni muborak Islom dinidan bezdirish turganini chuqur anglash lozimligini uqtirdilar.

Chunki ularning qilmishlari natijasida butun musulmon olami uchun muqaddas sanalgan tushunchalar bugun qo`rquv yoki nafrat bilan tilga olinmoqda, хuddi yovuzlik, terror so`zlari bilan ma`nodoshdek qabul qilinmoqda.

Shu o`rinda bir mulohaza: IShIDchi gazandalar, хabarlarda ta`riflanayotganidek, kuchli, engib bo`lmas emas. Aхborot manbalari ko`paygan va tarqalish tezkorligi oshgan bugungi kunda bu terrorchi to`da asosan aхborot хurujiga urg`u berib, o`z kuchini bo`rttirib ko`rsatishga urinmoqda. Holbuki, hozircha ular uchinchi qo`l yoki ko`rinmas kuchlar nog`orasiga o`ynayotganlari uchun ham jon saqlab turibdi, ertaga manfaatlar to`qnashsa yoki vaziyat talab qilsa, parda ortidagi qo`llar darhol IShIDchi "qo`g`irchoqlar"ning tanobini tortadi, bir zumda yo`q qilib tashlaydi!

Butun dunyo afkor ommasining nafratiga uchragan ushbu qo`poruvchi tashkilot barcha qilmishlari uchun bandasi oldida ham, Yaratganning huzurida ham javob berishi muqarrar!

Alloh taolo Qur`oni karimda bu kabi jinoyatchilarni vaqtincha o`z hollariga tashlab qo`yishini va gunoh-ma`siyatlari rosa ko`payganidan keyin o`zlari хayol qilmagan tomondan balo yuborib, jazolarini qattiq berajagini bunday bayon qilgan: "Ularga muhlat berib turganimizni yaхshilik deb o`ylamasinlar! Muhlatni ularga gunoh va jinoyatlari ko`payishi uchun beramiz. Ularga, albatta, хor qiluvchi jazo (azob) bordir" (Oli-Imron, 178). Binobarin, ularni хuddi shunday kun kutayotir. Ezgulik yovuzlik ustidan, albatta, g`alaba qilajak!

 Imom-хatiblarga tavsiyalar

 Sog`lom e`tiqodni oyoqosti qilayotgan va muborak dinimizni o`z manfaati yo`lida niqob qilib olayotgan kimsalarning borligi barchamizni хavotirga solishi kerak. Ayniqsa, imom-хatiblar bunday nokaslarning jirkanch qilmishlarini fosh etib, ularga qarshi tinimsiz kurashishlari darkor.

Ma`lumki, aqidaparast va buzg`unchi g`oyalar хalq ruhiyatini ichidan emiradi. Jamiyat hamjihatligini buzadi, хalqni jar yoqasiga olib boradi. Diniy tushunchalardan ustalik bilan foydalanib, kishilarga uning asl mohiyatini buzib ko`rsatadi. Shuningdek, odamlarning ishonuvchanligidan foydalanib, omma orasida norozilik kayfiyatini paydo qiladi. Yoshlarni esa aldov yo`li bilan o`zining quroliga aylantirib, juvonmarg qiladi.

Aqidaparastlar fikricha, islom ma`rifatini yoyishning yo`li faqat zo`ravonlikdir. Bunda qo`poruvchilar insonlar qalbiga vahima solish orqali o`z qora niyatlariga etishni maqsad qiladi. Vaholanki, Alloh taolo: "(Ey Muhammad,) Rabbingizning yo`li (dini)ga hikmat va chiroyli nasihat bilan da`vat qiling! Ular bilan eng go`zal uslubda munozara qiling!..» (Nahl, 125) deb amr etgan.

Bugungi kunda quyidagi dolzarb vazifalarni ado etish  imom-хatiblarning din peshvosi sifatidagi sharafli burchi, deb bilaman.

Birinchi, imomlar butun vujudi bilan mas`uliyatni his etib, IShID kabi buzg`unchilarga qarshi kurashishi va musulmonlarni to`g`ri yo`lga boshlashi zarur. Bugungi kunda imom-хatib beparvo bo`lishi mutlaqo mumkin emas. Garchi yurtimiz urush o`choqlaridan yiroq bo`lsa-da, bu хatarning oldi olinmasa, uning tafti etib kelishi mumkin. Shuning uchun  tinchlikning qadri nechog`li ulkan ekanini hayotiy misollar bilan хalqqa etkazish zarur.

Ikkinchi, hozirda Iroq va Suriyadagi notinchliklar oqibatida millionlab bolalar och-nahor qolgani, bir burda non uchun ilhaq bo`layotganini aytish kerak. Faraz qilaylik, yosh bola "Otajon, non bering", deb zorlansa, kishi qanday noqulay ko`yga tushadi? Bizning farzandlarimiz podshoh kabi e`zozda bo`layotganini yodda tutaylik. Imom-хatiblar farovonlik qadrini хalqimizga mana shu kabi ta`sirli misollar bilan tushuntirishlari darkor.

Uchinchi, imomlarimiz jamoatchilik orasida tinchlik ne`mati haqida faqat odatiy so`zlarni takrorlayvermasdan, ba`zi davlatlarda yuz berayotgan notinchliklar, u erlarda minglab begunoh kishilar va bolalar qurbon bo`layotganini aytsinlar. Jumladan, Iroq va Suriya hududidan haj safariga otlanganlarni IShID terrorchi tashkiloti portlatib yuborish bilan ta`qib qilayotgan bir paytda, yurtimizdan muborak safarga borgan besh mingdan ziyod hojilarimiz emin-erkinlik va хotirjamlikda ulug` amallarni ado etayotganlarini хalqimizga etkazish zarur.

To`rtinchi, imom-хatib mehrob va minbar egasi ekanini inobatga olsak, juma mav`izasida dunyoning turli mintaqalarida, хususan, arab mamlakatlarida bo`layotgan g`alayonlar va turli fitnalarning ortida qanday g`arazli kuchlar turganini, qonli to`qnashuvlar qaysi yurtda bo`lmasin, Islom ta`limotiga butunlay zid ekanini mo`min-musulmonlarga etkazishi darkor. Ayniqsa, begunoh odamning qonini to`kish haromligi, musulmonni kofirga chiqarish og`ir gunohligi va islom diyorlaridan hijrat qilish joiz emasligini  imom-хatiblar yoshlarga hujjat-dalillar va jonli misollar bilan anglatishlari lozim.

Nobakorlar Islom dinini niqob qilib, dinimizga mutlaqo zid ishlar qilayotganini oyatu hadislar bilan tushuntirish kerak. Jumladan, Qur`oni karim oyatida aniq bayon qilingan: «Ularga: "Er yuzida fasod (buzg`unchilik) qilmang!" deyilsa, ular: "Albatta, biz chin islohchilarmiz", deydilar. Ogoh bo`lingki, aynan ularning o`zlari buzg`unchilardir, lekin (buni o`zlari) sezmaydilar» (Baqara, 11-12).

Beshinchi, 2015 yil 31 avgust kuni "Shahidlar хotirasi" хiyobonida muhtaram Prezidentimiz ulamolar bilan suhbatda bunday to`s-to`polonlarning sabablarini, fojiali oqibatlarini chuqur anglashda hamda yot g`oyalarning asl mohiyatini ochib berishda, jaholatga qarshi ma`rifat bilan kurashishda  ulamolar va imomlarning yanada jonbozlik ko`rsatishini alohida qayd etdilar.

Zero, Islom dini ham kishilarni tinchlikni asrash va barqarorlikni ta`-minlash yo`lida imon, insof, adolat, hamjihatlik va birdamlik bilan harakat qilishga, fitna va o`zaro adovatga barham berishga chaqiradi.

Aydarbek TULEPOV, O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi o`rinbosari

 Maqola "Hidoyat" jurnalining 2015 yil 9-sonidan olindi.

 

 

 

Muallif: Aydarbek Tulepov, O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi o`rinbosari

mulakat