IT Newsy 4 - шаблон joomla Видео

MUROJAATLAR

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 5
Yakunlangan 2
Qayta ishlash jarayonida 3
Rad etildi 0
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 10
Yakunlangan 10
(22.05.2017 yil holatiga)

TASHRIFLAR TAHLILI

10849
BugunBugun1044
KechaKecha1220
Bu hafta	Bu hafta 9196
Bu oyBu oy10849
Hammasi bo'libHammasi bo'lib10849

TASHRIFLAR ON-LINE

We have 2207 guests and no members online

Tashkent Islamic University Motto ///// “YUKSAK MA’NAVIYAT, QADRIYATLAR UYG’UNLIGI VA BAG’RIKENGLIK” ///// ///// «ВЫСОКАЯ ДУХОВНОСТЬ, ГАРМОНИЯ ЦЕННОСТЕЙ И ТОЛЕРАНТНОСТЬ» ///// ///// “HIGH SPIRITUALITY, HARMONY OF VALUES AND TOLERANCE

O’zbekiston va Janubiy Koreyaning iqtisodiy aloqalari, ularni rivojlantirish yo’llari va istiqbollari

    Buyuk Ipak yo‘li markazi sifatida azaldan rivojlangan O‘zbekiston bugungi kunda jadal iqtisodiy taraqqiyoti, qulay sarmoyaviy muhiti bilan dunyo mamlakatlarini o‘ziga jalb etmoqda. Jumladan, Koreya Respublikasi kabi yuksak darajada rivojlangan, ulkan iqtisodiy, innovatsion va intellektual salohiyatga ega davlatlar bilan iqtisodiy aloqalari rivojlanib bormoqda.

 

Janubiy Koreya taraqqiyotning har tomonlama o‘ylangan, uzoq muddatli strategiyasi tufayli haqli ravishda jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlarda yetakchi o‘rinlardan birini egallab kelmoqda. Ushbu davlat O‘zbekiston mustaqilligini 1991 yil 30 dekabrda tan olgan, 1992 yil 29 yanvarda diplomatik aloqalar o‘rnatgan. Bu davr mobaynida mamlakat rahbarlari o’rtasida ko’plab uchrashuvlar o’tkazildi. 2006-yilda Strategik sheriklik to’g’risida qo‘shma deklaratsiyasi imzolandi. Hozirgi vaqtda ham mamlakat rahbarlari uchrashuvlari doirasida ikki davlat munosabatlari kengayib bormoqda.

Xususan, 2014 yilning 16-18 iyun kunlari Koreya Respublikasining Presidenti Park Geun-hyening O’zbekistonga Davlat tashrifi bo’lib o’tdi. Tashrif chog’ida ikki davlat o’rtasida Strategik sherikchilikni yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish to’g’risida qo’shma deklaratsiya va moliya, investitsiya, to’qimachilik sanoati, muqobil energetika va madaniyat sohalarida o’zbek-koreys hamkorligini yanada chuquralshtirish maqsadida qator hujjatlar imzolandi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning joriy yilning yilning 27-may kuni boshlangan Koreya Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida investitsion loyihalarni amalga oshirish uchun umumiy qiymati 7.7 milliard AQSH dollaridan iborat davlatlar va hukumatlararo, hamda turli xo’jalik sub’ektlari o’rtasida shartnomalar imzolandi[1].

Davlatlar o‘rtasida parlamentlararo almashuv muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. 1995 yilda Koreya respublikasi Milliy Assambleyasida “Koreya-O‘zbekiston” do‘stlik Assosiatsiyasi tuzildi. 2005-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Koreya bilan hamkorlik bo‘yicha maxsus guruh ta‘sis etildi. 2010-yil aprelda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri D.Toshmuxamedova qisqa muddatli tashrif bilan Koreya Respublikasida bo’ldi. 2012 yil yanvarda Koreya respublikasi Milliy Assambleyasi spikeri Pak Hi Tening O‘zbekistonga tashrifi amalga oshirildi. 2013 yilda “Korea-O’zbekiston” do’stlik Assotsiatsiyasi raisi Li Je O boshchiligidagi Janubiy Korea parlamenti a’zolaridan iborat delegatsiya O’zbekistonga tashrif buyurdi.

2012 yilning 4-6 iyulida Tashqi ishlar vaziri A.Kamilov boshchiligidagi O’zbekiston Respublikasi vazirlik va idoralar delegatsiyasi “Janubiy Korea-Markaziy Osiyo” hamkorlik forumining 6-yig’ilishida va investitsion va moliyaviy forumlarda ishtirok etish uchun Seul shahriga tashrif buyurdi. 1992 yildagi Savdo bitimiga asosan eng yuqori osonlashtirilgan savdo tartibi joriy etildi. Munosabatlarning kengayishi natijasida, Koreya Respublikasi O‘zbekistonning Osiyo va Tinch okeani mintaqasidagi savdo sheriklari orasida eng yuqori o`rinni egalladi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga asosan, 2014 yilning birinchi yarmi bo’yicha tovar aylanmasi 1,008 mlrd.doll. tashkil etdi, ulardan eksport 45,6 mln. dollar, import – 942,9 mlrd. dollar. tashkil qildi.

Koreya Respublikasining mamlakatimiz iqtisodiyotiga kiritgan sarmoyasi hajmi 5 milliard dollardan oshadi. O‘zbekistonda janubiy koreyalik sarmoyadorlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan 412 korxona, ushbu mamlakatdagi 81 kompaniyaning vakolatxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda, ulardan 68 tasi 100 foiz koreya mablag’i asosida tashkil etilgan. Ushbu kompaniyalar asosan savdo, yengil va tog’-kon sanoati, kimyoviy, oziq-ovqat ishlab chiqarish, mashinasozlik va metal qayta ishlash, uy-joy qurulish va kommunal xo’jalik, sog’liqni saqlash va turli xizmatlar tashkil etadi.

O‘zbekiston respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirligida 77 Koreya kompaniyalari vakolatxonalari akkreditatsiyadan o‘tgan. 1999 yildan “O‘zbekiston-Koreya” do‘stlik jamiyati ish olib bormoqda. Hozirgi vaqtda ilmiy tadqiqot sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, professor-o’qituvchilar va talabalar o’rtasidagi almanishuvni faollashtirish, qo’shma ilmiy konferensiyalar, simpoziumlar, seminarlar va tadqiqotlar o’tkazish maqsadida O’zbekiston oliy o’quv yurtlari Janubiy Koreyaning 30 dan ortiq universitet va ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlik qilib kelmoqda.

       Koreya Respublikasi neft, gaz, uran va boshqa energetikaga bog’liq mineral qazilmalar, hamda avtomobil, elektronika, axborot vositalari, paxta, logistika va boshqa asosiy sanoat sarmoyalari orqali O’zbekiston bilan iqtisodiy aloqalarni kuchaytirib bormoqda. Hozirda O’zbekistonda 2 mingga yaqin koreyaliklar yashab kelmoqda va 400 dan ortiq koreys korxonalar ichki o’zbek bozorimizda samarali faoliyat yuritib kelmoqdalar.

O‘zbekiston va Janubiy Koreya muvaffaqiyatli iqtisodiy hamkorlik borasida katta tajriba to‘plagan. Surg‘il koni negizida barpo etilayotgan Ustyurt gaz-kimyo majmuasi ko‘lami jihatidan g‘oyat yirik loyiha sifatida xalqaro miqyosda e’tirof etildi. Koreya gaz korporatsiyasi, “Lotte grupp” va “Es-Ti-Iks Enerji” kompaniyalari konsorsiumi ishtirokida qurilayotgan bu majmua kelgusida 4,5 milliard kub metr gazni qayta ishlash va buning natijasida 3,7 milliard kub metr gaz, 387 ming tonna polietilen, 83 ming tonna polipropilen, 102 ming tonna piroliz benzini va boshqa qimmatbaho mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini beradi[2].

Janubiy Koreya kompaniyalari mamlakatimizning turli mintaqalarida istiqbolli uglevodorod konlarini aniqlash, geologiya-razvedka ishlarini amalga oshirish, o‘zlashtirish borasida faoliyat ko‘rsatmoqda.

Tog‘-kon sanoati sohasida “Shindong Risorsez” kompaniyasi bilan volfram koni o‘zlashtirilayotganini, “Neoplant” kompaniyasi bilan hamkorlikda texnik kremniy ishlab chiqaruvchi zavod ishga tushirilganini ta’kidlash joiz.

Avtomobilsozlik – janubiy koreyalik sheriklar bilan birgalikda O‘zbekistonda o‘zlashtirilgan yuqori texnologiyali eng mashhur ishlab chiqarish sohasi. Ayni paytda Andijon va Xorazm viloyatlari hamda Toshkent shahrida avtomobilsozlik korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘zbekistonda sanoatning bu sohasiga Janubiy Koreyaning 20 kompaniyasi jalb qilingan, 18 qo‘shma korxona tuzilgan.

To‘qimachilik ham hamkorlikning ustuvor sohalaridan biridir. Bu yo‘nalishda O‘zbekistonda koreyalik sheriklar bilan birgalikda umumiy qiymati 212 million dollarga teng 10 qo‘shma loyiha amalga oshirildi. Xususan, “DEU Interneshnl” kompaniyasi bilan Farg‘ona va Buxoro viloyatlarida, “Shindong Enerkom” va “Tekstayl Teknolojiz” kompaniyalari bilan Surxondaryo viloyatida to‘qimachilik korxonalari ishga tushirildi. Ayni paytda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti negizida To‘qimachilik texnologiyalarining innovatsion markazini ochish loyihasi ishlab chiqilmoqda.

Koreya Respublikasi bilan hamkorlikda yurtimizda “elektron hukumat” tizimi joriy etilmoqda. Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Axborot texnologiyalari markazi va Axborot olish markazi ochilgan. Joriy yil mart oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan poytaxtimizda Janubiy Koreyadagi yetakchi oliy o‘quv yurtlaridan biri – Inxa universitetining filiali tashkil etildi.

“Korean Eyr” kompaniyasi bilan hamkorlikda “Navoiy” intermodal logistika markazi faol rivojlantirilmoqda. Bugungi kunda markaz bir kecha-kunduzda 1000 tonnagacha yukni qayta ishlash, yuk terminalida 300 tonna yukni qayta ishlash va saqlash, yigirmata samolyotga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega. Ayni paytda ushbu aviaxabdan Seul, Milan, Bryussel, Vena, Parij, Dehli, Mumbay, Istanbul, Xanoy kabi shaharlarga haftada 29 parvoz amalga oshirilmoqda.

       Shu bilan bir qatorda, KOICA tashkiloti ko’ngilli vakillarining faoliyati, turli soha mutaxassislarining taklif qilinishi, qator jamg’arma grantlarining ajratilishi, hamda Koreya ta’lim markazidagi koreys tilining o’qitilishi ham ikki davlat o’rtasidagi aloqalarning rivojlanishida turtki bo’lib kelmoqda. Bu borada sog‘liqni saqlash, ta’lim, axborot texnologiyalari, kommunal xo‘jalik, qishloq va suv xo‘jaligi, energetika kabi sohalarda umumiy qiymati 54,5 million dollardan ziyod 21 loyiha amalga oshirildi. Yana to‘rt loyihaning ijrosi davom etmoqda. Iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik jamg‘armasi bilan hamkorlikda qiymati 114,1 million dollarga teng to‘rt sarmoyaviy loyiha amalga oshirildi[3]. O’zbek-Janubiy Koreya iqtisodiy hamkorligining rivojlanishi uchun yana bir ijobiy muhit O’zbekistonda ko’p sonli – dunyoda 4-o’rinda (XXR, Yaponiya, AQSHdan so’ng)dunyoda 4-o`rinda (ХХR, Yaponiya va AQShdan so`ng) – 240 mingga yaqin kishidan iborat etnik koreyslar diasporasining mavjudligidir. Koreys millati vakillari ikki davlat o’rtasidagi o’zaro aloqalariga o’z hissasini qo’shib kelmoqda[4].

Tijorat tuzilmalari, banklar, kompaniyalar o‘rtasidagi hamkorlik ham izchil rivojlanmoqda. Bu savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va moliyaviy sohalarda ikki mamlakat uchun muhim ahamiyatga ega qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga xizmat qilmoqda.

2012-yilning 31 avgust – 2 sentabr kunlari Koreya Respublikasining strategiya va moliya vaziri Bak Je Van boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ldi. U O‘zbekistondagi mustahkam makroiqtisodiy barqarorlik, puxta o‘ylangan tarkibiy islohotlar siyosati, mamlakatimizda izchil va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarining yiliga 8 foizdan oshayotgani, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi rahbariyati tomonidan ta’lim tizimini isloh etish, xalqaro bozorlarda raqobatbardosh, yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga alohida e’tibor qaratilayotgani Koreya Respublikasining mamlakatimiz bilan keng ko‘lamli va har tomonlama o‘zaro hamkorligining asosiy omillari ekanini alohida ta’kidladi.

2012-yilning birinchi yarmida ikki tomonlama savdo aylanmasi 47 foizga ko‘paydi. Uzoq muddatli ikki tomonlama moliyaviy-iqtisodiy va investitsion hamkorlikning keng ko‘lamli masalalarini muhokama etish hamda ular yuzasidan fikr almashish yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Koreya Respublikasi Strategiya va moliya vazirligi o‘rtasida O‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Memorandumda Koreya Respublikasining Iqtisodiy rivojlanish jamg‘armasi bilan (EDCF) 2012-2015 yillarda umumiy qiymati 595 million dollar miqdorida imtiyozli va uzoq muddatli kreditlar taqdim etish hisobidan amalga oshirilishi mo‘ljallangan hamkorlik dasturining asosiy parametrlari aks etgan.

Jumladan, ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazini tashkil qilish, uni yuqori texnologiyali tashxis qo‘yish, davolash va boshqa maxsus asbob-uskunalar bilan jihozlash loyihasi, shuningdek, o‘quv, ilmiy, ilmiy-ommabop va badiiy manbalar, xususan, Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona resurslarini elektron formatga o‘tkazishni ko‘zda tutuvchi milliy umumta’lim elektron kutubxonani tashkil etish loyihasini amalga oshirildi. Bundan tashqari, hamkorlik loyihalari Milliy teleradiokompaniyani raqamli asbob-uskunalar bilan jihozlash, o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining zamonaviy moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishni o‘z ichiga olgan.

Bugungi kunda O‘zbekiston Janubiy Koreyaning Markaziy Osiyodagi eng yirik hamkoridir. Ayni damda, O’zbekiston axborot texnologiyalari, quyosh energetikasi, qishloq xo‘jaligi, ta’lim kabi sohalarda o’zaro hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdor hisoblanadi.

 

__________________________________________________________________

[1] http://daryo.uz/2015/05/27/ozbekiston-prezidenti-islom-karimov-janubiy-koreyaga-keldi/

[2] http://uza.uz/uz/politics/o-zbekiston-koreya-respublikasi-o-zaro-manfaatli-hamkorlikni-28-05-2015

[3] http:// www.mfer.uz

[4] http://uwed.uz/index.php?do=news&id=55

 

 

Muallif: TIU JIXIM yo’nalishi bitiruvchisi Mamatazizov Elyorbek

mulakat