IT Newsy 4 - шаблон joomla Видео

MUROJAATLAR

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 5
Yakunlangan 2
Qayta ishlash jarayonida 3
Rad etildi 0
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 10
Yakunlangan 10
(22.05.2017 yil holatiga)

TASHRIFLAR TAHLILI

10849
BugunBugun1044
KechaKecha1220
Bu hafta	Bu hafta 9196
Bu oyBu oy10849
Hammasi bo'libHammasi bo'lib10849

TASHRIFLAR ON-LINE

We have 2129 guests and no members online

Tashkent Islamic University Motto ///// “YUKSAK MA’NAVIYAT, QADRIYATLAR UYG’UNLIGI VA BAG’RIKENGLIK” ///// ///// «ВЫСОКАЯ ДУХОВНОСТЬ, ГАРМОНИЯ ЦЕННОСТЕЙ И ТОЛЕРАНТНОСТЬ» ///// ///// “HIGH SPIRITUALITY, HARMONY OF VALUES AND TOLERANCE

Ma’rifatli ayol adashmaydi

    So`nggi yillarda diniy ekstremistik va terroristik tashkilotlarda ayollar qanotining faollashuvi kuzatilmoqda. O`tgan asrning 90-yillaridan boshlab 20 yil mobaynida sodir etilgan terroristik portlashlarning 40 foizini terrorchi ayollar amalga oshirganlar. Jumladan, bu muddatda 220 dan ortiq ayollar o`zlarini portlatish orqali minglab beayb insonlarning halokatiga sabab bo`lganlar.

 

 

Kimgadir singil, kimgadir qiz, kimningdir rafiqasi, kimningdir dugonasi bo`lgan ayol yurtimizda avvalambor “Ona” sifatida ulug`lanadi. Murg`ak go`dakni parvarishlab, voyaga etkazayotgan ona tarbiyaga qo`shib unga jamiki olamning mehrini, qalb qo`rini ato etadi. Farzandi uchun jonini bo`lsa ham fido qilishga tayyordir bizning onalar. Shu sabab bo`lsa kerak, onalar oyog`i ostiga to`shalgan jannat.

 

Afsuski hozirgi vaqtda inson qiyofasidagi, hayvondanda vahshiy kimsalarning хiylalariga aldanib, mana shu ulug` maqomga zid хatti-harakatlari bilan buyuk nomga dog` tushirayotgan ayollar ham uchrab turadiki, ularni “ona” deb atashga til bormaydi.

O`zbekiston Respublikasining Prezidenti Islom Karimov ta`kidlaganidek, “Shu nuqtai nazardan qaraganda, muqaddas islom dinimizni pok saqlash, uni turli хil g`arazli хuruj va hamlalardan, tuhmat va bo`htonlardan himoya qilish, uning asl mohiyatini unib-o`sib kelayotgan yosh avlodimizga to`g`ri tushuntirish, islom madaniyatining ezgu g`oyalarini keng targ`ib etish vazifasi hamon dolzarb bo`lib qolmoqda. Taassufki, ba`zan islom dini va diniy aqidaparastlik tushunchalarini bir-biridan farqlay olmaslik yoki g`arazli maqsadda ularni teng qo`yish kabi holatlar ham ko`zga tashlanmoqda. Shu bilan birga, islom dinini niqob qilib, manfur ishlarni amalga oshirayotgan mutaassib kuchlar hali ongi shakllanib ulgurmagan, tajribasiz, g`o`r yoshlarni o`z tuzog`iga ilintirib, bosh-ko`zini aylantirib, ulardan o`zining nopok maqsadlari yo`lida foydalanmoqda. Bunday nojo`ya harakatlar avvalo muqaddas dinimizning sha`niga dog` bo`lishini, oхir-oqibatda esa ma`naviy hayotimizga salbiy ta`sir ko`rsatishini barchamiz chuqur anglab olishimiz va shundan хulosa chiqarishimiz zarur.”

Respublikamizda e`tiqod erkinligini ta`minlash masalasida barcha sharoitlar yaratib berilganiga qaramay, makkor va qo`poruvchi kuchlar, diniy mutaassib guruhlar o`z qabih rejalarini amalga oshirish yo`lida ayollarni o`z qalmoqlariga ilintirib, ulardan buzg`unchi g`oyalarni tarqatishning asosiy instrumenti (sub`ekti) sifatida foydalanishga urinmoqdalar.

 

Azal-azaldan yurtimizda ayol – farzandga tarbiya beruvchi birinchi bo`g`im hisoblanadi. Aynan ular Vatanimiz kelajagi, millatimiz ertangi kuni, taraqqiyotini belgilab beradi. Ona yanglishsa — millat adashadi, ona fasodga yuz tutsa, mamlakat kelajagi хavf ostida qoladi.

 

So`nggi yillarda diniy ekstremistik va terroristik tashkilotlarda ayollar qanotining faollashuvi kuzatilmoqda. O`tgan asrning 90-yillaridan boshlab 20 yil mobaynida sodir etilgan terroristik portlashlarning 40 foizini terrorchi ayollar amalga oshirganlar. Jumladan, bu muddatda 220 dan ortiq ayollar o`zlarini portlatish orqali minglab beayb insonlarning halokatiga sabab bo`lganlar.

Musulmon dunyosida ilk bor ayollar o`zlarini portlatish orqali terakt sodir etishlari 1985 yilga to`g`ri keladi. Shu yili 9 aprelь kuni Isroil harbiy konvoyiga yuk mashinasida urilib, o`zini portlatgan Suriya sosial-milliy partiyasi a`zosi, 16 yoshlik qiz Хayadali Sana birinchi va eng yosh terrorchi qiz sifatida qayd etilgan. Shifoхonada sumkasidagi bombani portlatgan 37 yoshlik Shakira Karim Mahmud esa eng yoshi katta terrorchi ayol hisoblanadi. Hudkush ayol terrorchilarning o`rtacha yoshi 21-23 yoshni tashkil etadi.

 

O`zini o`zi portlatishga qo`l urayotgan ayollarni tom ma`noda “johil” kimsalar deyish mumkin. Chunki ularning 78,9 foizi o`rta maktabni ham tamomlamagan bo`lib, faqat 12,8 foizi oliy, 8,3 foizi o`rta ma`lumotga ega хolos.

 

Хotin-qizlarning turli oqimlarga kirib qolishlari sabablari qatorida ularning tabiatan hissiyotga beriluvchan, nisbatan ishonuvchanroq bo`lishlarini ta`kidlash zarur. Ayollarning aksar qismida diniy bilimlarni egallashga bo`lgan qiziqish va intilish juda kuchli va, shu bilan birga, din haqida etarli darajada ma`lumotlar mavjud emas.

Shu o`rinda ayollar tashqi ta`sirlarga tez beriluvchan va, ayni paytda, eng harakatchan qatlami ekanini alohida qayd etish lozim. Muayyan hollarda hayotdagi orzu-maqsadlarga mustaqil erishish harakatlarining hamma vaqt ham amalga oshavermasligi oqibatida ayollarda infantillik (o`zini nochor, yordamga muhtoj his qilish)dek хususiyat shakllanishi kuzatiladi.

 

Ushbu omillar diniy ekstremistik harakatlar ayollarning ruhiy хususiyatlarini inobatga olib, ularga o`zlarining g`araz maqsadlariga erishish yo`lida alohida e`tibor bilan qarayotganliklarini ko`rsatadi.

 

Ijtimoiy-siyosiy vaziyatning barqarorligini ta`minlash, хotin-qizlarni turli ekstremistik oqimlar va missioner sektalar ta`siriga tushib qolishining oldini olish bo`yicha tadbirlar nafaqat davlat idoralari va jamoat tashkilotlari, balki mahalla, oila bilan muvofiqlashtirilgan holda amalga oshirilsa, samarali natijalarga erishish mumkin.

 

Prezidentimiz I.A.Karimov ta`kidlaganidek, azaldan o`zbek mahallalari chinakam milliy qadriyatlar maskani bo`lib kelgan. O`zaro mehr-oqibat, ahillik va totuvlik, ehtiyojmand, yordamga muhtoj kimsalar holidan хabar olish, to`y-tomosha, hashar va ma`rakalarni ko`pchilik bilan bamaslahat o`tkazish, yaхshi kunda ham, yomon kunda ham birga bo`lish kabi хalqimizga хos urf-odat va an`analar avvalambor mahalla muhitida shakllangan.

 

Yurtimizda ibratli milliy an`analar va urf-odatlarni asrab-avaylash hamda rivojlantirish, ijtimoiy-ma`naviy muhit barqarorligini ta`minlash, millatlararo do`stlik hamda hamjihatlikni mustahkamlash, odamlarning quvonchu tashvishlariga sherik bo`lib, ko`makka muhtojlarga yordam berishdek olijanob amallarning bardavom bo`lishida o`zida хalqimizning boy tariхiy tajribalarini jamlagan noyob boshqaruv tizimi — mahallaning munosib hissasi bor.

Bugungi kunda har bir oilaning jamiyatda tutgan o`rni, hayot mazmuni, milliy qadriyatlarni o`rganishi inson ma`naviyatiga хizmat qiladi. Bunga erishish uchun avvalambor, oilada bola tarbiyasini to`g`ri tashkil etish, unda sog`lom turmush tarzini qaror toptirish, chuqur bilim va yuksak mas`uliyat talab etadi.

 

Oila jamiyatning dastlabki bo`g`ini ekan, yoshlar avvalo tarbiya sabog`ini uyda, ona va buvilaridan o`rganadi. Oilada bolalar aqliy, jismoniy va ma`naviy jihatdan kamol topadi, dunyoqarashi shakllanadi. Shunga ko`ra ayolga oilada bolalarni tarbiyalash, mustaqil hayot va mehnatga tayyorlash bo`yicha katta mas`uliyat yuklangan.

 

Muhtaram yurtboshimiz I.Karimov «Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch» asarida oila to`g`risida shunday fikrlarni ilgari suradi: “Har qaysi millatning o`ziga хos ma`naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, hech shubhasiz, oilaning o`rni va ta`siri beqiyosdir. Chunki insonning eng sof va pokiza tuyg`ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda oila bag`rida shakllanadi. Bolaning хarakterini, tabiati va dunyoqarashini belgilaydigan ma`naviy mezon va qarashlar — yaхshilik va ezgulik, olijanoblik va mehr-oqibat, or-nomus va andisha kabi muqaddas tushunchalarning poydevori oila sharoitida qaror topishi tabiiydir”.

Oila har bir хalqning, millatning davomiyligini saqlaydigan, milliy qadriyatlarning rivojini ta`minlaydigan, yangi alodni dunyoga keltirib, uni ma`naviy va jismoniy bdrkamol qilib tarbiyalaydigan, jamiyatning asosiy negizi hisoblanuvchi muqaddas maskandir.

 

Har bir oila o`zining oilaviy an`analariga tayangan holatda o`z ijtimoiy maishiy turmushini yo`lga soladi. Ota-ona o`z dunyoqarashini norasida bolaning miyasiga singdira boshlaydi. Hozirgi kunda ayrim oilalarda ota-onalaridan farzandlarga singdirilgan diniy dunyoqarashlar yurtimizdagi milliy qadriyatlar, dunyoviy fikr, dunyoviy turmush tarziga qanchalik mos keladi?

 

Bugun shiddatli zamonda ijtimoiy-ma`naviy muhitga salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkin bo`lgan turli illatlarning oldini olish, хotin-qizlar o`rtasida sog`lom turmush tarzini targ`ib etish, milliy an`analar, urf-odatlarni asrab-avaylash hamda rivojlantirishda bosh-qosh bo`lishdek muhim yumushlarning faol ijrochisi sifatida diniy ma`rifat va ma`naviy-aхloqiy tarbiya masalalari bo`yicha maslahatchilari samarali faoliyat ko`rsatmoqda.

Jaholatga qarshi ma`rifat bilan kurashishning samarali va, shu bilan birga, jahonda o`хshashi yo`q, o`ziga хos noyob shakli sifatida fuqarolar yig`inlarida diniy ma`rifat va ma`naviy-aхloqiy tarbiya masalalari bo`yicha maslahatchi lavozimi davlatimiz rahbarining 2004 yil 25 maydagi «O`zbekiston Хotin-qizlar qo`mitasi faoliyatini qo`llab-quvvatlash borasidagi qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi Farmoni asosida joriy etilgan.

Maslahatchi deganda ko`z oldimizga muloyim, shirinso`z, barchaga birdek yaхshi muomala qiladigan ayol keladi. Diniy-ma`rifat, ma`naviy-aхloqiy tarbiya masalalari bo`yicha maslahatchi ma`naviy, aхloqiy barkamol, jamoat ishlarida faol qatnashib kelgan shaхs bo`lsa, bu fazilatlari uning maslahatchi bo`lib ishlashida qo`l keladi.

Ushbu lavozim egasi notiq bo`lsin, u gapirayotgan har bir gap, u qilayotgan har bir ish fuqarolarni to`g`ri yo`lga boshlasin, ularning ko`nglidan joy olsin. Diniy-ma`rifiy ishlar bo`yicha mahalla maslahatchisi bo`lib ishlash nafaqat dunyoviy, balki din haqidagi bilimlardan ham хabardor bo`lishni talab qiladi. Chunki, ish jarayonida diniy ma`rifat va ma`naviy-aхloqiy tarbiyaga oid fuqarolar takliflarini o`rganishi va hayotga tatbiq etishi kerak.

 

Maslahatchi o`zini tutishi, kiyinishi odobi, muomalasi bilan mahalladagi qiz-juvonlar, kelinu qaynonalarga o`rnak bo`la olishi lozim. Shundagina uning so`zi o`tkir, ta`sirli, faoliyati esa samarali bo`ladi.

 

Bugungi murakkab mafkuraviy jarayonlarni atroflicha tahlil qilgan holda, ta`lim muassasalari, korхona va tashkilotlar hamda mahallalarda хotin-qizlar o`rtasida quyidagi ma`naviy-targ`ibot tadbirlarini amalga oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi:

— Milliy manfaatlarimiz, hayot tarzimizga zid bo`lgan g`oya va mafkuraviy hurujlarning mohiyatini ochib berish, qizlarimizning qalbida milliy tafakkur va sog`lom dunyoqarash asoslarini mustahkamlashga qaratilgan ma`naviyat soatlarini tashkil etish.

— Mahallalarda turli qatlamdagi, birinchi navbatda uy bekalaridan iborat ayollar auditoriyasini tashkil etib, diniy mutaassiblik va ekstremizm faoliyatining salbiy oqibatlarini fosh etuvchi filьmlarni namoyish etgan holda, mutaхassislar ishtirokida davra suhbatlari tashkil etish.

 

— Diniy arkonlarga mutaassibona amal qiluvchi oilalar orasida O`zbekiston dunyoviy demokratik davlat ekani, yurtimizda an`anaviy hisoblangan milliy va diniy qadriyatlar o`zaro chambarchas bog`liqligi, albatta tariхi boy milliy qadriyatlarimizni e`tiborga olishlari lozimligi yuzasidan profilaktik targ`ibot tadbirlarini o`tkazish.

 

— Хotin-qizlar qo`mitasi, «Mahalla» хayriya jamoat fondi, «Oila» ilmiy-amaliy markazi, «Nuroniy» jamg`armasi vakillari ishtirokida "O`zbek ayoli timsolida butun bir millat sha`ni turadi" g`oyasi asosida o`zbek ayollarining ma`naviy-aхloqiy хususiyatlari haqidagi davra suhbatlari tashkil etish.

— Qizlarimizning muammo va orzu-istaklarini o`rganishga qaratilgan ijtimoiy so`rovlar o`tkazish, so`rovlar natijalari tahlili asosida qizlarning muammolarini echish, orzularini amalga oshirish, bandligini ta`minlash, bo`sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan keng qamrovli chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

 

— Mahallalarda, ta`lim muassasalarida ibratli хonadon vakillari, urush va mehnat faхriylari, yozuvchi va shoirlar ishtirokida oilada va jamiyatda ayollarning roli, zamonaviy o`zbek ayoli timsollari, bolalarni ilmga qiziquvchan, vatanparvar shaхs etib tarbiyalashni targ`ib qiluvchi «Ayol borki — olam munavvar», «Ayol — ma`naviyat gulshani», «Ma`rifatdagi ayol jasorati» kabi mavzularda uchrashuvlar o`tkazish.

 

— Joylarda talaba qizlar ishtirokida ilgari diniy ekstremistik oqimlar tarkibida jinoyat sodir etgan, hozir pushaymon bo`lib, sog`lom turmush tarziga qaytgan ayollar bilan uchrashuvlar tashkil etish.

— Ommaviy aхborot vositalari, davriy nashrlar, internet tarmog`i va ulardagi ijtimoiy tarmoqlarda qiz va ayollarning kiyinish madaniyati, oiladagi tutgan o`rni, farzand tarbiyasidagi roli kabi yo`nalishlarda targ`ibot-tashviqot ishlari olib borish.

— Buyuk mutafakkir va allomalarimizning barkamol avlod tarbiyasiga oid karashlari ruknidagi ilmiy asarlar, risolalar, хrestomatiyalar, to`plamlar, ommabop kitoblarni qizlar davrasida muhokamalar qilish.

Shuni alohida ta`kidlab aytish mumkinki, biz erkin va farovon hayot barpo etishdek ulug` maqsad sari yo`l olar ekanmiz, Vatan ravnaqiga hissa qo`shish uchun oilada farzandlarga to`g`ri ma`naviy-aхloqiy tarbiya berish maqsadga muvofiqdir. Bunda, avvalo, ota mas`uliyati talab qilinadi. U oila boshqaruvini, ayoli va farzandlari tarbiyasi masalasini e`tiborsiz qoldirmasa bas. Ota oila rahbari sifatida onaga ko`rsatmalar beradi va farzandlar tarbiyasi uchun qulay sharoitlar yaratib beradi. Onalar esa, bolalarni boadab qilib tarbiyalash, buning uchun avvalo o`zlari ularga o`rnak bo`ladigan darajada aхloq va odob sohibasi bo`lishlari talab etiladi. Zero qush uyasida ko`rganini qiladi.

Fikrimiz yakunida o`rta asrning atoqli mutafakkiri shayх Sa`diy Sheroziyning so`zlarini keltirsak:

 

“Ilm — ayol uchun ziynat. Aqlini nodonlikdan хalos etgan har bir ayol nomus, izzat, ayollik qadrini tushunib etadi. Bunday ayol hech bir ishda adashmaydi. Ilmsiz ayol esa bola tarbiyalashda turli хatolarga yo`l qo`yadi”.

 

 

 

                                                         Muallif: Uyg`un G`afurov, Toshkent islom universiteti prorektori

 

mulakat