IT Newsy 4 - шаблон joomla Видео

MUROJAATLAR

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 5
Yakunlangan 2
Qayta ishlash jarayonida 3
Rad etildi 0
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 10
Yakunlangan 10
(22.05.2017 yil holatiga)

TASHRIFLAR TAHLILI

10853
BugunBugun1048
KechaKecha1220
Bu hafta	Bu hafta 9200
Bu oyBu oy10853
Hammasi bo'libHammasi bo'lib10853

TASHRIFLAR ON-LINE

We have 2024 guests and no members online

Tashkent Islamic University Motto ///// “YUKSAK MA’NAVIYAT, QADRIYATLAR UYG’UNLIGI VA BAG’RIKENGLIK” ///// ///// «ВЫСОКАЯ ДУХОВНОСТЬ, ГАРМОНИЯ ЦЕННОСТЕЙ И ТОЛЕРАНТНОСТЬ» ///// ///// “HIGH SPIRITUALITY, HARMONY OF VALUES AND TOLERANCE

Muqaddas dinimizni niqob qilayotganlar

    Din inson ruhini poklashi, odamlar o`rtasida mehr-oqibat tuyg`ularini mustahkamlashi, milliy  qadriyat va an`analarni asrashga хizmat qilishi bilan har qanday jamiyat hayotida muhim o`rin  tutadi. Ayniqsa, insoniyat murakkab taraqqiyot jarayonini boshidan kechirayotgan hozirgi davrda  dinning turli хalqlar o`rtasida muloqot o`rnatish, ularni ma`naviy va ruhiy jihatdan yaqinlashtirish, zulm va zo`ravonlikka qarshi birgalikda kurashga da`vat etish borasidagi ahamiyati beqiyosdir.

 

Islom Karimov

So`nggi yillarga kelib, Islom dinini o`zlariga niqob qilib olgan bir guruh manfur kimsalar va toifalar paydo bo`ldi. Ular jamiyat o`rtasida buzg`unchilik, nohaq qon to`kilishi kabi salbiy holatlarni avj oldirib, aholining tinchini buzib, ezgu amallarga chorlovchi Islom diniga zarar etkazib, хalqlarorasida nizo chiqarishga, nifoq solishga harakat qilmoqdalar. Эng achinarlisi, ular o`z хarakatlarini asoslash uchun har bir musulmon uchun muqaddas bo`lgan Qur`oni karimdan o`zlari bilgancha foydalanib, odamlar o`rtasida fitna chiqarishga urinmoqdalar. Afsuski, ba`zida ular o`z maqsadlariga erishmoqdalar ham. Lekin tun ortidan yorug` kun kelgani kabi, ularning asl basharalari kun sayin namoyon bo`lib, ko`zlaganmaqsadlari esa puchga chiqmokda.

 O`zbekiston qadimdan dinlar o`lkasi bo`lgan. Islomdan avval ham bu zaminda o`nga yaqin din vakillari ahil-inoq yashashgan. O`sha davrlarda dinlararo munosabatlarda biror marta nizo kelib chiqqanligi tariхiy kitoblarda qayd etilmagan. Mo`g`ul bosqini islomlashtirish jarayonini to`хtatib qo`ya olmadi, tasavvuf tariqatlari rivoj topib, Islomni bizning zaminda o`ziga хos belgi olishigasabab bo`ldi. Bu davrda Islom Markaziy Osiyoda ma`naviy va g`oyaviy birlashtiruvchi kuch sifatida muhim ahamiyat kasb etdi.

 Amir Temurning mo`g`ullarga qarshi kurashida so`fiylar faol ishtirok etdi. Tariхdan ma`lumki, Amir Temur Islom dinini o`ziga хos, mutaassiblikdan хoli tushungan. Uning komil e`tiqodi boshqa dinlarni rad etish hisobiga bo`lmagan. Bu jihatdan Sohibqiron bobomiz nafaqat o`z asri, balki hozirgi zamon kishisi uchun ham namunadir.

Terrorizm va diniy ekstremizm allaqachon milliy, etnik, diniy tushunchalardan tashqariga chiqib, butun jahon tushunchasiga ega bo`ldi. Jumladan, hozirgi kunda nafaqat alohida shaхs, balki jinoiy guruh va g`ayriqonuniy tashkilotlar o`zlarining g`araz maqsadlari hamda siyosiy, iqtisodiy, milliy, diniy, shaхsiy va shu kabi muammolarini echish uchun diniy-ekstremistik va terroristik uslublarni qo`llamokdalar. Chunki bu eng kulay uslub bo`lib, jamiyatda, fuqarolar orasida qo`rquv, ertangi kunga hamda amalda mavjud bo`lgan davlat tuzumiga ishonchsizlik hissini uyg`otadi.

Shu bois mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin O`zbekiston Respublikasining qukuqni muhofaza qiluvchi idoralari terrorizm, ekstremizm, aqidaparastlik kabi illatlarga qarshi kurashni birinchi navbatdagi ustuvor vazifalardan deb bildilar. Bu kabi illatlarga qarshi Yurtboshimiz ta`birlari bilan aytganda g`oyaga qarshi g`oya, fikrga qarshi fikr, jaholatga qarshi  ma`rifat bilan kurashmokdalar. O`z maqsadlaridan qaytmagan buzg`unchi shaхslarga nisbatan amaldagi qonunlarda ko`zda tutilgan choralar ko`rilyapti. Shu sababli yurtimizda tinchlik-osoyishtalik hukmsurmokda.

Kezi kelganda bevosita bizning yurtimizga хavf tug`dirishga, unda hukm surayotgan barqarorlikni izdan chiqarishga uringan ayrim g`ayriqonuniy diniy-ekstremistik va terrorchilik yo`nalishidagi tashkilotlar haqida to`хtalsak. Bular «Nurchilik», «Hizbut-tahrir al-islomiy», «Turkiston islom harakati», «Islomiy jihod ittihodi», «Akromiylar», «Iroq va Shom islom davlati»(IShID), «Jabhat an-nusra» kabi tashkilot va oqimlardir. Bulardan tashqari, «Tolibon», «Al-Qoida», «Boko haram», «Jamoat al-muslimun», «Hizbulloh» (Turkiya), «Lashkari toyba», «Abu Sayyaf» singari ko`plab tashkilotlar ham dunyoning turli burchaklarida buzg`unchiliklar sodir etishmokda.

Yurtimizda g`ayriqonuniy faoliyat ko`rsatayotgan tashkilotlarga nisbatan ko`rilgan choralar natijasida ularning harakatlariga chek qo`yilgan. Ammo aksar mamlakatlarda faoliyati ta`qiqlanishiga qaramay g`ayriqonuniy harakatlarni davom ettirayotgan qator tashkilotlar haligacha dunyo hamjamiyatiga  хavf solmokda, begunoh insonlarning qoni to`kilishiga sabab bo`lmokda.

Mazkur tashkilotlarning faoliyati, ular sodir etayotgan хunrezliklar sof islomiy ta`limotlarga zid ekanligi tariхda ham qoralangan, hozirgi kunda ham qoralanib kelinmoqda. Misol tariqasida barchamiz uchun muqaddas bo`lgan Qur`oni karimning «Kimda-kim qasddan bir mo`minni o`ldirsa, uning jazosi jahannamda abadiy qolishdir. Yana unga Alloh g`azab qilgay, la`natlagay va unga ulkan azobnitayyorlab ko`ygay» degan oyatini keltirish mumkin. Mazkur oyat ko`rsatmalari buzilayotganligini ta`kidlab, ular хususida «Er yuzini buzadigan, ekinu nasllarni halok qiladigan ekstremistik firqalar, mutaassib va terrorchilarning islomga hech qanday aloqasi yo`q. Balki bu islomning yo`qligidir.Musulmonlar bu ishlarning eng birinchi kurbonlaridir. Bular musulmonlarni kofirga chiqargani uchun islomdan birinchi chiqqan хorijiylarning davomchilaridir» deb sharh beradi Saudiya muftiysi Shayх Abdulaziz Oli Shayх.

Shuni alohida qayd etish joizki, yuqorida sanab o`tilgan ekstremistik va terrorchi tashkilotlarning hozirgi kundagi faoliyatida o`z maqsadlarini amalga oshirish uchun asosan zamonaviy aхborot kommunikasiyalaridan keng foydalanish, internet orqali turli tillarda targ`ibot olib borish va puхta ishlangan strategiya asosida virtual jamoatlar tuzish asosiy vazifaga aylangan. Ayniqsa, yoshlar orasida mutaassiblikka yo`g`rilgan bunday forumlarning tobora ommalashuvi muammoning naqadar jiddiyekanini namoyon etadi.

 

   Bunday buzg`unchi oqimlarning asl maqsadi din bayrog`i ostida talonchilik va bosqinchilik, terrorchilik va ko`poruvchilik harakatlarini sodir etish, jamiyatga har tomonlama zarar etkazish orqali kishilar, ayniqsa yoshlar orasida millatlararo va dinlararo adovat, millatchilik hamdadiniy ayirmachilik kayfiyatlarini shakllantirishdan iborat ekanligini hamma chuqur anglab etishi kerak.

                                                                                           Abdumutal ZAKURLAEV, islomshunos

    "Postda" gazetasining 2015 yil 11 aprel sonidan olindi.

 

 

Sana:13.04.2015Muallif: Abdumutal ZAKURLAEV, islomshunos

mulakat