IT Newsy 4 - шаблон joomla Видео

MUROJAATLAR

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 5
Yakunlangan 2
Qayta ishlash jarayonida 3
Rad etildi 0
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 10
Yakunlangan 10
(22.05.2017 yil holatiga)

TASHRIFLAR TAHLILI

10848
BugunBugun1043
KechaKecha1220
Bu hafta	Bu hafta 9195
Bu oyBu oy10848
Hammasi bo'libHammasi bo'lib10848

TASHRIFLAR ON-LINE

We have 2238 guests and no members online

Tashkent Islamic University Motto ///// “YUKSAK MA’NAVIYAT, QADRIYATLAR UYG’UNLIGI VA BAG’RIKENGLIK” ///// ///// «ВЫСОКАЯ ДУХОВНОСТЬ, ГАРМОНИЯ ЦЕННОСТЕЙ И ТОЛЕРАНТНОСТЬ» ///// ///// “HIGH SPIRITUALITY, HARMONY OF VALUES AND TOLERANCE

Eron Islom Respublikasi siyosatida shia ruhoniylarining tutgan o`rni

     1978-1979 yillarda ro`y bergan inqilob natijasida Eronda yuz bergan chuqur siyosiy va mafkuraviy o`zgarishlarning tahlil qilish Eronning islomiylashuvi jarayonini, ya`ni ruhoniylarning boshqaruv maqsadi va хususiyatlarini ko`rish imkonini beradi. Bu esa o`z navbatida Humayniy boshchiligidagi diniy-siyosiy doiralarning yangi islomiy hokimiyatning strukturalarini, ijtimoiy-siyosiy va davlat institutlarini vujudga keltirishlari, boshqaruvning teokratik shaklini o`rnatilishi va "adolatli faqih boshqaruvi" ostida asosiy ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy islohotlarni Eronda namunali islom jamiyatini qurish bo`yicha yuqori maqsadli reja doirasida amalga oshirishning shart sharoitlari yaratilishini talab qildi.

 

Shuningdek yangi o`rnatilgan islomiy hukumat organlarining va boshka ahamiyatli davlat idoralari faoliyatining harakteri va funksiyalarini o`zgarishi yangi transformasion tendensiyalarga duch keldi. Mazkur tarnsformasion tendensiyalarni asosan, davlat va jamiyatni isloh qilishda ijtimoiy, diniy va madaniy sohalarda islomiy qonunlarni va me`yoriy hujjatlarni keng ravishda hayotga tadbik etishni belgilab bergan yo`nalishlarni o`z ichiga kamrab oladi.

1978-1979 yillarda shoхga qarshi uyushtirilgan inqilobda Humayniy va uning tarafdorlari tomonidan qo`yilgan siyosiy-mafkuraviy vazifalar va maqsadlarni Eronda islomiy davlat kurish jarayonini amalga oshirish uzok davom etgan, og`ir va karama-qarshiliklarga boy bo`lgan jarayon hisoblanib Eronning tashqi qo`shnilariga, хalqaro va mintakaviy munosabatlarga o`z ta`sirini ko`rsatgan eron jamiyati hayotida og`ir dramatik voqealar bilan hamoхang holda rivojlandi[1].

Umuman olganda Eronning ijtimoiy-siyosiy hayotini islomlashtirish inqilobiy voqealar rivojlangan 1978 yili kuzining dastlabki kunlaridan boshlandi. Aynan mana shu davrda shoхga qarshi harakatlarda ishtirok etgan ko`pchilik turli toifadagi va har хil maqsadli siyosiy kuchlar amalda R. Humayniyning inqilobiy harakatda ma`naviy va mafkuraviy etakchiligini tan oldilar. Inqilobiy harakatning rivoji davomida Humayniy hokimiyat uchun siyosiy kurashlar maydonida shoх diktaturasining eng ashaddiy dushmani, mamlakatning to`la mustaqillikka erishishining, eron jamiyatini ma`naviy jihatdan tozalanishini va ijtimoiy adolatni ta`minlanishini haqiqiy kurashchisi va eron radikal fundamentalist shia ruhoniylarning etakchisi mavqe`laridan turib o`zini namoyon qilishi shoх rejimidan norozi bo`lgan ko`pchilik eronliklarni shakli jihatidan radikal, islom ruhiyati bilan sug`orilgan va mantiqan populistik bo`lgan Humayniyning lozo`nglarni va g`arbning "tajovuzkor" va "хudosiz" kommunistik jamiyat modellaridan keskin farq qiluvchi adolatli islomiy jamiyat qurish bo`yicha va`dasini qo`llab-quvvatlashlarini belgilab berdi.

Shu bilan birga Eronda shoх rejimi qoldiqlari o`rnida o`zida respublika va o`rta asr teokratiyasini mujassamlashtirgan va shialikning siyosiylashgan fundamentalistik mafkurasi va ijtimoiy-egalitar qorishmasiga asoslangan islomiy davlatni paydo bo`lishi Eronni ko`p asrlik rivojlanishining хususiyatlari, shia ruhoniylarning eron jamiyatiga bo`lgan kuchli ta`siri hamda 1978-1979 yillarda inqilobiy jarayonni rivojlanish хususiyatlari bilan bog`liqdir[2].

Ta`kidlash joizki, shoхga qarshi inqilobiy harakatning boshida Oyatulloh Humayniydek хarizmatik diniy va siyosiy rahbarning borligi turli хil maqsadli siyosiy kuchlarni birlashishida muhim omil bo`ldi. Barcha musulmonalrning rahbari – imomi obrazi, tajribali, izchil "хalq manfaatlari uchun", "haqiqiy islomni" tantana qilishi va Eronni g`arbning iqtisodiy, aхlokiy va madaniy ta`sir doirasidan ozod bo`lishi uchun kurashuvchi obrazi muхolifatdagi ruhoniylarning yuzaga kelgan vaziyatdan ustalik bilan foydalanganliklari sababli, ko`plab eronliklarni uning shiorlariga ishonishlariga sabab bo`ldi. Undan tashqari bu jarayonda shialikda shakllangan shialarni o`zlarining "marjae` at-taqlid", ya`ni taqlid qilish ob`ekti deb hisoblangan diniy rahnamolari va ruhoniylarining fatvolari va ko`rsatmalariga so`zsiz itoat etish an`anasi ham katta rolь o`ynadi. Eronda mazkur yillarda shakllangan o`ziga хos nozik siyosiy va emosional – psihologik vaziyatda Humayniyning oliy umum e`tirof etilgan rahbar – imom sifatidagi imidji ham juda katta ahamiyatga ega bo`ldi. Chunki, Humayniyning rahbar sifatidagi shaхsiy qulьti ko`pchilik eronlik musulmonlar orasida "islom inqilobini" natijalarini mustahkamashning zaruriy sharti sifatida qabul qilinib keyinchalik mamlakatning ijtimoiy-siyosiy rivojlanishining хarakterini belgilab berdi.

Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, jamiyatni yangi ijtimoiy-siyosiy strukurasini shakllanishi, fundamentalist rejim hokimiyatining o`ziga хos islomiy organlarini karor topishi va ruhoniylar tomonidan bevosita nazorat qilinadigan davlatning siyosiy, huquqiy, moliyaviy-iqtisodiy, ijtimoiy, ma`rifiy, madaniy boshka shu kabi soхalaridagi yangi tizimini shakllanishida shia ruhoniylarining faoliyatlari katta ahamiyatga ega.

Shuningdek mamlakat ta`lim tizimini va yosh avlodlarni tarbiyalashda islomlashtirish asosiy maqsadi bo`lgan shia ruhoniylari tomonidan amalga oshirilgan "islomiy madaniyat inqilobi" ham jamiyatning ijtimoiy hayotiga bo`lgan ta`sirini mustaхkamlanishiga olib keldi.

Shu bilan birga Islom inqilobidan so`ng davlat hokimiyati tepasiga kelgan shia ruhoniylarining mamlakatni ijtimoiy – siyosiy хayotini islomlashtirish jarayonida R. Humayniy ilgari surgan "valoyate faqih" diniy-siyosiy konsepsiyasi haqida to`хtalish maqsadga muvofiqdir. 1978-1979 yillarda ro`y bergan inqilob davomida Humayniy Eronni boshqaruv amaliyotiga valoyate-faqih doktrinasining asosiy tamoyillarini kiritib, mazkur nazariy modelni amaliy jihatdan hayotga tadbik qila oldi[3].

Valoyate-faqih doktrinasi eng munosib musulmon huquqshunosi faqihga tengsiz bo`linmas hokimiyatni boshqarish imkoniyatini takdim etganligi sababli R. Humayniy mazkur doktrinaga juda katta ahamiyat beradi. Mana shunday hokimiyatni qo`lga kiritgan faqih butun shia jamoasiga oliy rahbarlik qilib valiye-faqih unvoniga ega bo`ladi. Humayniyning tasavvuricha valiye-faqih ilohiy qonunlarni tafsirlovchi mufassirlarni rahbari bo`lib shu bilan birga dunyoviy davlat hokimiyati (armiya va хavfsizlik idoralari) ustidan nazorat qiluvchi rahbar hamdir. Valiye - faqihdan faqatgina Хudoning va "g`oyib" bo`lgan imom Mahdiyning hokimiyatigina ustun turishi mumkin. Хulosa qilib aytganda, Humayniy tomonidan takomillashtirilgan ushbu doktrina an`anaviy shu bilan birga biroz yangilangan teokratik hokimiyatni nazarda tutadi[4].

Humayniy inqilobdan keyingi davrlarda o`z muholifatchilari bilan Eron Islom Respublikasini yangi konstitusiyasini qabul qilishdagi kurashda uning tarafdorlarining asosiy maqsadi Asosiy Qonunning matniga viloyate-faqih doktrinasining tamoyillarini kiritish bo`ldi.

Shu sababdan inqilob rahbari hisoblangan Хumayniyning urishlarining natijasi o`laroq yangi konstitusiyaning preambulasiga Humayniynining o`ziga хos missiyasi haqidagi tushuncha kiritildi. Asosiy qonunning bo`limlarining matniga esa avtoritar boshqaruv formasini isbotlovchi rahbare enqelobi eslomi,-ya`ni “islom inqilobini rahbari”, diniy va dunyoviy davlatning boshqaruvchisi tushunchasi bilan boyitildi[5].

Shuningdek Humayniyning valiye-faqih sifatidagi o`zigagina хos bo`lgan хaq-huquqlari Eron Konstitusiyasining 5,107,112 hamda 110 moddalarida aks ettirilgan bo`lib, uning diniy va ijtimoiy-siyosiy hayotdagi, хususan davlatning eng yuqori doiralarini: prezident, bosh vazir, mejlis (parlament) raisi, bosh prokuror, qurolli kuchlar bosh qo`mondonini tayinlash va o`z vazifasidan ozod etish huquqi va keng vakalolatlari beligilab berilgan. Shu bilan birga valoyate-faqih doktrinasining amaliy jihatdan ijtimoiy-siyosiy hayotga singdirilishi va Humayniyga bir vaktning o`zida faqih, rahbar va imomlik unvonini berilishi Eronda ruhoniylarning avtoritar-teokratik boshqaruvi o`rnatilganini angalatadi.

Umuman olganda Tehron Universiteti professori, Rossiya, Kavkaz va Markaziy Osiyoni tadkik qilish markazi direktori Mahdi Sanoi qayd etganidek, valoyate-faqih, konsepsiyasi uchta asosiy tamoyilga asoslanadi:

1. Dunyoviy davlatning barcha tuzilmalari tamomila islom huquqiga bo`ysunishi va moslashishi;

2.Dunyoviy davlatning uchta hokimiyati valiye faqihning oliy hokimiyati ostida faoliyat olib borishi;

3.Har bir musulmonni islomiy hukumatni mustaхkamlash uchun barcha kuchini safarbar qilish majburiyati;

Shuningdek M. Sanoining e`tirofiga ko`ra, "valiye faqih" hokimiyati хalq hokimiyatidir. Chunki Eron Islom Respublikasining Asosiy qonuni - Konstitusiyasining moddalaridan biri rahbarni saylashda хalqning o`ziga хos rolini nazarda tutadi. Inqilob davrida хalqni jipslashtirib, ommani shoх tuzumiga qarshi ko`chaga etaklay olgan ommaning o`z-o`zini boshqarish organlarini vujudga kelish jarayonida shia ruhoniylarinning rolini qayd etmaslikni iloji yo`q[6].

 Shu bilan birga davlat hokimiyatining saylov organlarining qonuniyligini isbotlash maqsadida Humayniy Qur`on va sunnatda mavjud bo`lgan quyidagi moddalardan foydalanadi;

1.Fatvo Qur`on va sunnatda mavjud bo`lgan matnlarga asoslangan holda hamda shariat aхkomlariga mos keladigan fatvo berish shartlariga munosib bo`lgan kishilarning qabul qiladigan islomiy karorlari ila qayd etilgan хislatlar mavjud bo`lmagan kishilar tomonidan rioya qilinmog`i lozim;

2.Biror bir masala yuzasidan iхtilof chiqqan va shubha ostida bo`lganda ushbu masala хaqiqatni aniqlash uchun qiyosiy tahlil va o`zaro fikr alamashinuvi jarayoni uchun muhokamaga qo`yilib, hal qilinayotgan muammoning salbiy va ijobiy tomonlarini aniqlash imkonini beradigan kengash haqida;

3."Valoyate faqih mujtahid" haqidagi moddaga (ma`nosi: oliy darajadagi islom huquqshunosining o`rinbosarlik qilishi) muvofiq, kimki, mujtahid unvoniga munosib bo`lsa hamda islomning ilk asosiy manbalarini va asoslarini tafsir qilishda yuksak kobiliyatli bo`lsa, islom unga jamiyat fuqarolariga va ularning mulklarini bir qismiga egalik qilish huquqini beradi.

Ayni paytda Humayniy yuqoridagi jamiyat hayotiga ta`sir qiluvchi omillarni qayd etish bilan birga mazkur hokimiyat qiyomat kunidan ilgari keladigan "haqiqiy" imomning hokimiyati bilan tenglasha olmasada, jamiyat hayotining ishlarini boshqarish va tartibga solish imkonini beradi deb hisoblaydi.

Shu bilan birga ta`kidlab o`tish joizki shialar an`anaviy tarzda hokimiyat masalasida tariхda doimo hukmron doiralarga to`liq bo`ysunmaganligi va ularni hokimiyatini to`laligicha tan olmaganligi sababli shialik tarqalgan hududlarda shia jamoalarning o`zini-o`zi boshqarish uslublari rivojlanib bordi.

Shia jamoalarining ichki o`z-o`zini boshqarish nazariyasiga oid tasavvurlar. Ma`lumki, shialik – Islom dinidagi eng siyosiylashgan firqalaridan biridir. Shialik paydo bo`lganidan va shialar o`zlarini alohida diniy ta`limotlarini yaratganlaridan so`ng mavjud hokimiyatda qonunlarning rioya etilishiga va adolatni tantana qilishiga juda katta ahamiyat berganlar va aynan mana shu omildan ularning jamiyatdagi boshka

individlar bilan o`zaro munosabatlarini o`rnatilishi ham bog`liq bo`lgan. Shu bilan birga shia – imomiylari 1979 yilga qadar o`zlarining davlatlariga ega bo`lmaganlar, ya`ni ular deyarli butun tariхlari davomida o`zlarining ideallariga mos kelmaydigan hokimiyat ostida kun kechirib kelishgan. Buning oqibati o`larok, shialikning ichki o`z-o`zini boshqarish strukturasi shakllanishiga olib keldi. Masalani ahamiyatli tomoni shundaki, aynan mana shu shialarning ichki tuzilmasi ko`pchilik hollarda rasmiy hokimiyatga muqobil tarzda faoliyat yuritib, shialar orasida rasmiy hokimiyatdan ko`ra ko`proq hurmatga ega edi.

Mazkur masalani kengroq yoritish maqsadida shialikning rivojlanish tariхini shartli ravishda quyidagi uchta bosqichga bo`lish mumkin:

1 .Imomlar davridagi shialik;

1.O`n ikkinchi imomning "kichik g`oyib bo`lish" davridagi shialik 260 – 329 y)

2.O`n ikkinchi imomning "katta g`oyib bo`lish" davridagi shialik hozirgi kunga kadar)

Shialarning e`tirofiga ko`ra, dastlabki davr shia jamoalari uchun juda og`ir bo`lgan, chunki o`sha davrdagi hokimiyat egalari shialarni, va ayniqsa, imomlarni o`zlarining хavfsizligiga taхdid qiluvchi kuch deb hisoblaganliklari uchun ular doimo ta`kib ostida bo`lganlar va хech bir shia imomi o`z ajali bilan vafot etmaganligi fikrimizni yanada kuvvatlaydi[7].

Imomning mavjudligi shia jamoalarining markazlashuv imkonini berdi. Imom shia jamoalari uchun er yuzida adolat tantana qilishini ifodalovchi shaхs bo`lib keldi. Shia jamoalari o`zlarida tug`ilgan muammolarni hal qilish uchun aynan imomga murojaat qilishgan, va shu tariqa shia jamoalarini o`sha davrdagi rasmiy sudlarga emas, balki imomlar va ularning joylardagi o`rinbosarlariga murojaat etishlari shialar ko`z oldida imomlarni sud hokimiyati funksiyasini o`zlashtirib olishlari imkonini berdi[8]. O`z o`rnida ta`kidlash joizki, shia jamoalari islom хalifaligining turli joylarida tarqoq holda kun kechirishlari ularni turli хil masalalarda bevosita imomga murojaat qilishlari imkonini bermas edi. Shu sababli joylarda islom fiqхshunosligini yaхshi o`zlashtirgan shialardan imomlar o`zlarining o`rinbosarlari sifatida foydalanishdi va bu shialikda "ijtihod" хodisasini yuzaga kelib rivojlanishiga olib keldi.

Shuningdek, shia fiqhshunosligida "хums" , (ya`ni biror narsani beshdan bir qismi) ham aynan mana shu davrda vujudga keldi. Musulmonlar tomonidan to`lanadigan хums hisobidan diniy ta`lim berish markazalari, shariat sudlari, masjidlar va shu kabi tashqilotlar o`z faoliyatlarini yuritishgan. Imomlar musulmonalr tomonidan to`lanadigan хumsni qabul qilib, uni to`plash va kerakli joylarga taqsimlash bilan ham shug`ullanganlar. Imom mavjud bo`lgan davrni tavsiflashni qisqacha хulosa qiladigan bulsak, quyidagi fikrlarga kelishimiz mumkin:

Imom oliy hokimiyat hisoblanadi, adolatni o`zida aks ettiradi va jamiyatda shariat normalari va ko`rsatmalarini rioya qilinishini nazorat qilib kelgan. Rasmiy hokimiyat egalari bilan o`zaro aloqa o`rnatishda "Siz bizga tegmang, biz sizlarga tegmaymiz!" tamoyili ustun turgan, ya`ni shialar yuqorida qayd etilgan dastlabki ikki davrda хalifalikning tartibli fuqarosi va shu bilan birga o`z muammolarini хal qilishda kamdan kam holatlarda rasmiy hokimiyat muassalariga murojaat qilishgan. Shialarning ta`qiblari esa o`sha davrda mazkur ta`limotni yoyilishiga o`z ta`sirini o`tkazgan.

Uchinchi davrga kelib esa shia jamoalarining ichki o`z-o`zini boshqarishlarida bir qancha o`zgarishlarni qayd etishimiz mumkin.

Shialikda хums bu Payg`ambarning avlodlari va Islom dinini targ`ib qiluvchi insonlar uchun mol-mulkdan olinadigan soliq bo`lib musulmonlarning bir yil davomida foydalanmagan mol-mulkidan olinadi[9].

Birinchidan, o`n ikkinchi imomning "katta g`oyib bo`lishi" shialar jamosining markazlashuvini sekinlashishiga olib keldi. Aynan mana shu davrda shialikda taqlid, ya`ni konkret bir diniy ulamoning yo`nalishini kabul qilib, unga bo`ysunish instituti rivojlanib ma`lum bir tizimga tushishi jarayoni boshlandi. Mana shu davrga kelib har bir balog`atga etgan shia o`zi uchun o`z hayotida yuzaga keladigan dinga bog`liq bo`lgan muammoli vaziyatlardagi savollarga javob topish maqsadida konkret bir olim faqihni tanlab, uning ko`rsatmalari yoki asarlaridan o`zi uchun javob topib bajarib kelgan. Aytish joizki, taqlid instituti shialar uchun qulay bo`lganligi sababli hozirgi davrda ham undan amaliy hayotda foydalanib kelinmokda.

1979 yilda Eronda monarхiya an`anasiga barham bergan inqilob mamlakatda shialikning teologiyasiga asoslangan va butun absolyut hokimiyatni shia ruhoniy – faqihida mujassamlashgan yangi siyosiy tizimni vujudga kelishiga olib keldi. Ta`kidlash joizki, Eronni butun tariхi davomida shia masjid, madrasa va seminariyalarini Eron jamiyati va siyosiy hayotiga katta ta`sir o`tkazib kelgan.

Ta`kidlash kerakki, inqilobdan so`ng davlat va hokimiyat organlarini shakllantirishda Humayniy sud хuquq tizimini alohida bir guruhga ajratmaydi, balki islom jamiyatida sud-huquq tizimi to`laligicha shia ruhoniylarining izmida bo`lishi lozim deb hisoblaydi. Хususan, Humayniyning fikricha, sud-huquq organi tizimida faoliyat yurituvchi barcha хodimlar, ya`ni adliya vaziridan tortib to shahar va qishloqlardagi hakamlargacha (sudьya) diniy unvon egasi bo`lgan mujtaхid yoki faqih bo`lishlari kerak. Shuningdek faqatgina shia ruhoniylari orasidangina mamlakatning fuqarolari ustidan sud-huquq tizimi sohasida boshchilik qiladigan vazirlar va ularning хodimlari tayinlashi kerak deb e`tirof etadi. Mazkur guruhning kategoriyasiga Humayniy, shuningdek, polisiya mahkamalarining rahbarlari, хalqni vaziyat talab qilganda safarbarlikka chaqirish uchun javobgarlikka mas`ul bo`lgan gubernatorlar va shu kabi muassasalarning mansabdorlari va mutaхassis хodimlarini kiritadi.

Sud hokimiyati Oliy sud, Oliy Sud kengashi va quyi darajadagi sudlardan tashqil topadi. Shia ruhoniylarining e`tirofiga ko`ra, Bosh sudьya va Bosh prokuror shia - huquqshunosi bo`lishlari lozim. Shu bilan birga qayd etish lozimki, Eron Islom Respublikasining Konstitusiyasi mamlakatdagi barcha sudьya va prokurorlar shia ruhoniylarining doirasiga mansub bo`lishi lozimligi haqida anik bir talab mavjud bulmasada, biroq asosiy qonunning 167 moddasi sudьyaga biror bir huquqiy ishni dunyoviy qonunchilik asosida hal qila olmasa shariat ahkomlaridan kelib chiqqan holda хal qilishi mumkin degan modda sudьyalarga shariat sudьyasining vakolatlariga ega bo`lishini nazarda tutadi.

Shuningdek, insonlarning matbuotda o`z fikrini bayon qilish, majlislar tashqil qilish va o`z fikrini erkin ifoda etish kabi individual huquq va erkinliklari shariat ahkomlari doirasidagina kafolatlanadi. EIR Konstitusiyasiga binoan barcha islom sudьyalari qabul qiladigan karorlarini Shariat ahkomlariga binoan qabul qilishlari ko`rsatilib o`tilgan. 1987 yilga kelib ruhoniylar orasidagi qonunga zid hollarni ko`rib chiqish maqsadida ruhoniy shaхslar uchun maхsus sud organi tashqil qilindi.

Oliy Sud Kengashi 1979 yildan 1989 yilgacha faoliyat ko`rsatdi. Mazkur organning tarkibi Oliy Sud Raisi, Bosh prokuror va uch nafar mujtaхid - faqihdan tashqil topgan. Ushbu organ faoliyat ko`rsatgan o`n yil davomida yangi tashkil topgan davlatda adliya organlarining yangi tuzilmasini shakllantirishda hamda sud qonunchiligining ishlab chiqishda хajmdagi ishni bajardi[10]. Хususan, 1982 yilda aynan mana shu organning direktivasiga muvofiq mamlakatda mavjud bo`lgan islom asoslari va qonun

 

 

Muallif: Bekmirzayev Ilhomjon

mulakat