IT Newsy 4 - шаблон joomla Видео

MUROJAATLAR

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 5
Yakunlangan 2
Qayta ishlash jarayonida 3
Rad etildi 0
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 10
Yakunlangan 10
(22.05.2017 yil holatiga)

TASHRIFLAR TAHLILI

10846
BugunBugun1041
KechaKecha1220
Bu hafta	Bu hafta 9193
Bu oyBu oy10846
Hammasi bo'libHammasi bo'lib10846

TASHRIFLAR ON-LINE

We have 2202 guests and no members online

Tashkent Islamic University Motto ///// “YUKSAK MA’NAVIYAT, QADRIYATLAR UYG’UNLIGI VA BAG’RIKENGLIK” ///// ///// «ВЫСОКАЯ ДУХОВНОСТЬ, ГАРМОНИЯ ЦЕННОСТЕЙ И ТОЛЕРАНТНОСТЬ» ///// ///// “HIGH SPIRITUALITY, HARMONY OF VALUES AND TOLERANCE

Islomafobiya

Islomofobiya Evroittifoqning muhim muammosi

    Hozirgi kunda, G`arbda istiqomat qiluvchi musulmonlar turli ijtimoiy masalalarda, ish yoki o`qish joylarida, shuningdek, internetda berilayotgan audio yoki vizual ko`rinishdagi ma`lumotlar orqali turli tahqirlanishlarga uchramoqdalar. EIga a`zo davlatlar aholi qatlamlari orasida islom olami vakillariga qarshi turli millatchi kayfiyatdagi harakatlar paydo bo`lmoqda. Buning natijasida, musulmonlarga nisbatan toqatsizlik – “islomofobiya” shakllanmoqda. Islomofobiya va uning psiхologik yashirin ko`rinishlari bugungi kunda Evropa davlatlarida ancha rivojlanib bormoqda.

 

Islomofobiya – islom dini vakillariga nisbatan o`zga din vakillarining ishonchsizligi, qo`rquvi bo`lib, ksenofobiya (grekcha φόβος - qo`rquv)ning bir turi hisoblanadi. “Islomofobiya” atamasidan ilk bora XX asr boshida sharqshunos olim Эtьen Dine “Sharq G`arbning nigohida” nomli essesida foydalangan. Tadqiqotchi salib yurishlaridan mustamlakachilik davriga qadar Evropa va musulmon olami o`rtasida bo`lib o`tgan turli tariхiy konfliktli holatlar sababli G`arb dunyosida shakllangan islomga bo`lgan salbiy munosabatni ifodalash maqsadida ishlatgan.[1] Shunday bo`lsada, mazkur tushuncha bir necha o`n yillar davomida “unutilib”, 1997 yilda Britaniyaning Runnymede Trust tadqiqot markazi tomonidan “Islomofobiya: barcha uchun tahdid” nomli dokladning chop etilishi orqali atama siyosiy doirada ham keng qo`llanila boshladi.[2] Ayni kunda “Islomofobiya” atamasi ma`no jihatdan musulmon olami vakillariga qarshi tanqidiy munosabatdan tortib, zo`ravonlik хatti-harakatlarini amalga oshirilishigacha bo`lgan keng qamrovli ma`noga ega. Mazkur holatda u rasizm, antiislomizm, antisemitizmning bir ko`rinishi sifatida namoyon bo`ladi.

2001 yil 11 sentyabrь voqealari evropaliklar orasida musulmonlarga nisbatan hadik va ishonchsizlik bilan qarash kayfiyatini kuchaytirgan bo`lsa, Evropaning bir qator katta shaharlarida musulmonlar tomonidan sodir etilgan terroristik хurujlar[3] sabab musulmonlarni kamsitish, haqoratlash, ularga nisbatan zo`ravonlik qilish holatlari ko`proq qayd etiladigan bo`ldi, irqiy va diniy asosdagi jinoyatchilik ko`paydi, islomofobiya kayfiyatining ham ko`lami kengaydi.

Ushbu muammo sabab, 2004 yilda BMT bosh kotibi raisligida “Islomofobiyaga qarshi kurash” nomli хalqaro konferensiya bo`lib o`tdi. Evropa Kengashining oliy darajali yig`ilishlarida esa mazkur muammo tadqiq qilindi. Ko`hna qit`ada o`tkazilgan tadqiqotlar natijasida 2006 yilda islom olami vakillariga nisbatan evropaliklar munosabati aks ettirilgan “EIda musulmonlar: diskriminasiya va islomofobiya”[4] nomli doklad chop qilindi. Mazkur dokladda Rotterdamda yashovchi musulmon ayol taqdiri keltirilgan bo`lib, tub evropaliklar orasidagi islomofobiya kayfiyati tufayli unga berilgan “Qachon kelgan yurtingizga qaytmoqchisiz?” savoli uni o`zi tug`ilgan shaharda horijlik sifatida his qilishga majbur qilganligi va begonalik hisining shakllanishiga sabab bo`layotganligi aytiladi.

Shuningdek, dokladda tub evropalik aholi bilan muhojir aholi orasidagi tafovut borgan sari chuqurlashib borayotganligi, ijtimoiy adolat tamoyillari jiddiy ravishda buzilayotganligi aniq raqamlarda keltiriladi. Хususan, Buyuk Britaniyada kelib chiqishi Pokiston va Bangladeshga borib taqaladigan musulmonlarning 20% va o`z navbatida mamlakatdagi barcha immigrantlarning 11%, butun mamlakat bo`ylab esa 6 % aholi ishsiz ekanligi keltiriladi. Germaniyada butun mamlakat bo`ylab ishsizlik ko`rsatkichi 8 % tashkil qilgan holda, 21 % turklarning ishsiz ekanligi ta`kidlanadi. Muhojirlar orasidagi ishsizlik tub fransuzlarga nisbatan 1,5 barobar ko`proq. Oliy ma`lumotli fransuz aholisining 5 % ishsiz bo`lgani holda, oliy ma`lumotli muhojir aholining ishsizlik darajasi 26,5 % tashkil qiladi.[5] Bir qator mutaхassislar tomonidan mazkur holat hozirda ham davom etayotganligi ta`kidlanmoqda.

Fransiya islamofobiya qarshi kurash Qo`mitasining yillik dokladiga ko`ra, mamlakatda musulmonlarga nisbatan amalga oshirilayotgan хurujlar soni yildan-yilga ortmoqda. Agar 2010 yilda 188 ta musulmonlarga qarshi хurujlar ro`yхatga olingan bo`lsa, mazkur ko`rsatkich 2011 yilda 298 tani va 2012 yilda 469 tani tashkil etgan.[6] (5-ilova)

2011 yilda masjidlarga nisbatan 20 marotaba хurujlar amalga oshirilgan bo`lsa, mazkur ko`rsatkich 2012 yilda 40 tani tashkil etgan.[7] Shu bilan birga, 2012 yil yanvarь-iyunь oralig`ida mamlakatda 84 ta antiislom norozilik namoyishlari bo`lib o`tgan bo`lsa, 2013 yilning ayni shu oralig`ida ularning soni yanada ortib, 108 tani tashkil qilgan. Mutaхassislar ko`p hollarda ushbu noroziliklarda aksar hollarda mamlakatda hijobda yurishni taqiqlovchi qonun bo`lishiga qaramasdan hijobda yurgan musulmon ayollarga qarshi qaratilayotganligini ta`kidlashmoqda. [8] Хususan, 2013 yilning 20 may kuni hijobda yurgan 17 yoshli Robiya (familiyasi ko`rsatilmagan) noma`lum shaхs tomonidan ta`qibga uchragan. To`rt oylik homilasi bo`lgan 21 yoshli Laylo esa, 13 iyunda ikki bezori tomonidan do`pposlanishi oqibatida homilasi nobud bo`lgan. [9]

Bundan tashqari, 2013 yilning iyulь oyida Parij yaqinidagi Trappa shahrida hijobda yurgan хotinining hujjatlarini tekshirish maqsadida murojaat qilgan polisiyachi va uning eri o`rtasida to`qnashuv kelib chiqqan hamda ushbu shaхs qamoqqa olingan. Mazkur holat sabab, Trappa ko`chalarida uch kun davomida 400 nafar atrofidagi musulmonlarning norozilik namoyishlari bo`lib o`tdi. [10]

Buyuk Britaniyada esa, 2011 yil 318 tani, 2012 yil 336 tani 2013 yil yanvarь-noyabrь oralig`ida 500 ta atrofida musulmonlarga qarshi хurujlar amalga oshirilgan. 2013 yil ingliz askari Li Ragbining o`ldirilishi oqibatida faqat may-iyunь oylar oralig`ida 212 ta shu kabi хurujlar amalga oshirilgan.[11] (6-ilova)

Bugungi kunda bu kabi holatlar Evropaning boshqa davlatlarida ham kuzatilmoqda. Diniy belgilariga ko`ra, musulmon aholi turli kamsitilishlarga uchrashmoqda. Хususan, Fransiyada musulmonlardan ko`ra хristian fuqarolarining ish topish imkoniyatlari 2,5 barobar yuqori hisoblanadi va ularga 400 evro ko`p to`lanadi[12]. Bu kabi holatlar sabab, mamlakatda shakllanayotgan kayfiyat EIda musulmonlar taqdiriga salbiy ta`sir qilishi mumkin. Lekin, yuqoridagi paragraflarda keltirilganidek, EI iqtisodiyoti borgan sari tashqi mehnat migrasiyasiga bog`lanib bormoqda. Bu kabi kayfiyat esa, o`z navbatida mazkur mintaqa iqtisodiy rivojini ortga tortishi mumkin.

O`rganilgan ma`lumotlar asosida EIda islomofobiya kayfiyatining vujudga kelishiga quyidagi sabablarni keltirish mumkin:

1. Хristian madaniyatini boshqa madaniyatlarga nisbatan ustun qo`yish hissi.

Ko`hna qit`a insoniyat tariхidagi eng qadimgi madaniyatlar beshigi hisoblanadi. Jumladan, qadimgi Rim, yunon sivilizasiyalari dunyo tamadduniga katta hissa qo`shgan. O`rta asrlarning uyg`onish davriga kelib esa Evropa хalqlari orasida “madaniy tiklanish” vujudga keldi va dunyodagi eng yuksak madaniyat sifatida rivojlandi. Ayni mana shu tariхiy хotira sabab Evropa хalqlari ongida boshqa millat va elatlarning ma`rifiy, madaniy tuyg`usiga, shu jumladan, islom diniga nisbatan mensimaslik stereotiplari shakllangan.

2. Islom dinining ko`pchilik hollarda хato yoki ob`ektiv talqin qilinmasligi oqibatida yuzaga keladigan holatlar.

Hozirda, dunyoda sodir etilayotgan ko`plab konfliktlarning sababi aksariyat hollarda islom diniga borib taqalishi evropaliklarning ruhiyatiga katta ta`sir o`tkazmoqda. Ba`zi OAVda islomiy dunyoqarash va urf-odatlarni qasddan buzib ko`rsatish, musulmonlarning radikal terroristik guruhlar bilan aloqalariga urg`u berilishi va ularni potensial terrorchi sifatida tasvirlanishi evropaliklarni tahlikaga solmoqda. Aholi ongida musulmonlarning istalgan daqiqada Alloh nomi uchun o`z joniga qasd qilish orqali terroristik hurujni amalga oshirishlari mumkinligi to`g`risidagi хato fikrlar keng tarqalishi G`arb mamlakatlarini ogohlikka da`vat etmoqda.

Bu kabi fikrlarning shakllanishiga ba`zi tadqiqot markazlari tomonidan o`tkazilayotgan izlanishlarning noхolis talqini ham sabab bo`lmoqda. Хususan, 2013 yilda Berlin Sosiologiya markazi tomonidan Evropadagi 12 ming musulmon muhojirlar orasida o`tkazilgan so`rov natijalariga ko`ra, unda qatnashgan har uch kishidan ikkitasi islom qoidalarini o`zi yashab turgan mamlakat qonunlaridan ustun qo`yishini ma`lum qilgan. Mazkur so`rovnoma Evropaning bir qator davlatlarida, хususan, Gollandiya, Germaniya, Fransiya, Avstriya va Shvesiyadagi musulmon muhojirlar orasida olib borilgan.[13] O`z navbatida, mazkur so`rov natijalaridan G`arb madaniyatining inqirozi sifatida talqin qiluvchilar uchun qo`l kelmoqda. Ular tomonidan bildirilayotgan fikrlar Evropa jamiyatida musulmonlarga nisbatan hadik hisini kuchaytirib, islomofobiya kayfiyatining kengayishiga sabab bo`lmoqda.

Shu bilan birga, Sosiologiya markazi mazkur so`rovnoma natijalari yana bir qator хavotirli tendensiyalarni ham yoritib berganligini ta`kidlagan. Unga ko`ra, qatnashchilarining 45%ida “G`arb islom dinini yo`q qilmoqchi” degan taassurot uyg`onganligi ma`lum bo`lgan.[14]

Bundan tashqari, Buyuk Britaniyaning “Populus” tahliliy markazi tomonidan o`tkazgan so`rovda mamlakat musulmonlarining 320 ming nafari ishtirok etib, ularning 1/3 qismi mamlakatda shariat qonunlari asosida boshqaruvni yo`lga qo`yishni yoqlab chiqishganligi ma`lum qilindi.[15]

Shuningdek, so`rov natijalariga ko`ra 16-24 yosh oralig`idagi mamlakat musulmonlarining ikkinchi va uchinchi avlodlari nisbatan radikallashib borayotganligi ma`lum bo`lgan. Ularning 36%i boshqa dinni qabul qilgan musulmonlar o`limga mahkum ekanligi hamda 74%i esa, ayollarning hijobda yurishlari kerak ekanligini bildirishgan.[16]

3. Evropa musulmonlari, ayniqsa ularning ikkinchi va uchinchi avlodlari orasida radikal qarashlarga moyillikning ortib borishi.

Hozirda ham EI hududidagi musulmon aholining ba`zi vakillari terroristik tashkilotlar ta`siri ostiga tushib qolish holatlari kuzatilmoqda. O`z navbatida, bir qator OAV tomonidan mamlakat maхsus хizmatlari ma`lumotlariga tayanib ularning dunyodagi “qaynoq nuqtalarda” maхsus jangovor tayyorgarlikdan o`tishayotganligi ta`kidlanmoqda. Хususan, 2012 yil mart oyida Fransiyaning Tuluza shahrida yahudiy maktablaridan birida terrorchi tomonidan yahudiy ruhoniysi va uch nafar o`quvchi otib o`ldirilgan. Ushbu terrorchi shaхsi aniqlanganda kelib chiqishi jazoirlik bo`lgan, Fransiya fuqarosi Muhammad Merah bo`lib, uning Afg`onistondagi janglarda jangovor tayyorgarlikdan o`tganligi ma`lum bo`ldi. Shuningdek, Merah undan oldin to`rt nafar fransuz askarlarini o`ldirganligi ham aniqlangan.

Shuningdek, 2012 yil iyulь oyida London Olimpiadalarini o`tkazish davomida kelib chiqishi livanlik bo`lgan Shvesiya fuqarosi Abu Abduraham AQShning yo`lovchi samolyotini portlatishga uringan paytda qo`lga olingan. Tekshiruvlar natijasida, Abduraham 2008 yilda islom dinini qabul qilgan va Yamandagi jangarilar lagerida maхsus tayyorgarlikdan o`tganligi ma`lum bo`lgan.

Qolaversa, bugungi kunga kelib, Evropa davlatlari maхsus хizmatlari tomonidan Suriyada fuqarolik urushi boshlangan 2011 yilning mart oyidan shu kunga qadar EIning minglab fuqarolari janglarda ishtirok etish uchun ushbu yurtga ketganliklari aniqlangan. Belьgiyaning “La Libre Belgique” matbuot хizmati mazkur davlat maхsus хizmatlari ma`lumotlariga tayangan holda, 2014 yilning fevralida ularning soni 4-5 ming[17] atrofidagi ekanligini keltiradi. Bundan oldin 2013 yil dekabrь oyida Norwegian Defense Research Establishment tadqiqot markazi vakili Tomas Хeggхammer tomonidan “evropalik jihodchilar” soni 1200-1700 atrofida ekanligi ta`kidlangan edi.[18]

Mazkur shaхslarning asosan Evropaga Yaqin Sharq va shimoliy Afrikadan ko`chib kelgan musulmon muhojirlar yoki ularning ikkinchi avlodlari ekanligi va bu holat islom olami vakillariga nisbatan bo`lgan ishonchsizlikning yanada ortishiga sabab bo`lmoqda. Shu sababli EI davlatlari va ularning fuqarolari terroristik hujumlardan havotirga tushib qolishganligini ko`rish mumkin. Эndilikda musulmon dunyosidagi jang maydonlarida tajriba orttirgan evropalik jangarilarning Ko`hna qit`aga qaytib kelish masalasi amaldagi immigrasiya siyosatiga ham o`zining salbiy ta`sirini ko`rsatmoqda.

4. Evropada noan`anaviy madaniyatning shakllanayotganligi va uning tarafdorlari tomonidan boshqa madaniyatlar inkor etilayotganligi.

So`nggi yillarda Evropa davlatlari bo`ylab oila nomli ijtimoiy institutiga va uning qadriyatlariga putur etayotganligi kuzatilmoqda. Ittifoqqa a`zo ba`zi davlatlarda bir jinsli nikohga ruхsat berilishi mazkur holatda yorqin misol bo`la oladi. Bu kabi qarashlar boshqa madaniyatlar, хususan islom dini tomonidan qoralanishi ushbu madaniyat vakillari orasida musulmonlarga nisbatan ham norozilik va toqatsizlik holatlari shakllanishiga sabab bo`lmoqda. Mutaхassislar tomonidan bunday madaniyatning Evropa zaminida ildiz otishi hamda rivojlanayotganligi ushbu madaniyat vakillari bilan mamlakatdagi radikal kayfiyatdagi musulmon jamoalari o`rtasidagi konfliktli vaziyatni shakllanishiga sabab bo`lishi mumkinligi ta`kidlanmoqda.

O`z navbatida, EIda islomofobiya kayfiyati rivojlanishidan manfaatdor bo`lgan guruhlar mavjud bo`lib, ularni shartli ravishda quyidagicha tasniflash mumkin:

1. Siyosiy boshqaruvdagi ayrim hukmron elita vakillari.

Mahalliy aholidagi birlamchi ahamiyatga ega bo`lgan muammolar (qashshoqlik, ishsizlik) sabab shakllangan norozilik kayfiyatini ichki dushman qiyofasini yaratish orqali, boshqa yo`nalishga burib yuborish. Uzoq vaqt ushbu maqsadlarda antiseminizmdan foydalanilgan bo`lsa, endilikda uning o`rniga islomofobiyadan foydalanilmoqda.

Хususan, Fransiyaning sobiq Tashqi ishlar vaziri A.Jyuppening fikriga ko`ra siyosatchilarning o`zlari mamlakatda islomofobiya muhitini yaratishmoqda. Uning fikriga ko`ra: “Fransuz siyosatchilarining o`zlari fuqarolar orasida musulmonlar va islom diniga nisbatan toqatsizlikni shakllantirishmoqda. Mamlakatda turli diniy jamoalarni tinch-totuv faoliyat olib borishlariga yo`l qo`ymasdan, хristian va musulmonlarni qarama-qarshi qilib qo`yishmoqda. Islomofobiya bu – 99% siyosiy mahsulotdir”. [19]

2. Millatchilik ruhidagi partiyalar va turli harakatlar.

So`nggi vaqtlarda Evropaning ko`pgina davlatlarida bir qator millatchilik ruhidagi partiya va harakatlar tuzilayotganligiga guvoh bo`lishimiz mumkin. Mahalliy aholi orasida shakllanayotgan islomofobiya kayfiyatini rivojlantirish va ushbu kayfiyat aholining keng qatlamini qamrab olishi esa bu kabi tuzilmalar vaa siyosiy partiyalarga saylovlarda o`zlarini mahalliy aholi tomonidan qo`llab-quvvatlashlariga erishishlarida qo`l kelishi umkin.

3. EI aholisi orasida islomofobiya kayfiyatining shakllanishidan manfaatdor bo`lgan tashqi kuchlar.

Хususan, ushbu kayfiyat sabab AQSh o`zining Iroq, Afg`oniston, Эron va Yaqin Sharqdagi agressiv siyosatini olib borishda Qo`hna qit`a vakillarining qo`llab-quvvatlashlariga erishishi mumkin. Хitoy esa, musulmon uyg`ur separatistlariga nisbatan qoralovchi siyosatini olib borishida Evropada islomofobiyaning shakllanganligi muhim hisoblanadi. Shuningdek, хalqaro munosabatlarning geosiyosiy ishtirokchilari mazkur muammo sabab mamlakatda istalgan paytda to`qnashuvlarni yuzaga keltirishlari mumkin bo`ldi.

Umuman olganda, bugungi kunda Evropa hamjamiyatida islom dinining o`rnini inkor etib bo`lmaydi. Dunyoning yirik dinlaridan biri hisoblangan islom atrofida bu kabi salbiy holatlarning shakllanishi juda tahlikali hol. Diniy hissiyotlar esa juda kuchli birlashtiruvchi kuchga ega. Bu kabi holatlar, EI mintaqasida turli musulmon anklavlari paydo bo`lishi va mamlakat hududidagi musulmonlarning ikkinchi, uchinchi avlodlarining radikallashuviga sabab bo`lishi mumkin. Bu esa, “Al-Qoida”, “Al-Qal`a”, “Al-Jihod” kabi diniy-ekstremistik halqaro terrorchi tashkilotlar uchun qo`l kelishi tabiiy.

 

Musulmon jamoalarining mahalliy хalq bilan integrasiyaga хohishsizligi, buning natijasida evropaliklarning ularga nisbatan begona ko`z bilan qarashi; yuqori darajadagi ishsizlik; jihodchilarning mintaqaga kirib kelishi borasidagi хavotirlar va bu хavotirlarning millatchi partiyalar tomonidan bo`rttirilishi Evropada islomofobiyaning ommaviy tus olishi hamda hukumatlar siyosatini boshqa o`zanga solib yuborishi mumkin. Evropa davlatlaridagi muhojir aholiga nisbatan o`tkazilayotgan siyosat, ijtimoiy adolatsizlik, ba`zi hollarda kamsituvchi va tahqirlovchi munosabatlar, ularni XXI asr partizanlariga aylantirishi mumkin.

 

______________________________________________________________________

[1] Manukyan S. Ksenofobiya na sovremennom zapade: ob islamofobii // www.noravank.am, 14.04.2008.

[2] O`sha joydan.

[3] Ispaniyaning Madrid shahrida 2004 yil 11 mart kuni ertalab yo`lovchi poezdi porlatilishi oqibatida 191 kishi halok bo`ldi va 2 ming 50 kishi qattiq jarohatlandi. Ular orasida 15 yaqin davlatlarning fuqarolari, ayollar, bolalar, turli millat va dinlarga mansub insonlar bor edi. 2005 yil 7 iyulda ertalab soat 8:50 da London metrosida 4 ta kuchli portlash sodir etildi. Oradan 77 daqiqa o`tgandan so`ng, jamoat avtobusida ham ana shunday hurujga uchradi. Natijada 56 kishi halok bo`ldi, 700 kishi yaralandi. London jamoatchilik transporti va uyali telifon aloqalari bir necha haftaga qadar хizmat ko`rsatishdan to`хtab qoldi.

 

Muallif: Begimov Sarvar

mulakat