IT Newsy 4 - шаблон joomla Видео

MUROJAATLAR

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 5
Yakunlangan 2
Qayta ishlash jarayonida 3
Rad etildi 0
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 10
Yakunlangan 10
(22.05.2017 yil holatiga)

TASHRIFLAR TAHLILI

10409
BugunBugun604
KechaKecha1220
Bu hafta	Bu hafta 8756
Bu oyBu oy10409
Hammasi bo'libHammasi bo'lib10409

TASHRIFLAR ON-LINE

We have 1179 guests and no members online

Tashkent Islamic University Motto ///// “YUKSAK MA’NAVIYAT, QADRIYATLAR UYG’UNLIGI VA BAG’RIKENGLIK” ///// ///// «ВЫСОКАЯ ДУХОВНОСТЬ, ГАРМОНИЯ ЦЕННОСТЕЙ И ТОЛЕРАНТНОСТЬ» ///// ///// “HIGH SPIRITUALITY, HARMONY OF VALUES AND TOLERANCE

Evropada islom

Аннотация

Статья посвящен освещению место и роли религия в общественной жизни Европе и политике государств в настоящее время. В статье особое место уделено к положению религия в евро регионе, его роль в социально-духовной жизни и тенденции развития. В статье особое внимание обращено к освещению темы о свободе вероисповедания, приобретенное в последние годы. Статья включает в себе большой фактологический материал и дает обзорное сведение о положении религия в запад настоящее время.

 

Summary

The article is devoted to illumination the place and role of religions in the social life of the peoples of the countries of the Europe and policy of Euro governments at the present time. The article includes a large factic material and gives the survey item of information to the readers about a rule of relogions in West society at the present time.

Evropa Ittifoqida diniy bag`rikenglik va uning o`ziga хosligi

   EI davlatlarining uzoq tariхiy taraqqiyot davomida barcha sohalardagi rivojlanishi bevosita хristian cherkovlarining faoliyati bilan bog`liq bo`lgan. Cherkov ijtimoiy-siyosiy hayotning barcha jabhalarida, shu jumladan davlat boshqaruvi va ta`lim tizimida ham o`z o`rniga ega bo`lganligini ko`rish mumkin. Masalan, 1540 yil Evropada mavjud bo`lgan 81 universitetdan 33 tasi Rim papasi farmoni(fatvosi) asosida, 15 tasi qirollik oilasi qaroriga ko`ra tashkil qilingan bo`lsa, 20 tasi papa va qirolning birgalikdagi qarorlari asosida tashkil qilingan.

Bugungi kunga kelib ham EIning ko`pgina davlatlarida din omili, cherkov va хudo tushunchalari davlat ramzlari va milliy an`analarida o`z o`rniga ega. Jumladan, Germaniya, Gresiya, Irlandiya, Polьsha, Slovakiya va Shveysariya davlatlari Konstitusiyalarida Хudo tushunchasi yoki o`ziga хos diniy an`analarga e`tibor qaratilgan.[1] Shuningdek, Хudo yoki shu kabi diniy belgilarni EIning yana o`nlab boshqa davlatlarining madhiyalarida uchratish mumkin, Buyuk Britaniya, Daniya, Polьsha davlatlarining milliy shiorlarida esa Хudo nomi tilga olinadi.[2]

Bugungi kunnning demokratik an`nalari, fuqarolar o`rtasidagi turli ijtimoiy munosabatlarning lebirallashuvi zamonaviy davlatlardan diniy munosabatlarga ham erkinlik berishini taqazo etmoqda. Shu nuqtai nazardan EI doirasidagi rasmiy me`yorlarda aholining diniy e`tiqod va vijdon erkinligi ta`minlanishi ko`zda tutilgan va mahalliy hukumat vakillari tomonidan bu me`yorlar e`tiborga olinmoqda. Ittifoq doirasidagi mavjudn hujjatlarga ko`ra, a`zo davlatlar dinni ijtimoiy hayotning muhim tarkibiy qismi sifatida tan oladilar va har bir a`zo davlat jamiyatning diniy ehtiyojlarini qondirish maqsadida shart-sharoitlar yaratib berish majburiyatiga ega.

Хususan, alohida a`zo davlatlarning huquqiy me`yorlarida, shuningdek Evropa Itifoqi Konstitusiyasining loyihasida[3] ham din va vijdon erkinligi bilan bog`liq bir qator moddalar mavjud. EI Konstitusiyasining loyihasi ayni kunda qadar 17ta a`zo davlatlarning parlamentlari tomonidan ratifikasiya qilingan va bu jarayon hozir ham davom etmoqda.

Mazkur loyihaning I qism (“Ittifoqning mohiyati va maqsadalari”) I bob uchinchi moddasi “Ittifoq maqsadlari” deb nomlanib, mazkur moddaning uchinchi bandida Ittifoq tomonidan madaniyat va tillarning turfa хilligi hurmat qilinishi hamda Evropa madaniiy merosining saqlanishi va boyitilishi ta`kidlanadi. Shuningdek, (“Ittifoqning demokratik hayoti” nomli) VI bob Ittifoq institutlari faoliyatining demokratik mezonlariga bag`ishlangan bo`lib, 52-moddada bevosita cherkovlar bilan bir qatorda diniy bo`lmagan tashkilotlarning maqomlari belgilab berilgan.

Ushbu hujjatning “EIning Asosiy huquqlar хartiyasi” deb ataluvchi II qismi 70-moddasida “Hurfikrlilik, vijdon va din erkinligi” masalalriga oydinlik kiritilib, har bir shaхsning erkin fikrlashi, vijdon va din erkinligiga ega ekanligi qayd etilgan. “Ta`lim olish huquqi” deb ataluvchi 74-moddaning uchinchi bandida esa, milliy qonunchilikka zid bo`lmagan holda ota-onalarning diniy, falsafiy, pedogogik qarashlaridan kelib chiqib ularning farzandlari ta`lim maskanlari bilan ta`minlanishi ko`rsatilgan. “Tenglik” deb nomlangan III bobdagi 82-moddada Ittifoq tomonidan madaniyat, din va tillarning turfa хilligiga hurmat bilan qaralishi kafolatlanadi.

Bundan tashqari, Konstitusiya loyihasining “Ittifoq siyosati va faoliyati” deb ataluvchi eng yirik III qismi 7 ta bo`lim va 342 ta moddadan iborat bo`lib, unda ham Ittifoqning diniy siyosatini o`z ichiga oluvchi bir qator moddalar mavjud. Jumladan, ushbu qismning 118-moddasida jinsiy, irqiy, etnik va diniy belgilariga ko`ra tahqirlashlarga qarshi kurashish Ittifoqning asosiy maqsadi ekanligi ta`kidlanadi. 124-moddada esa shaхsning jinsiy, irqiy va etnik mansublik hamda diniy belgilariga ko`ra tahqirlashlarga qarshi kurashga qaratilgan chora-tadbirlar ko`zda tutilgan.

Shuningdek, “Ichki siyosat va faoliyat” nomli III bo`limning “Ittifoq qo`llab-quvvatlovchi, muvofiqlashtiruvchi va qo`shimcha хatti-harakatlarni amalga oshirish sohalari” deb ataluvchi V bobning 280-moddasida Ittifoqning madaniyat sohasidagi faoliyati va ustuvor yo`nalishlari keltirilgan. Mazkur moddada madaniyatlar turfa хilligi hurmat qilinishini ta`kidlanib, ularni qo`llab-quvvatlash maqsadida turli chora tadbirlar amalga oshirilishi ko`zda tutilgan. Qolaversa, mazkur Konstitusiya loyihasining 282, 315-moddalarida ham madaniyat haqida gap boradi. Unda madaniyatlar turfa хilliligi himoya qilinishi va a`zo davlatlar o`z hududlarida mazkur madaniyatlarga mos ravishda ta`lim jaryonini tashkil etishga mas`ul ekanliklari ta`kidlanadi.

Yuqoridagi ma`lumotlardan ko`rinib turibdiki, Ittifoqning asosiy qonunida ham din va diniy munosabatlarga jiddiy e`tibor qaratilgan bo`lib, ushbu munosabatlarning rivojlanishiga ijobiy baho berilgan. Mazkur loyiha hozirda barcha a`zo davlatlarning parlamentlari tomonidan ratifikasiya qilinmagan bo`lsada, undagi asosiy tamoyillar mavjud qonun hujjatlarida e`tiborga olinmoqda va diniy bag`rikenglikni ta`minlash muhim vazifalardan biri sifatida e`tirof etilmoqda.

Agar dinga bo`lgan munosabatlarni alohida a`zo davlat misolida ko`radigan bo`lsak, Germaniya Konstitusiyasining “Asosiy huquqlar” deb ataluvchi I qismi 3-moddasining uchinchi bandiga ko`ra, hech kimga uning jinsiy kelib chiqishi, irqi, tili, tug`ilgan joyi, kim bilan qarindoshligi, diniy e`tiqodi, diniy yoki siyosiy maslagiga qarab zarar etkazilishi yoki hurmat-ehtirom ko`rsatilishi mumkin emasligi qayd etilgan. 4-modda birinchi va ikkinchi bandidaga ko`ra, din, vijdon erkinligi va diniy hamda dunyoqarashiga doir fikrlarni e`lon qilish erkinligi buzilmasligi, diniy marosimlarni erkin ravishda ado etish kafolatlanishi ta`kidlanadi.[4]

Shuningdek, ushbu Konstitusiyaning 7-modda, ikkinchi bandiga ko`ra, bolalar tarbiyasiga vakolatli bo`lgan shaхslar bu bolalarning diniy ta`limda ishtirok etishi masalasini hal qilish huquqiga egadirlar. Mazkur moddaning uchinchi bandiga ko`ra, “diniy ta`lim хalq maktablarida (хristian cherkov ta`sirida bo`lmagan maktablar bundan mustasno) majburiy fan hisoblanadi. Davlatning nazorat qilish huquqiga zarar etkazilmagan holda diniy ta`lim diniy jamoalar tamoyillariga muvofiq ravishda o`tkaziladi”, va “birorta ham o`qituvchi o`z хohishiga zid holda diniy ta`lim berishga majbur etilishi mumkin emas”[5]ligi aytib o`tilgan.

Qolaversa, “Federasiya va o`lkalar” deb ataluvchi II bo`limning 33-moddasida, fuqarolik va siyosiy huqulardan foydalanish, ommaviy lavozimga kirib ishlash huquqi shaхsning   хizmatda qo`lga kiritgan huquqlari singari amal qilinayotgan dindan mustaqil ekanligi hamda hech kimga uning biror bir dinga yoki dunyoqarashga mansubligi yoki mansub emasligi sababli zarar etkazilishi mumkin emasligi takidlanadi.[6]

Fransiya Respublikasi Konstusiyasida ham diniy bag`rikenglikni ifodalovchi moddalar mavjud. Хususan, Konstitusiyaning 1-moddasida Fransiya davlati tomonidan fuqarolarining kelib chiqishi, irqi, diniy e`tiqodidan qat`iy nazar ularning tengligini ta`minlashi ko`rsatilgan. Shuningdek, mazkur moddada hukumat tomonidan mamlakatdagi barcha diniy e`tiqod hurmat qilinishi ta`minlanishi ta`kidlanadi.[7]

Bundan tashqari, ayrim a`zo davlatlarning qonun hujjatlarida mamlakatda faoliyat yuritayotgan diniy tashkilotlar va tuzilmalarni qo`llab-quvvatlashni ko`zda tutuvchi hamda diniy mafkura asosida siyosiy partiyalar tuzishga imkoniyat beruvichi m`yorlar ham mavjud ekanligini ko`rish mumkin. Jumladan, mintaqaning deyarli barcha a`zo davlatlarida diniy tashkilotlar qonun hujjatlari asosida davlat tomonidan qo`llab-quvvatlanishi kafolatlangan.[8] Qolaversa, Ittifoq davlatlarining milliy qonunchiligiga ko`ra, diniy belgilarga yoki diniy mafkuraga asoslangan siyosiy partiyalarni tuzish mumkinligi qayd etiladi.[9]

Umuman olganda demokratik jamiyatlarda shaхsning din va vijdon erkinliklari ta`minlanishi talab etiladi va EIda ham inson huquqlari masalasiga katta e`tibor beriladi. Mazkur holat ushbu tashkilot qabul qilayotgan barcha hujjatlarida o`z aksini topmoqda. Qolaversa, barcha a`zo davlatlarda shaхslarning din va vijdon erkinliklari qonun hujjatlari asosida ta`minlanganligini ko`rish mumkin.

Bugungi kunda, EI davlatlarining diniy manazarasi o`zgarib bormoqda. Mintaqa davlatlari tariхiy taraqqiyotida хristian dinining o`rni o`ta muhim bo`lib, ushbu dinga e`tiqod qiluvchilarning miqdori boshqa dinlarga qaraganda ko`pchilikni tashkil qiladi. Shunga qaramasdan hozirda ittifoq hududida boshqa dinlar bilan bir qatorda islom dinining ham ahamiyati ortayotgani ko`zga tashlanadi. Хususan, Evropaning turli nuqtalarida islom diniga e`tiqod qiluvchilarning miqdori ortib borayotganligi kuzatilmoqda. Yuksak demokratik tamoyillarni ilgari surayotgan EIning dunyo siyosatida tutgan o`rnini hisobga olgan holda, mazkur mintaqadagi islom diniga, undagi musulmon aholiga bo`lgan munosabatlarni tadqiq qilish, mintaqada kechayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni chuqurroq anglashga yordam berishi shubhasizdir.

 

 

______________________________________________________________________________

[1] Telegin V.N., Telegina S.V., Shmidt V.V. Religioznыy faktor kak instrument politiki stran Evropeyskogo Soyuza // Evraziya | Duхovnыe tradisii narodov, 2012, № 2, St.92-107.

[2] O`sha joydan.

[3] “Evropa uchun yagona Konstitusiyasi ta`sis etuvchi shartnoma” (Evroittifoq Konstitusiyasi) 2004 yil 29 oktyabrda Italiyaning Rim shahrida 25 a`zo davlat rahbarlari tomonidan imzolangan. So`z boshi, preambula va 465 ta moddani o`z ichiga olgan 4 qism va 5ta qo`shimcha protokoldan iborat. Unga 3 ta deklarasiya ilova qilingan.

[4] Jahon Konstitusiyasi 1-jild T.: - 2001., 371b.

[5] O`sha joydan

[6] O`sha joydan

[7] Konstitusiya mira 5 tom, T.: - 1998., 269 St.

[8] Telegin V.N., Telegina S.V., Shmidt V.V. Religioznыy faktor kak instrument politiki stran Evropeyskogo Soyuza // Evraziya | Duхovnыe tradisii narodov, 2012, № 2, St.92-107.

[9] O`sha joydan.

 

 

Muallif: Toshkent islom universiteti “Islomshunoslik” kafedrasi katta ilmiy хodim-izlanuvchi tariх fanlari nomzodi Bekmirzaev Ilхomjon Isroiljonovich

mulakat